Mavzu: Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski va natijalarini baholash. Reja: Kirish


Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə2/11
tarix27.06.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#119011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash riski





1. Auditorlik dalillarini to’plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy ta’minot sharhi


Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning tasdiqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to’liq tekshirish imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo’lgan muomalalarning murakkabligi hamda qo’pligidan, mazkur muomalalarni tekshirish iqtisodiy jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob – kitoblarni takror bajarish yoki tasdiqlarni jo’natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofik bo’ladi. Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki boshqa auditorlik amallaridan, jumladan so’rov, ko’zatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda tanlashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
To’liq auditorlik tekshiruvi tanlashni o’z ichiga oladi, chunki auditor hisobot davrida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi (saramjonlik) xaqida xulosalar qilishi lozim. Har bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig’ini bevosita tekshirish uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo’ladi, chunki auditor doimiy ravishdan mumkin qadar etarlicha ishonchli dalillar yig’ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to’plam to’g’risida ishonchli xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo’lsa tanlash bosh to’plam uchun reprezentativ bulmog’i kerak. Tanlashning reprezentativ bo’lish ehtimolini oshirish uchun u etarlicha miqdorga ega bo’lgan va muvofiq keladigan bosh to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta’minoti (AUDT). Bu dasturiy ta’minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to’plamnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo’lgan ma’lum soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e’tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy ta’minoti ma’lumotlarni o’qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma’lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta’minot ma’lumotlarga nisbatan ko’p yo’llar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar ko’rib chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet –fakturalar, sanalar orasida uzilishlar va chek nushalari ma’lumotlaridagi uzilishlarni aniqlashni o’z ichiga oladi. Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma’lum bo’lgan Excel elektron jadvaliga o’hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga qo’shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda AUDT, Excel elektron jadvallari va ma’lumotlarni boshqarishning boshqa zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.

Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə