Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari


Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi



Yüklə 34,86 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2023
ölçüsü34,86 Kb.
#112484
1   2   3
Mavzu Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uni

2.Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi
Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar bilan tanishib chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti mazkur standartning 15-bandiga muvofiq, dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Qisqa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
- Xo’jalik yurituvchi subyekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi subyektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi subyektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari
- Buxgalteriya hisobotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;
- Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish salohiyatini tekshiruv boshlanmasdan avval baholash imkoniyatini beradi va auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini yaratadi. Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.


Yüklə 34,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə