Mavzu; Axborot va tavakkalchilik



Yüklə 52,71 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü52,71 Kb.
#146356
Tavakkalchilikni boshqarish.3

MAVZU; AxBOROT VA TAVAKKALCHILIK

  • Axborot bilan taminlash tavakkalchilikni kamaytirishning eng muhum omili hisoblanadi. Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto’g’ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo’lib, uni olish uchun haq to’lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo’lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko’rish kerak bo’ladi. Axborotni qancha ko’p olsak va qilmoqchi bo’lgan ishimiz haqida tushunchamiz ortadi va tavakkalchilikni kamaytirgan bo’lamiz. Tavakkalchilik kam bo’ldiki ishimizni ijobiy tomonlari ko’p bo’ladi. Bozorda assimmetrik axborot ham bor. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. Bu esa ma’lum savdogarga yordam beradi, bazilarga esa aksi.
  • Mahsulot sifati haqidagi malumot Masalan sotib oluvchi bozorga xarid qilish uchun kelganda birinchi navbatda mahsulot sifatiga qaraydi va xarid qiladi. Mahsulot sifati haqida to’liq malumotga ega bo’lgandagina xaridor tavakkalchiligi kamayadi. Mahsulot sifati haqiqatdan ham yuqori bo’lsa savdogar yo’qotish qilmaydi. Shu tariqa mahsulot sifati haqida to’liq ma’lumoti bo’lishi kerak. Istemolchilarga yana nima yordam beradi deydigan bolsak bozor signallari hisoblanadi. Bozorda sotiladigan tovar to’g’risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to’g’risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro’i, tovar sifati va kafolati to’g’risidagi axborotlar bozor signallari bo’lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo’lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo’lsa, siz mahsulotni yo’qotishsiz sotib olasiz. Shu tariqa bozor signallari ham muhum rol o’ynaydi. Sug’urtalash bozorlarini ko’paytirish Yana bir muhum omil borki tavakkalchilikni pasaytiradi. Bu sug’urtalash bozori hisoblanadi. Insonlar narsalarini va o’zlari sog’liqlarini sug’urtalash evaziga ozlarining tavakkalchiligini kamaytiradilar. Malum bir miqdorda pul evaziga qilingansug’urta kelajakda biron kor xol bo’lganda ham ozini narsasini ma’lum miqdorda oladilar. Sug’urta qilinadigan shaxs o’zining sug’urta ob’ekti to’g’risida sug’urtalovchiga qaraganda ko’proq axborotga ega. Shuning uchun ham, bu erda zaifroq, sog’lig’i yaxshi bo’lmagan shaxslar ko’proq sug’urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug’urta kompaniyalarini sug’urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug’urta narxi o’z navbatida sog’ligi yaxshi bo’lgan shaxslarni sug’urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
  • Ma’naviy tavakkalchilik - yo’qotishlar sug’urta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati. Hozirgi kundagi muammolardan biri insonlar o’z hayotini, mulkini sug’urtalagandan keyin, o’zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko’pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug’urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo’yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o’zini sug’urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo’lish ehtimolini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug’urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o’zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o’z qarindoshlarini o’ldirishgacha boradilar. Ular shu tariqa mablag’ undurmoqchi bo’lishadi. Sug’urtalashda ma’naviy yo’qotishlarni quyidagi yo’llar orqali kamaytirish mumkin:
  • a) sug’urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo’qotishlari bo’yicha klassifikatsiya qilish asosida sug’urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, yo’qotishi yuqori bo’lgan shaxs uchun yuqori sug’urta badali belgilash); b) yuqori yo’qotishga ega bo’ladigan shaxslar bilan sug’urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar); Bu kabi shaxslar bilan tuzulgan sug’urta albatta salbiy oqibatlarga olib keladi c) yo’qotishni qisman qoplash sharti bilan sug’urtalash. Bunday holda yo’qotishni sodir etgan sabablar mukammal o’rgan holda amalga oshirilishi. Tavakkalchiliklarni qo’shish va taqsimlash
  • Tavakkalni qo’shish - ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning o’g’irlanishi, shaxsning kasal bo’lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo’lishi tasodifiy bo’lib ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug’urtaning ahamiyati katta. Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko’ra zarar ko’rish ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo’qotishi nisbatan kichik bo’ladi. Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo’rqmasdan moliyalashtiradilar. Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo’lishi tovarlar narxi va tovar to’g’risida qanchalik to’g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to’liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning al’ternativ xarajatlari to’g’risida to’liq axborot beradi. Aniq va to’liq axborotning bo’lishi bozordagi ne’matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha.
  •  Sotuvchilar o’z tovarlari   sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o’zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo’l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o’zida juda ko’p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to’liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo’ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko’radi. YUqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to’liq) bo’lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas. Olib sotatarlarning iqtisoddagi o’rni va faoliyati Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi. Olib sotarlar bozor sharoitida muhim rol o’ynaydilar, chunki ular ortiqcha tovarni sotib olib, qaerda unga talab ko’p bo’lsa, o’sha erga etkazib beradilar. Bu o’z navbatida tovarga bo’lgan narxni butun fazo bo’yicha ma’lum darajada tekis bo’lishini ta’minlaydi. Yana Savdogarlar iste’molni vaqt bo’yicha siljishini ta’minlaydilar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yoz faslida sotib olib, qish faslida sotadi, yoki serhosil yilda sotib olib, qurg’oqchilik kelgan yilda sotadilar. Ushbu holat iste’molni mo’l-ko’lchilik vaqtdan iste’mol tovarlari cheklangan vaqtga ko’chiradi va shu bilan narxlarning tekislashuvini ta’minlaydilar.
  • Shunday qilib, savdogarlar iste’molni serhosil yildan hosil kam bo’lgan yilga siljitib narxni tekislaydilar. Savdogarlargina qishloq xo’jaligidagi mavsumiy tebranishlarni tekislashga yordam beradilar. Savdogarlar tavakkalchilikka bormaydiganlardan yo’qotishlarni sotib olib, foyda olish maqsadida o’zlari tavakkalchilikka boradilar. Shu tariqa tavakkalchilikni kamaytiradilar. Shunday qilib, savdogarchilikning ahamiyati shundaki, ular axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo’lganlarga etkazadilar.

Yüklə 52,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə