Mavzu: bank axborot tizimi



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə1/2
tarix15.04.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#105570
  1   2
сенга шу булади


Mavzu: BANK AXBOROT TIZIMI



  1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi.

  2. Bankda boshqaruv tizimidagiaxborot tizimlarini avtomatlashtirishni loyihalashtirishdagi muammolar.



Tayanch iboralar: aхbоrоtlаshtirish, aхbоrоt rеsursi, aхbоrоt tizimi, aхbоrоt sохаsi, bоshqаruv tizimi, vidеоmоnitоr, opеrаtsiоn tizim.


Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi
Axborot texnologiyalarini bank faoliyatida qo`llashga harakat qilish birinchi marta AQSH, Yaponiya va Germaniya mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Mijozlar o`z pul mablag`larini bankka ishonib topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo`yishlari mumkin:

  • Pul mablag`larini ro`yxatga kiritish va bankda bo`lgan davrda ulardan hisobot olib turish.

  • Pul mablag`larini saqlash javobgarligini ta’minlanishini talab qilish.

  • Pul mablag`lari holati va ulardan foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta’minlash.

Hozirgi davrda vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va mijoz mablag`larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta’minlovchi asosiy omillar deb quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

  • xizmatlar taqdim etish ko`llami;

  • bank safarbarlik darajasi: o`rab turgan moliyaviy sharoit muhit o`zgarishiga adekvat reaksiya tezligi, ya’ni bank faoliyatini zamonaviy biznesga yo`naltirish imkoniyati - ma’lum vaqtdagi tashqi omillar o`zgarishidagi faoliyati, bu vaqt davomida ko`rsatilgan o`zgarishlar dolzarbligini saqlab qoladi;

  • bozorda keng ishtirok etish (geografik) tarqalganlik. Bunda har bir gegrafik regionda bank muassasasining jismoniy qatnashishi ko`zda tutilmaydi; bankni masshtabliylik darajasi: bank o`zining o`tkazish qobiliyatini qo`shimcha investitsiyalarga qanchalik kattalashtira oladi, yoki bankni o`z biznes faoliyatida qanday minimal chegaralarda mumkin bo`lgan rentabellik darajasini saqlay oladi;

  • bankni boshqarish darajasi: har bir real vaqt mobaynida resurslarni adekvat baholash va muhim strategik (uzoq muddatli) yoki tezkor ( qisqa muddatli) masalalar yechimlari uchun ularni mobilizatsiya, rekonstruksiya qilish; bank va moddiy komponentlar uchun sharoitlar yaratish, rivjlantirish, xizmat ko`rsatish va bankni quvvatlashga hamma chiqimlarini hisobga olgan holda bank xizmatlari tannarxini raqobatbardoshligini oshirish.

Ayni damda bank faoliyati samaradorligining zaruriy ko`rsatkichlariga erishishning yagona birmuncha samarali yo`li masshtabli va adekvat talablar va maqsadga erishish hamda qo`yilgan masalalarni yechish uchun puhta o`ylangan yangi texnologiyalar(kopyuter axborot texnologiyalari)ni joriy eish zarurdir.
Hozirgi vaqtda bank faoliyatida intensiv va total yo`naltirilgan elektron usullar nafaqat bank operatsiyalariga (operatsion faoliyatga), balki bank faoliyatidagi barcha jarayonlarga (menedjerlik faoliyatiga ham) axborot texnologiyalarini qo`llash orqali erishiladi.Bu moliyaviy trasaksiyalarni amalga oshirishda tezlik, adaptivlik va gegrafik tarqalganlik bankning faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun hal qilish ahamiyatiga ega bo`lgan mezonga aylangan moliya industriyasi texnologik jarayonlarining umumiy intensifikatsiyasi bilan ifodalanadi.
Davrlar mobaynida shakllantirilgan bank ishi tajribasi uning asosiy funksiyalarini ta’minlashning maxsus shaklini aniqlab beradiki, ularga: mijozlarning pul mablag`lari hisobini olish va bu mablag`larni bankda bo`lish vaqti davomida o`z javobgarligiga olish, maxsus hisob ro`yxatini yuritish kiradi. Bularni hammasi mijozlarni pul mablag`lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va real vaqtda bu mablag`lar holatini aks ettirish asosini tashkil etadi.
Yuqoridagi fikr va muloxazalardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, moliyaviy va boshqa qimmatli axborotlarni yaratish, yig`ish, saqlash hamda ular ustida turli monepulyatsiyalarni amalga oshirish ayni vaqtda bank industriyasida faol qo`llanilayotgan axborot texnologiyalarining asosiy yo`nalishlarini, ya’ni axborotga yo`naltirilgan tizimini aniqlab olishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda bank axborot texnologiyalari o`zida bevosita bank tizimiga jamlangan ma’lum darajada oraliq va butun bir biznes natijani aniqlab beruvchi va ustuvorlangan texnologik omillarni (apparatli, dasturiy resurslar va kommunikatsiya vositalarini birlashtirigan) o`zida ifoda etadi. Axborot texnologiyalari moliyaviy-iqtisodiy taxlil nuqtai nazaridan bank biznes doirasining biznes aktivi sifatida qaraladi. Biz quyidagi 1-rasmda bank tizimidagi axborot arxetekturasining asosiy komponentlarini ko`rishimiz mumkin.
Bankni avtomatlashtirish qo`mitasi (BAQ) - bankni avtomatlashtirilgan bo`linmalaridan tashkil topib, qaror va dasturlarni amalga oshirish ijroiy organini ifoda qiluvchi faoliyatini va bankni axborot-kommuniyeatsiya texnologiyalarini qo`llashda quvvatlash doirasiga kiruvchi axborot texnologshiyalari bo`yicha guruh
hisoblanadi. Bu qo`mitani vazifasi asosan xozirgi bozor isloxotlari davrida davr talabiga mos ravishda banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlash jarayonini yanada takomillashitirib bozor isloxotlari sharoitiga moslab tashkillashtirishdar.

1-rasm. Bank tizimidagi axborot arxitekturasining asosiy komponentlarini


tuzilishi.

Axborot texnologiyalari portfeli - kompyuterlar, dasturiy ta’minot, tarmoq va tizim quvvatlovchilariga inqyestitsiyalar haqida eng samarali yechimlarni qabul qilish instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi texnlogiyalar uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik uchun talab qilinadigan, jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o`z ichiga oladi.


Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalarini quyidagi 2-rasmdan ko`rishimiz mumkin.
Ushbu rasmda ko`rib turganimizdek agrobank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalari - bankni yanada rivojlantirish uchun axborotlashtirish strategik va taktik rejalarini ko`rib chiqish, xozirgi bozor isloxotlariga mos ravishda bankni ATga qiladigan investitsiya masalalarini ko`rib chiqish va bu qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun bank axborot resurslarini ko`rib chiqish, boshqarish va ulardan foydalanib ularni yanada rivojlantirish hamda ushbu tadbiq etish jarayonlari standartlari bo`yicha qarorlar tayyorlash, tasdiqlash va shunga o`xshash masalalarni ko`rib chiqishdan iborat ekan. O`z navbatida shuni aytib o`tish lozimki, axborot texnologiyalarini tashkiliy tomondan boshqarish limitlar, smetalar tizimi, reyting va baholash ko`rsatkichlari orqali ham amalga oshiriladi.


Bankni ATga qiladigan investitsiya masalalarini ko‘rib chiqish

Bank axborot resurslarini ko‘rib chiqish

Bank axborot resurslarini boshqarish

Bank axborot texnologiyalaridan foydalanish va rivojlantirish

Tadbiq etish jarayonlari standartlari bo‘yicha qarorlar tayyorlash, tasdiqlash va masalalarni ko‘rib chiqish

2-rasm. Bank tizimida axborotlarning asosiy vazifalari.

Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini boshqarishga va umumiy tavsiflariga “Axborot texnologiyalari portfeli” (ATP) deb ataladi.


Axborot texnologiyalari portfelining asosiy komponentlarini shartli ravishda to`rtta asosiy toifalarga bo`lib qarash mumkin:

  1. Bankda biznes faoliyatini ta’minlashning asosiy tizimlarida - asosiy bir yoki bir nechta biznes jarayonlar lokal banklararo operatsiyalarini qo`llab turuvchi tizim tushuniladi. Aloxida bank yoki uni bo`linmalari, filiallari tizimi doirasida olingan lokal resurslari: bank operatsiya kunida dasturlar majmuasi, plastik kartochkalarni qo`llagan holda chakana elektron hisoblar lokal tizimi, iqtisodiy, tijorat lokal resurslar.

  2. Banklararo resurslarda - davlat ichidagi elektron to`lovlar tizimi, SWIFT davlatlararo va banklararo elektron to`lov tizimi, plastik kartochkalarni qo`llagan holda chakana elektron hisoblar banklararo tizimi.

  3. Korxona umumiy faoliyatini quvvatlovchi tizimlar ya’ni muvofiqlashtirilgan tizimlar - odatda ular qatoriga oylik maosh, inson resurslarini boshqarish tizimlari kiradi ya’ni, bevosita asosiy biznes faoliyatiga bog`liq bo`lmagan menedjerlik axborot tizimlari, moliyaviy resurslarni boshqarish va buxgalteriya hisobi, hujjatlar aylanishini boshqarish va boshqalar.

  4. Bank infratuzilmasiga taalluqli tizimlar - apparat ta’minoti, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar, axborotlarni saqlash tizimlari va kommunikatsiya imkoniyatlarini ta’minlashga imkoniyat beradigan ivestitsiyalarni o`z ichiga oladi.

Axborot texnologiyalari portfeli bankning ichki va tashqi maqsadlari uchun ham birdek foydalanilishi mumkin. Bunda strategik muhim axborotlar masalan kirim va chiqimlar, egalik qilish, yetkazib berish, sotib olish (vositalar, uskunalar va boshqalar) keng tashqi kirib chiqishlarga mo`ljallangan taqdim etiluvchi, axborot texnologiyalari portfeliga tegishli materiallardan o`chirib tashlanishi lozim degan qoidaga amal qilishi kerak. Uning ahamiyatliyligini maksimallashtirishda bank uchun muhim bo`lgan joriy va rejalashtirilayotgan axborot texnologiyalari investitsiyalarni o`z ichiga olishi lozim.
Bank o`z faoliyatida quyidagilarni e’tiborga olishi kerak:

  • ahamiyatliylik omili;

  • byudjet xarajatlari smetasi;

  • mijozlarga ta'sir;

  • butun bank tizimi doirasidagi operatsiyalarga butunlay ta'sir qilish;

  • tashkiliy tayyorgarlik va tashkiliy ta'sir qilish;

  • texnologiyalarni qo`llash va ishlab chiqarishga xarajatlar darajasi (umumiy xarajatlar, mehnat).

Har bir loyiha bo`yicha axborotlarni taqdim etish bankka maksimal hajmdagi portfel yaratishga yordam berish yo`nalishida amalga oshirilib, boshqarayotgan ijroiy rahbariyat uchun bankning ahamiyatga ega resursi sifatida axborot texnologiyalari portfelining ahamiyati va maqsadi yoritilib berilishi lozim.
Quyidagilarni e’tiborga olgan holda bank asosiy ish faoliyati masalalari va maqsadlari yoritilib berilishi kerak:

  1. Bank ish faoliyatining asosiy yo`nalishi qanday.

  2. Bank uchun qanday asosiy qonuniy me'yoriy hujjatlar mavjud.

  3. Bankning asosiy vazifasini ta’minlash uchun bankning kelajakdagi rejalari qanday. Bunda axborot texnologiyalari faoliyatini bank strategik rejalari bilan bog`lash nihoyatda zarur.

Infratuzilma sharxi deganda quyidagilar e’tiborga olinadi:

  1. Axborot texnologiyalariga joriy investitsiyalarni, apparat ta’minoti, dasturiy ta’minot, tarmoq va asosiy ilovalarga (foydalaniluvchi dasturlar) yuqori darajali, keng (bank tizimi) doirasida qarash.

  2. Sxematik axborot texnologiyalari tarkiblari (uzellarni joylashuvi, jismoniy moslama apparaturalari, tarmoqlari).

  3. Tabiiy holda ishni kim bajaradi (bankdagi ishlovchilar yoki chetdan jalb qilinganlar) va qanday qilib (axborot texnologiyalari bo`malari tarkiblari nusxalari, masalan, markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan) savollari.

Axborot texnologiyalari portfelidagi “infratuzilma” va “loyihalar (investitsiyalar)” bo`limalardagi ma’lumotlar, personal texnologiya toifalari bo`yicha resurslar ichki baholash natijalari kombinatsiyasida yuqori darajada ko`rib chiqiladi. Toifalar hamda funksional bloklarda joriy va mo`ljallangan (loyihalashtirilgan) resurslarning joylashuv munosabatlarini (sonli, foiz yoki grafik ko`rinishlarda) tasavvur qilish zarur hisoblanadi, masalan ilovalar, infratuzilmalar, asosiy tizimlarni
ishlab chiqish (rivojlantirish), bank biznes modeli hamda tuzilishini aks ettiruvchi quvvatlash qiymati va funksional farqlari kabi xususiyatlarni.
Bankning axborot texnologiyalarini rivojlantirish strategik rejalariga bag`ishlangan axborotlar portfeli bo`limi bankning istiqboldagi rivojlantirilishi bilan axborot texnologiyalariga qo`yilayotgan joriy va kutilayotgan investitsiyalarni mosligini aniqlashga yordam berishi va bevosita bankning faoliyat jarayonlarini qo`llab-quvvatlashi lozim. Bu bo`lim ma’lum davrda daromad va xarajatlar smetalarini tuzish bo`yicha yuritilayotgan bank instruksiyalari bilan mos xolda tuzilishi lozim (ko`rsatilgan bo`limda shunga o`xshash ko`rsatmalar yo`q bo`lgan holda bank rahbariyatining ko`rib chiqishiga asosan eng yaxshi va chet el tajriblaridan foydalangan holda turli yo`llar bilan tuzilishi mumkin).
Axborotlar portfeli tizimining bu bo`limi bankda axborot texnologiyalaridan foydalanib boshqarish va rejalashtirishga ma'sul bo`lgan rahbarlarga qulay va kerakli bo`lgan ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Axborot texnologiyalari uchun joriy va rejalashtirilayotgan xarajatlar jadvalda va savollarda ko`rsatilganlariga javob berishi lozim.



Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə