Mavzu: biosfera haqida tushuncha



Yüklə 452,32 Kb.
səhifə5/6
tarix31.12.2021
ölçüsü452,32 Kb.
#81692
1   2   3   4   5   6
Butajonov Sohibjon 1

Atmosferaning tarkibi-atmosferada havo doim aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir. Yerning havo qobig'i turli gazlarning mexanik aralashmasidan iborat bo'lib, uning tarkibida 78,09% azot, 20,95% kislorod, 0,03% is gazi, 1,8-10° neon, 5,24-10° geliy, 840'3ksenon, l,0«10~5kriptonva 1,0-10'6 azon bar. Atmosferada neon, geliy, kripton, ksenon, azon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi.

Atmosferadagi vodorod 5,0-10~5, azon esa 1,0»10'6 miqdor-dadir. Bulardan tashqari atmosferaning tarkibida suv bug'lari va har xil chang aralashmalari bor. Atmosferaning asosiy tarkibiy qismlari-azot va kislorod o'rtasidagi nisbat doimiydir. Atmosferadagi karbonat angidrid (CO2), suv bug'larining miqdori esa vaqt va fazoda o'zgarib turadi.

Atmosferaning taxminiy massasi 5,9«1015 t

Atmosferaning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi bu gazlarning har biri geografik qobiq hayotida muayyan funksiyani bajaradi. Masalan, kislorod yer yuzida eng ko'p tarqalgan elementlardan biri hisoblanib, uning asosiy qismi yashil o'simliklarning fotosintezi jarayonida suv va karbonat angidridning parchalanishi natijasida hosil bo'ladi hamda ko'pdan-ko'p oksidlanish reaksiyalari (organizmlarning nafas olishi, chirishi, yonishi)da ishtirok etadi. Uning atmosferada mavjudligi hayot omili-nafas olishning zaruriy shartidir. Kislorod ayni vaqtda barcha xil hayvon va o'simliklarning tarkibiy qismi bo'lib, u organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog' va uglevodlar tarkibiga kiradi. Ma'lumki, organizmlar hayot

kechirishi uchun zarur bo'lgan energiyani asosan oksidlanish hisobiga oladi.

O dam tanasining 56 foizi kisloroddan iborat. Atmosferada erkinkislorodningjami l,18-l,5«1015tdebbelgilangan. Taxminan shuncha miqdordagi kislorodning asosiy qismi tirik moddalar orqali o'tib tabiatda aylanib, harakatda bo'ladi. Inson va hayvonlar havodan kislorod olib, unga karbonat angidrid (CO2) chiqaradi, yashil o'simliklar esa aksincha CO2 parchalab, sarflangan kislorpd (O2) o'rnini to'ldiradi.

CO2 gazining miqdori o'zgaruvchandir, u atmosferaga asosan toshko'mir, neft mahsulotlari, gaz va boshqa xil yoqilg'ilarning yonishi, vulqonlar, organik moddalarning parchalanishidan o'tadi. CO2 yer yuzida notekis tarqalgan; uning miqdori okeanlar ustida, qutbiy o'lkalarda va aholi siyrak joylashgan shahar, sanoat, tumanlariga nisbatan kamroq bo'ladi.

Atmosfera havosining asosiy tarkibiy qismlaridan biri azotdir. U

mikroorganizmlarning faoliyati natijasida, shuningdek o'simlik va hayvonlarning chirishidan atmosferaga ko'tariladi. Vulqonlar otilganda ham havoga ko'p miqdorda azot ajralib chiqadi.

Azot organik birikmalar tarkibida keng tarqalgan. Bunday azot, asosan bakteriyalarning erkin azotni to'plashi natijasida hosil bo'ladi. Azotning birikmalaridan ajralib chiqishi ham asosan bakteriyalar ishtirokida ro'y beradi. Atmosferada azot kislorod bilan birga oksidlanish sur'ati, binobarin, biologik jarayonlarni tartibga solib turadi.

Atmosferaning yer yuzasidan 70 km balandlikkacha bo'lgan qismida azon (O3), ya'ni uch atomli kislorod keng tarqalgan. U kislorod (O2) molekulasining ultrabinafsha nurlar ta'sirida atomlarga parchalanib, so'ngra bu atomlarning molekulalar bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi. Bu gaz 22-25 km balandlikda eng ko'p to'plangan bo'lib, o'ziga xos qatlam -«azon ekrani»ni hosil qiladi. «Azon ekrani» inson va yer yuzasidagi organizmlar-hayvon va o'simliklarga ma'lum hayotiy qalqon, u quyoshdan ko'plab keluvchi zararli ultrabinafsha nurlarni yutib, pastga yer yuzasiga o'tkazmaydi.

Atmosferaning yer yuzasiga yaqin quyi qatlamlarida azonning miqdori juda kam; azon miqdori odatda chaqmoqdan keyin hamda tog'larda balandlikka ko'tarilgan sari

b ir oz ortadi. Havodagi azonning miqdori mavsumiy ravishda o'zgarib turadi: bahorda ko'payib, kuzda va qishda kamayadi.

Suv bug'lari atmosferaning pastki qatlamlarining doimiy tarkibiy qismidir. Havodagi suv bug'larining miqdori qutbiy tumanlarda 0,2% dan ekvatorial mintaqada 4% gacha yetadi. Suv bug'lari karbonat angidrid kabi yer yuzasining issiqlik balansida ishtirok etadi. Ular karbonat angidridga nisbatan ham kuchli isituvchidir, chunki ular quyosh nurini yerga o'tkazib, yer yuzasidan qaytadigan issiqlikning 60% ini tutib qoladi.

Xulosa

Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 1. Vernadskiy «jonli modda» deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi qudratli omil ekanligini takidlaydi .Aqlli inson o'z taraqqiyotida biosferaning inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati noosfera (aql,tafakkur qobig'i) ga o'tishi muqarrardir . V.I. Vernadskiyning fikricha noosfera (biosfera rivojining oliy bosqichi) bizning sayyoramizdagi yangi geologik hodisalardir . Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi .U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.



Lekin shuni takidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning imkoniyatlari chidamliligi darajasidan oshib ketmasligi kerak. XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining takomillashuvi biosferada ko^plab salbiy o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Insoniyatning yaqin kelajakdagi faoliyati birinchi navbatda biosferadagi salbiy o’zgarishlar oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmogi lozim.


Yüklə 452,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə