Mavzu: biosfera haqida tushuncha


Inson va organizmlarning ekologik omillar ta'siriga moslashuvi



Yüklə 452,32 Kb.
səhifə3/6
tarix31.12.2021
ölçüsü452,32 Kb.
#81692
1   2   3   4   5   6
Butajonov Sohibjon 1

3. Inson va organizmlarning ekologik omillar ta'siriga moslashuvi.

Atmosfera - tirik jonzotlar va inson hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit va yer qobig'ining muhim komponentidir. Atmosfera geografik qobiqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va hozirgi holatida juda katta ahamiyatga ega. Tirik mavjudotlar o'zining butun evolutsion rivojlanish jarayonida Yer atmosferasi-havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo'lib, xuddi ana shu tabiiy tarkib organizm uchun eng optimal hisoblanadi. Atmosfera yer po'stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta'sir etadi va yer yuzida issiqlik, namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yerning himoya qobig'idir,

c hunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan meteoritlarning zararli ta'siridan himoya qiladi. Atmosfera bo'lmaganda edi, Yer yuzasi kunduzi + 100°C qizigan, kechasi esa 100°C sovugan bo'lar edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasining o'rtacha havo harorati +14°C ga tengdir.

Atmosfera quyosh issiqligini Yerga o'tkazib, issiqlik saqlaydi va nur, tovush uchun o'tkazuvchanlik vazifasini o'taydi. Atmosfera biosferada moddalar va issiqlik almashinuvida asosiy rol o'ynaydi. Yer yuzida rang-barang landshaftlarning vujudga kelishida va ularning taraqqiyotida atmosferaning ahamiyati katta. Atmosfera bo'lmaganda, Yer yuzida ham Oydagi kabi hayot bo'lmas edi.

Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasining bar 1 km2 maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, yer yuzasiga juda oz miqdorda yetib keladi.

Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi doimiy komponent-larning nisbatida salbiy o'zgarishlar ro'y bermoqda, havoda yangi moddalar paydo bo'lib, ular atmosfera havosi sifatini pasaytirmoqda. Bu jarayon asosan insonning xo'jalik faoliyati natijasida atmosferaga chiqarib tashlayotgan ifloslovchi moddalarning miqdori va tarkibiga bog'liqdir. Atmosfera havosini ifloslovchi manbalar orasida tobora rivojlanib borayotgan sanoat ishlab chiqarishi asosiy o'rin tutadi. Binobarin, atrof-muhit havosining kuchli ifloslanishi, ko'plab zavod va fabrikalar, transport serqatnov bo'lgan yirik industrial shaharlarda, ayniqsa, yaqqol sezilmoqda. Havo ifloslanishining inson salomatligi va umuman jonli tabiat taqdiriga ko'r-satayotgan bu salbiy ta'sirning kundan-kunga kuchayib --borayotganligi butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi muammosi hozirgi fan-texnika inqilobi davridagi industrlanish va demografik o'sish jarayonlari tufayli yanada jiddiy tus olmoqda.

Yerning havo qobig'i - atmosfera chegarasi yer yuzasidan taxminan 20 km balandlikka boradi, lekin 10-12 km balandlikda ham yer gazlari molekulalari aniqlangan. Havoning 80% dan ortig'i va suv bug'larining deyarli hammasi troposfera deb ataluvchi yerning yuza qismida joylashgan (qutblarda 8-10 km va ekvatorda 10-12 km). Troposferadagi harorat har 100 m ko'tarilgan sari 0,65°C pasayadi (27-rasm).

Keyingi qatlam-stratosfera qutblarida 8-10 km, ekvatorda 16-18 (40) km

balandlikda joylashgan. Bu qatlamda havoning deyarli qolgan hamma qismi joylashgan. Stratosfera harorati -45°C -75°C, balandga ko'tarilganda (50-55km) azon qatlami bo'ladi. G'arbiy shamollar tezligi lOOkm/s, sharqiy-20 km/soat.

Mezosfera-50-80 km balandlikda joylashgan. Yer yuzasidan yiroqlashgan sari bu qatlamda harorat har 1 km ga 2-3°C pasayib, 80 km balandlikda minus 90°C ga yetadi.




Yüklə 452,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə