Mavzu: bodom turkumi


Oddiy shirin bodomning o’rmon melioratsiyasidagi tutgan o’rni



Yüklə 135,78 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü135,78 Kb.
#180617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BODOM TURKUMI

2. Oddiy shirin bodomning o’rmon melioratsiyasidagi tutgan o’rni.
Oddiy shirin bodomning tuproqning ustki unimdor qatlamining yuvilib ketishini oldini olishdagi ahamiyati yoritilgan bo’lib. Tog’ va tog’oldi maydonlarda yerga ishlov berish va ko’chat ekish texnalogiyasida bajarilishi
kerak bo’lgan bir nechta tadbirlar bor, bu tadbirlar bajarilmasa ko’chatlarning o’sib rivojlanishi past darajada bo’ladi va natijada tuproqda eroziya jarayonini oldini olish ishlari samaradorligi past bo’ladi. Tog’ qiyaliklarida madaniy bodomzorlar barpo qilinsa tuproqda suv eroziyasini oldini olishda ishonchli himoya bo’ladi. Bundan tashqari o’rmonzor maydonlarining kengayishiga ko’maklashilgan bo’ladi.
Dunyoda bo’ycha bodomning 40 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi mavjud. Ulardan bittasi — oddiy bodom madaniy holda ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. Oʻzbekistonning dengiz sathidan 1000–1200 m gacha boʻlgan tog’li mintaqalarida tarqalgan . Oddiy shirin bodom (Prunus amygdalus Batsch.) bodom turkumi (turkumning avvalgi nomi Amygdalus) Ra’noguldoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub bo‘lgan o‘simlikdir. Bodom asosan O‘rta yer dengizi, Markaziy Amerika, Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Bodom mag‘zini yetishtirish bo‘yicha Italiya, Fransiya, Qrim, Zakavkaze va O‘rta Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Oddiy shirin bodom тabiatda 4-10 m balandlikkacha o‘sadigan kichik daraxtyoki baland bo’yli buta hisoblanadi. Mevalari quruq danak (yong’oq), cho‘zinchoq tuxumsimon 3-4 sm uzunlikda. Bodom ekilgandan so‘ng 3-4 yilida hosilga kiradi, 10-12 yoshlarida maksimal hosil beradi. 100 yilgacha yashaydi.
Oddiy bodom ildiz sistemasi chuqur (6 metrgacha) rivojlanadi. Bodom mag‘zi oziq-ovaqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Oddiy bodom asosida ko‘plab yirik mevali serhosil, mevalarni sifati, xajmi va shakliga ko‘ra bir biridan farqlanuvchi turli navlar yaratilgan. Y.X. Yuldashovning tajribalaridagi ma’lumotlariga ko’ra, Oddiy shirin bodom palantatsiyalarini barpo qilshda ko’chatlarni ekish vaqti yanvar oyining issiq kunlarida tuproq ekish uchun me’origa yetganda, ekilsa 92% gacha ko’chatlar tutib ketishi qayd qilingan.
Bodom urug‘idan, madaniy navlari esa payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Bodomning yorug‘likka talabchanligini inobatga olib ko‘chatlarini
tekis yerlarda 8x8 m, tog‘ va tog‘ oldi lalmikor yerlarda 6x6 m (janubga qaralgan yonbag‘irlarida 5x5 m) sxemada kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Yosh bog‘dagi sug‘orish, o‘g‘itlash, shakl berish kabi agrotexnik tadbirlar o‘tkaziladi.
Respublikamizning tog‘ va tog‘oldi mintaqalarini o‘rmonlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rmon zonalari bir-biri bilan juda murakkab holatda tutashib ketadi, tog‘ relefi nishabligi, ekspozitsiyasi, tuproq sharoiti, dengiz satxidan balandligi o‘ziga xos xususiyatlardir. Bundan kelib chiqadiki tog‘ tizmalarining geografik joylashishi va yo‘nalishi, yog‘ingarchilik taqsimoti va ularning yog‘ish xususiyatlari (tezligi) hamda tuproq qatlami qoplanishining ahvoli sunʼiy o‘rmonzorlar barpo qilishning asosi xisoblanadi. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida suv eroziyasiga ko‘proq uchraydi. Ushbu eroziya boshlanishi uchun nishablik
1-20 bo‘lsa kifoya. Qiyalik nishabi qanchalik katta bo‘lsa, tuproq yuvilish xavfi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Suv eroziyasining yana bir xususiyati shundan iboratki, u suvga aralashgan oziq moddalarni eritadi va parchalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan hozirgi kunda tog‘ va tog‘oldi suv bilan kam taʼminlangan lalmikor yerlarini qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan xondon pista (Pistacia vera L) va bodom (Amygdalus communis L.) ekib o‘zlashtirishga va shu yerlarning samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Madaniy o’rmonlar barpo qilish tarixiga nazar soladigan bo’lsak Yong‘oqmevalilardan daraxtlar ichida oddiy bodom ko’p maydanlarga terrasa va palantasiya shakilda ekilganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Buning asosiy sababi esa oddiy bodom tuproqdagi oziqa maddalariga kam talabchang va suv tanqisligi strislarga bardoshli daraxt ekanligidir bondan tashqari bodom bog’laridan oligan hosildan yuqori iqtisodiy daromad ham olish mumkin. Respublika tog‘ va tog‘oldi lalmikor hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari bodomzorlar maydonini ko‘paytirish uchun qulay mintaqa xisoblanadi. Bunday sharoitlarda bodom erta hosilga kiradi va qisqa muddat ichida hosildorligini oshirib boradi. Madaniy bodomzorlar barpo etishda tuproqqa ishlov berish alohida ahamiyatga ega. Chunki tuproqni tayyorlashning asosiy maqsadi qiyaliklarda paydo bo‘luvchi suv oqimlarini kamaytirib, to‘xtatib, ularni yer ostiga shimdirish va ekilgan yosh nihollarning o‘sishi, rivojlanishi uchun yetarli namlik bilan taʼminlashdir. Maʼlumki yer ishlov berilganda tuproqning tabiiy tuzilishi buziladi va buning natijasida ularning eroziyaga qarshiligi kamayadi. Tog‘ relyefi nishabligi, ekspozitsiyasi, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandligi, tabiiy yog‘ingarchiliklar miqdori va boshqalar o‘ziga xos xususiyatlarni eʼtiborga olgan holda, tog‘ hududlari uchun tuproqni ekishga maxsus tayyorlashda quyidagi usullarini tavsiya etiladi:nishabi 80 dan kam bo‘lgan qiyaliklarda yoppasiga (yalpi) haydash;
- nishabi 80 dan kam bo‘lgan qiyaliklarda yoppasiga (yalpi) haydash;
- nishabi 8-120 gacha bo‘lgan qiyaliklarda chizma (polosa) haydash;
- nishabi 12-35 0 gacha bo‘lgan qiyaliklarda terrasa (zinapoya) usulida yerlarni
ekishga tayyorlash;
- nishabi 35 0 dan yuqori qiyaliklarda maydonchalar usulida yerni ekishga
tayyorlanadi.
Tog‘ va tog‘oldi maydonlarda bodomzorlar barpo etishda asosan
1-2 yoshli ko‘chatlardan foydalanib bahorgi muddatda ekish yaxshi natija beradi. Tog‘ qiyaliklari 6-60 gacha bo‘lgan nishablikda gorizontal bo‘ylab tuproqqa yoppasiga ishlov beriladi.
Tog‘ qiyaliklari 8-12 0 gacha bo‘lgan qiyaliklarda haydalmali terrasalar tuziladi. Tog‘ qiyaliklari 12-35 0 gacha bo‘lgan qiyaliklarda o‘yilmali-ko‘tarmali terrsalar tuziladi. Tog‘ qiyaliklari 350 -dan yuqori bo‘lgan qiyaliklarda maydonchalar tuzilib o‘rmon meliorativ ishlar amalga oshiriladi. Yoppasiga ishlov berishda joy sharoitini hisobga olgan holda gorizontal bo‘ylab chuqur haydash, boronalash ishlari olib boriladi. Haydalmali terrasalarni shakllantirish uchun nishablikka bog‘liq holda teskari nishablik bilan terrasa polotnosi hosil qilinadi. Buning uchun qiyalik nishablik tomonga qarab 5-6 marotaba haydaladi. Bu haydashlar terrasa polotnosining eniga bog‘liq holda 8 0 nishablikda 8 metr enlikda terrasa hosil qilinadi. 100 li nishablikda 4 metrli terrasa hosil qilinadi.
Tog‘ qiyaliklarini12-350 gacha bo‘lgan qiyaliklarida o‘yilmali ko‘tarmali terrasalash ishlari olib boriladi. Bunda tog‘ zinapoya shaklidagi holatga keltiriladi. Tog‘ qiyaliklari 350-dan yuqori bo‘lgan qiyaliklarda maydonchalar tuzilib o‘rmon meliorativ ishlar amalga oshiriladi. Yoppasiga ishlov berishda joy sharoitini hisobga olgan holda gorizontal bo‘ylab chuqur haydash, boronalash ishlari olib boriladi. Tog‘ qiyaliklari 35 0 dan yuqori bo‘lgan qiyaliklarda ko‘chatlarni ekish uchun ko‘chat ekish maydonchalari (chuqurchalar) tayyorlanadi. Maydonchalar 1x1,0, 1x1,5 yoki 1x2,0 metr qilib tayyorlanadi.
Maydonchalar qiyaliklarda qator oralig’i 3-3,5 metr maydonchalar o‘rtasidagi oraliq 2,0-3,5 metr qilib tayyorlanadi. Ko‘chatlar 60x60 sm. Qilib tayyorlangan chuqurchalarga ekiladi. Ko‘chat ekkanda ildiz bo‘gimi yer sathi bilan barobar bo‘lishi lozim. Bordiyu ildiz bo‘gimi chuqurroq joylashsa, ko‘chatlarning o‘sishi susayadi, yer sathidan balanroq joylashsa, ko‘chatlar qurib qolishi mumkin. Ko‘chat ekishda tuproqning namligidan qatʼiy nazar xar bir tupga 1-2 chelak suv bilan sug‘orilsa yaxshi natija beradi.
Ko‘chatlar kuzda yoki bahorda ekilganda ham ularga agrotexnik tadbirlar qo‘llab o‘z vaqtida ishlov berilganda ham bari bir ularni baʼzilari turli sabablarga
ko‘ra qurib qolishi mumkin. Kelgusida ekilgan ko‘chatlar ichida xatosi to‘ldirish talab qilinadi. Barpo qilingan o‘rmanlar xatosini aniqlash uchun o‘simlik tinim davriga kira boshlagan vaqtdan eʼtiboran - sentyabr oyida inventarizatsiya o‘tkaziladi, hisob-kitob qilinadi, holati baholanadi va o‘rmonlarning kelajagi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Hisob-kitob qilingan materiallarning hammasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qilingan hisob-kitobda xatolik yaʼni qurigan ko‘chatlar 10 foizdan ortiqligi aniqlansa, ularning o‘rniga yangilarini ekish, yaʼni to‘ldirish rejalashtiriladi. Kuz fasliga kelib, o‘simliklar tinim davrida qurigan ko‘chatlar olib tashlanadi va 40x50 sm o‘lchamlarda chuqur qazib xatolarni to‘ldirishga tayyorlanadi. Erta bahorda esa daraxt turlariga qarab ikki yillik
yirik, sog‘lom, baquvvat ko‘chatlar ekiladi. To‘ldirish vaqtida rejada ko‘rsatilgan nav ko‘chatidan joylashtirish kerak.
Ko‘p yillik ilmiy - tadqiqot kuzatishlarga ko‘ra, 2 yoshdagi baquvvat ko‘chatlardan ekilsa, natijasi yaxshi bo‘ladi. Barpo etilgan bodomzorlarda namni ko‘proq saqlash maqsadida qator oralari va daraxt atrofini tez - tez yumshatib turiladi, poxol, somon va boshka o‘simliklar qoldiklaridan mulchalar hosil qilinadi. Ko‘chatlar atrofi xar bir yog‘ingarchilikdan so‘ng yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Bunday muhim agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lalmikor yerlarda katta axamiyatga egadir.



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə