Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy pedagogik shart-sharoitlari Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə1/6
tarix25.03.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#103182
  1   2   3   4   5   6
Bolalar nutqini rivojlantirishning ilimiy pedagogik shart sharoitlari Kurs ishi


Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy pedagogik shart-sharoitlari
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism
1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. 2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar.
3. Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari.
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.» – deb alohida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.


  1. Yüklə 102,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə