Mavzu: Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari


O'RTA GURUHDA MAZMUNLI RASM CHIZISHGA O'RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI



Yüklə 99,07 Kb.
səhifə8/8
tarix25.12.2023
ölçüsü99,07 Kb.
#161493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari

O'RTA GURUHDA MAZMUNLI RASM CHIZISHGA O'RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI.
• O'rta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• O'rta guruh bolalariga rasm mashg'ulotlari, asosan, yil boshidan o'tkazila boshlanadi, sababi, kichik guruh bolalariga qaraganda, ular ma'lum mazmun asosida, lo'nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko'rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
• Mazmuni jihatdan bir-biriga o'xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.
• Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
• Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini, odamlarning ko'rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko'rinishini faqat yon tomondan bir yo'lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan, «Bolalarnig qishki o'yinlari».
• O'rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og'zaki nutqini o'stirish bilan ularni o'rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
• «Qizcha uy atrofida o'ynayapti».
• «Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar».
• «Bo'g'irsoq», «Chipor tovuq».
• O'rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo'nalishda chizishlaridan tashqari, bir varaqni to'ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. Ma'lum narsani ko'rib, tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o'sib boradi. Har bir mashg'ulot bolalarni aqliy va estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo'ladi. N.K.Krupskayaning fikricha, «Bolaga beriladigan ta'lim-tarbiya mehnatni sevishdan, uni e'zozlashdan boshlanadi». Bu mashg'ulotlarni o'tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og'zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har xil mavzularda rasm chiza olish ko'nikmalari rivojlanadi.
Bola ko'rsatilayotgan rasmni aniq ko'rib chiza oladi, lekin uning yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko'rsatib, quyidagilarga alohida e'tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan, predmetlarning proportsional, simmetrik joylashganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda tahlil-sintez usulidan foydalanish muhimdir.
• Bola ko'rsatilayotgan rasmni aniq ko'rib chiza oladi, lekin uning yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko'rsatib, quyidagilarga alohida e'tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan, predmetlarning proportsional, simmetrik joylashganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda tahlil-sintez usulidan foydalanish muhimdir.
• Yuqorida qayd qilinganidek, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
• mavzuning mazmuni aniq bo'lishiga;
• obyektlar orasidagi bog'lanishga;
• ma'lum maqsadga yo'naltirilgan mavzu bo'lishiga e'tibor berish kerak.
• Bu yoshdagi bolalarga rangli qog'ozlar berilib, maqsad aytiladi. Masalan, bola ko'k rangda - o'tlarning, havo rangda - suvning, sariq rangda -qumning ko'rinishini tasvirlay oladi, y'oxud «Baliqlar suzyapti», «Jo'jalar o't ustida o'ynayaptilar» kabi. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko'rsatib, uning varaq ustida joylashishini so'roqlar bergan holda, suhbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta, tarbiyachining bilimdonligi katta mahorat talab qiladi. Bolalarning bir yarim yilda chizgan rasmlari o'lchovlari asosan bir xil. N.P.Sakulinaning tajribasi shuni ko'rsatdiki, bola chizgan rasmlarini past va balandligini ko'rsatish va farqini tushuntirish lozimdir. To'rt yoshli bolalarda rasm chizish ko'nikmalari o'sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib, rasm chizishga urina boshlaydilar.
Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko'z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo'ri», «Mushuk, xo'roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni», «8-mart - onalar bayrami», «21- mart - Navro'z bayrami». Katta guruhda o'tkaziladigan rasm mashg'ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o'lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko'radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko'rsatishi kerak va bo'yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg'ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo'yoq berib, ma'lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo'ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.
• Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko'z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo'ri», «Mushuk, xo'roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni», «8-mart - onalar bayrami», «21- mart - Navro'z bayrami». Katta guruhda o'tkaziladigan rasm mashg'ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o'lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko'radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko'rsatishi kerak va bo'yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg'ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo'yoq berib, ma'lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo'ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.
Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o'rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
• Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo'yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o'rgatish.
• Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o'zgartirishga o'rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).
• Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastiga, uzoqdagilarni qog'ozning tepasiga (o'lchamlarini o'zgartirmasdan) joylashtirish.
• Ranglarni farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o'rgatish.
• Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi bo'lsa, bolalarning o'zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o'zgarishini bilishadi, shu o'zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
Maktabgacha ta'lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o'rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.
• Maktabgacha ta'lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o'rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.
• Tasviriy san'atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go'zallik hissini rivojlantiradi. Xalq dekorativ san'ati asarlari bolalarga yorqinligi hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat dekorativ san'at asarlari bilan tanishtirish bilan birga, vatanga bo'lgan muhabbatni, ana shu san'at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo'lgan hurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:
• bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini, kompozitsiya bilan bog'lash hissini rivojlantirish;
• ranglar hissini rivojlantirish;
• * dekorativ san'atdagi usullarni farqlay olishni va alohida elementlarni o'z ijodida qo'llay olish malakasini rivojlantirish;
• * mo'yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko'nikmalarini hosil qilish.
• Bolalarni dekorativ rasm solishga o'rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmetning shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi o'zgarishini his qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o'rtasidagi bog'liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o'rgatish zarur. Chunki dekorativ san'at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo'la olmaydi. Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri - rangni his qilishni rivojlantirishdir. Rang - naqsh ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog'langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg'unlashishini albatta, barchasini o'zlashtira olmaydilar. Lekin rang hissi ularda bog'chagacha bo'lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi (yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli uyg'unlashuviga qadar).
O'rta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• O'rta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Dekorativ rasm solish bolalarga 4 yoshdan boshlab o'rgatiladi. O'rta guruhda dekorativ rasm solishga o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
• chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
ranglar hissini rivojlantirish, ya'ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;
• turli yirik va mayda shakllarni - naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
• * mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish, qog'ozga yengil tekkizib, nuqtalar hosil qilish;
• * mo'yqalamning boshchasidan to'g'ri chiziqlar o'tkazishda hamda dog'chalar hosil qilish usulida mo'yqalamdan to'liq foydalanish;
• O'rta guruhda dekorativ rasm solishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o'xshashdir. Boshlang'ich mashg'ulotlarda, bolalar mo'yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o'rganadilar. Bunda dog'chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o'rnini o'zgartiradilar. Mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo’lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo'yqalamni qog'ozga botirib olishdan hosil bo'ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so'ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi.
Nuqta hosil qilish mo'yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo'yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo'lishi kerak, chunki mo'yqalam qog'ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang'ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo'lgan qo'lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.
• Nuqta hosil qilish mo'yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo'yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo'lishi kerak, chunki mo'yqalam qog'ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang'ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo'lgan qo'lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.
• Almashinuv - kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o'zaro moslashuviga asoslanadi. O'rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementning shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo'ladi.
• Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish hisobidan hosil bo'ladi. Nuqtalar chizish va mo'yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o'rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruhlarda tasvirlashni o'rganganlar.
• Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o'zgaradi: ular ancha kichik hajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga hajmi jixatdan mos bo'lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog'liq emas, bu albatta bola uchun tasviriy jarayonni murakkablashtiradi. Bolalar yana naqshni faqat bir chiziqda emas, balki to'rtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o'rganadilar.
Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.
• Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.
• Bu quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:
• aylana, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo'llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish;
• rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o'rgatish; .
• naqshning oddiy elementlarini chizishga o'rgatish;
• mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish (qog'ozda yengil yurg'izish, tochkalar qo'yish, chiziqlar chizayotgan¬- da mo'yqalamning butun usti bilan chizish).
• Avval bolalar mo'yqalam bilan to'g'ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo'yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o'rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o'rganadilar.
Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
• Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha xalq dekorativ naqshlari turli ko'rinishlarining ahamiyatini ko'raolishni o'rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;
• qalam va bo'yoqlar bilan chizish texnik ko'nikmalarini takomillashtirish.
• Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to'g'ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo'lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar - to'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar - vazalar, ko'za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo'lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to'g'ri geometrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan, ko'zacha bo'ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari, simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o'ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko'zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko'zgusimon aksda naqshning qismlari o'z o'rnini o'zgartiradi. Undan so'ng bolalar to'rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shaxmat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to'ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo'g'irchoqning ko'ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida bo'lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo'ylab tarqalishi mumkin.
Yüklə 99,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə