Mavzu: Bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtirish. Reja



Yüklə 19,54 Kb.
səhifə4/6
tarix18.04.2022
ölçüsü19,54 Kb.
#85596
1   2   3   4   5   6
Bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtirish

Mushukni kuzatish rejasi:

Mushukni kuzatish davrida bolalar e’tiborini uning tashqi ko’rinishiga jalb qilih kerak: boshida ko’zi, dukkaygan qulog’i, basharasida mo’ylovi, yungi mayin, mushuk sutni qanday ichishini ko’rish. U qanday o’ynaydi? (qog’ozni ipga boylab mushukning oldiga sudrash) . Bolalar bog’chasi oldida yuqorida ko’rsatilgan hayvonlar bo’lmasligi mumkin, u vaqtda dastlabki tanishtirish uchun o’yinchoq hayvonlardan yoki rasmdan foydalanish mumkin.


O’rta guruh.

Dastur mazmuni:

Dastur bo’yicha bolalar kuchuk, sigir, ot, tovuq va o’rdaklarning ba’zi tashqi ko’rinishlarini, nima eyishlarini, qanday foyda keltirishlarini bilish talab qilinadi. Bolalarni mayda uy hayvonlarini boqishga o’rgatish kerak.

Bolalar rasmlarga qarab ayiq, tulki, bo’ri, quyon va tipratikanlarni topishlari, nomini aytishlari va qayerda yashashlarini ayta bilishlari kerak.

Mashg’ulotlarning bir yillik taxminiy soni:

Bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtirishda quyidagicha mashg’ulotlar o’tkaziladi:


  1. Mushukni kuzatish;

  2. Sigirni o’tloqda kuzatish;

  3. Cho’chqa va bolalari bilan rasmini ko’rish;

  4. O’rdaklar va g’ozlar rasmini ko’rish;

  5. Kuchuk va bolalari bilan rasmi haqida suhbat;

  6. O’rdak va g’ozlarni hovuzda ko’rish;

  7. Sigir va buzoqlar rasmi haqida suhbat;

  8. Ot va toylari bilan rasmi haqida suhbat;

  9. Bolalarning mushuk va bolalari bilan rasmi haqida hikoyalari;

  10. 10.Tovuqlar rasmi haqida hikoyalar.



Yüklə 19,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə