Mavzu: Borland C++ Builderning grafik vositalari



Yüklə 303,78 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü303,78 Kb.
#152059
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-Borland С Builderda grafik tasvirlar yaratish

Palitraga xizmat ko’rsatish. Foydalanuvchilik interfeysining ko’pchilik elementlari biron- bir palitraga muhtojlik sezmaydi. Biroq, grafik tasvirlarga ega komponentalarga, komponentalar ma’lumotlarini tegishli tarzda aks ettirish uchun, Windows hamda uning ekran drayveri bilan o’zaro aloqaga kirishish zarur bo’lib qolishi mumkin. Windows operatsiya tizimiga oid hujjatlarda bu jarayon palitralarni ishga tushirish (palett realizing) deb ataladi. Palitrani ishga tushirish operatsiyasining vazifasi shundan iboratki, u eng ustki (ekranda sizga nisbatan eng yaqin turgan) faol darcha to’liq rang palitrasidan foydalanishini, fon darchalari esa o’z palitralarining qolgan ranglaridan maksimal darajada foydalanishlarini ta’minlashi kerak. Bu degani, fon darchalari o’z ranglarini «real» palitradagi erishish mumkin bo’lgan eng yaqin ranglarga o’zgartira olishlari kerak. Darchalar bir-birini qisman yopib joy almashar ekan, Windows ham muttasil darcha palitralarini ishga solib boradi.
Mulohaza. C++ Builder bit obrazlari palitralaridan boshqa palitralarni yaratish va ularga xizmat ko’rsatish uchun mustaqil vositalarga ega emas. Biroq, agar siz biron-bir palitraning deskriptorini olgan bo’lsangiz, grafik komponentalar ular bilan ishlay oladi.
Displey yoki printer turidagi qurilmalar bilan ishlashda C++ Builder komponentalari avtomatik tarzda palitralarni ishga tushirish mexanizmini qo’llab-quvatlaydi. Shunday qilib, siz TControl tayanch (bazaviy) komponentli sinfdan meros qilib olingan ikkita GetPalette va PaletteShanged metodlaridan foydalanishingiz mumkin. Bunda Windows bu palitraga qaynday munosbatda bo’lsa, siz ham uni xuddi shunday ishlata olasiz:
Palitraning komponenta bilan aloqasi. Agar grafik komponenta uchun biron-bir palitradan foydalanish zarurati tug’ilgan bo’lsa, sizning ilovangiz bu xaqda xabardor bo’lishi kerak. Palitrani komponentangizga o’xshatish uchun, uning GetPalette ob’ektli metodini shunday ortiqcha yuklatingki, u ushbu palitra deskriptori (handle)ni qaytarsin. Shuning bilan birga siz, birinchidan, komponentangizning ma’lum bir palitrasi ishga tushishi lozimligini ilovangizga ma’lum qilasiz, ikkinchidan, ishga tushishda qaysi palitra konkret qo’llanishi kerakligini aniqlaysiz.

Yüklə 303,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə