Mavzu: Borliq falsafaning fundamental katogoriyasi



Yüklə 58,29 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü58,29 Kb.
#141422
falsafa

Mavzu:Borliq falsafaning fundamental katogoriyasi

Reja:

1.Borliq tushunchasi va uning mohiyati.

2. Falsafa tarixida borliq muammosi. Harakat - materiyaning yashash sharti.

3. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.


Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqidagi tasawurlar ham bolmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon boladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavhum tushuncha, ya’ni abstraksiyadir. Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi. Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vujudga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bolgan.
G‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishiga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi muhim bolimini ifodalay boshladi. «Borliq tushunchasi»1. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtayi nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan boglab tushuntirishadi. Ularning nuqtayi nazarlaricha, borliq — obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi
Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy Borliq muammosini falsafiy  anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan,«Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – «Upanishada»larda yaxlit ma’naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avvalo, tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo
Yüklə 58,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə