Mavzu: Borliq va tabiat falsafasi



Yüklə 335,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix31.12.2021
ölçüsü335,8 Kb.
#81628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
borliq va tabiat falsafasi

 

 

Borliqning moddiy shaidi materiya 

o'ziga barcha jismlarni, 

hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. 

Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo'lgan barcha 

aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy 

tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning 




bir yo'nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni 

axtarish yo'li bo'lib, yuqorida qayd etganimizdek, substantsiyani aniqlash 

yo'lidir. Ikkinchi yo'l esa — moddiy olamning asosiy tancibiga kiruvchi 

«qurilish elementlarini»-  substratni axtarish yo'li. Uchinchi yo'l — 

hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh  sababchisini,   ota moddani,   

ya'ni pramateriyani  axtarish   yo'li. Mana  shu   yo'l   haqida  maxsus  

to'xtab o'taylik. 

 

Olamning substantsiyasini axtarishning bu usuli go'yoici meva 



iste'mol qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab daraxtga, 

so'ngra uning guliga, bargiga, ko'chatiga va urug'iga nazar solganidek, 

atrofimizdagi moddiy olamning o'zagida dastlabki yaratuvchi modda 

sifatida nima yotishini, ya'ni ihc materiyani, azaliy materiyaning 

«bobokolonini», «pramateriyani» axtarish usulidir. 

 

Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish 



falsafada materiya haqidagi tasawurlarning maydonga kelishiga va 

rivojlanishiga sababchi bo'ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga 

nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham 

umumiyroq bo'lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy 

ob'ektlarni, butun ob'ektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy 

tushunchadir. Faylasuflar «tom ma'nodagi materiyafaqat fncrning 

maxsuli va abstraktsiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy 

ob'ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun 

qo'llaydigan tushuncha materiyadeb ataladi. Demak, materiya moddiy 

ob'ektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir. Albatta 

bu ta'riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushunmaslix lozim. Bu 

ta'riflarda ko'proq sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi mumidn 

bo'lgan reallik nazarda tutilgan. 



 

XX asrning o'rtalariga kelib, Kvant mexaniKasi, nisbiylik 

nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar 

kishilarning ob'eKtiv olam haicidagi tasavvurlarini tubdan o'zgartirib 

yubordi.Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta'sir 

etishining imkoni bo'lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqotlar olib 

bora boshladi.

 

 



   

Olamning klassik mexanika nuqtai nazaridan kelib 

chiqib, nisbatan kichiKk tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi 

ilmiy manzarasi o'rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu 

esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit 

tug'dirdi. Bu o'zgarishlarni hisobga olib, marksist-faylasuflar bu ta'rifga 

sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya'ni turli asboblar; qurilmalar 

vositasida) ta'sir etuvchi, degan qo'shimcha kiritishdi. Shunday qilib, bu 

ta'rif go'yo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini, ya'ni 

modda va antimodda ko'rinishlarini qamrab oluvchi ta'rifga aylandi. 

 

Materialistlar materiyani ob'ektiv 



геаllik deb ta'riflashadi. Ob'ektiv 

геаlliк  inson sezgilariga bogiiq bo'lmagan holda, undan tashqarida 

mavjud bo'lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub'ektiv reallikdan 

tashqaridagi qismi hisoblanadi. Ob'ektiv realigning mavjudligi qariday 

namoyon bo'ladi? Bu savolga javob topishda, borliqning ajralmas 

xususiyatlarini o'rganishga to'g'ri keladi. Har qanday jismning ajralmas 

xususiyati lotincha «atribut» so'zi bilan ataladi. 


Yüklə 335,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə