Mavzu: Bosh bo'laklar. Ega va kesim, ularning ifodalanishi. Ega va kesim orasida trening qo'llanishi Reja



Yüklə 13,47 Kb.
səhifə3/5
tarix31.12.2021
ölçüsü13,47 Kb.
#82240
1   2   3   4   5
Mavzu Bosh bo'l

Sodda kesim va murakkab kesim

Kesimlar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Birgina so’z bilan ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy- she'riyat quyoshi.

Ikki va undan ortiq so’z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo’ldi.

Murakkab kesim tarkibidagi so’zlardan biri yordamchi so’zlar (ko’makchi fe’l, bog’lama, nisbiy so’zlar)dan bo’lishi mumkin. Murakkab ot-kesimlarning tuzilishi Murakkab ot-kesimlar ot (keng ma'noda) + bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fei yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shiluvdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma'no otdan anglashiladi, ko’makchi yoki to’liqsiz fei qo’shimcha ma'no bildiradi va kesimning ega bilan bog’lanishini ta'minlaydi.

Kesim bilan egani bog’lashda xizmat qiluvchi bunday so’zlar bog’lama deyiladi. Bular asl mustaqil ma'nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya'ni mayl, zamon, shaxs-son ma'nolarini ifodalashdan iborat.

Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l-, qil-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir.

Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.

Misollar:

1. O’sha kuni sovuq qattiq edi.

2. Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi.

3. Men kutib olishim kerak.

4. Akam talaba bo’ldi.

5. Fikrlar o’zingniki bo’lsin.

6. So’zga chiqishing shart.

7. Qo’shni xona doimo ozoda bo’ladi.

8. Hammasini aytib berishing darkor.




Yüklə 13,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə