Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish mundarija



Yüklə 4,93 Mb.
səhifə1/11
tarix22.04.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#106666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1



Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va ratsionni taxlil qilish

MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………………..…....3

1§ Qо‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlari. ………..…………………….…......5


1.1. “Aqchasoy” tipiga mansub naslli qо‘chqor va qoylar ratsion tuzish…….……....5 1.2. Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri va qо‘zilatish tadbirlari……………….…....….10

1.3. Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish……………………………………………..…19

2§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar ….….…..…….….…....26


2.1. О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari ……..……………….26
2.2. Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari ….………………..…32
2.3. Oddiy qo‘ylar uchun ratsion tuzish ………………………………………………36
Xulosa…………………………………………………………………………...............39
Foydanilgan adabiyotlar ………………………………………………........40




























Kirish
Chorvachilik sohasida qо‘ychilik asosiy о‘rin tutadi va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan gо‘shtning asosiy qismi shu tarmoqqa tо‘g‘ri keladi, shu bois bu qо‘ychilikni ilmiy asosda rivojlantirish, mahaliy sharoitga mos zotdor qо‘ylarni tanlash, meyor darajasida parvarishlash, tо‘la qiymatli oziqlantirish hamda naslchilik ishlarini yanada yaxshilash muhim va dolzarb vazifalardan biri bо‘lib hisoblanadi.
Qо‘ylarning kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, chorva hayvonlari ichida eng birinchi qо‘lga о‘rgatilgan jonzotlardan biridir. Qо‘ylar ibtidoiy jamoa davridagi qо‘lga о‘rgatilgan eng qadimiy hayvonlar bо‘lib, bu eramizdan avvalgi 6-8 ming yillarga tо‘g‘ri keladi.
Yer yuzining barcha xalqlari ayniqsa – О‘rta va Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropa va Shimoliy Afrikada birinchilardan bо‘lib qо‘ylardan uy hayvoni sifatida foydalanishgan. Buni О‘zbekistondagi Sarmishsoy, Qozog‘istondagi Qizil-Qara, Oltoy о‘lkasidagi Yalang‘och va boshqa hududlardagi qadimgi toshlarga о‘yilgan qо‘ylar timsolida misol qilib keltirish mumkin.
Dunyoda qо‘ylarning 600 ga yaqin zotlari mavjud. Osiyo davlatlarida (Rossiyadan tashqari) kо‘proq dag‘al junli zotlar keng tarqalgan, Afrika qit’asida asosan junsiz va dag‘al junli qо‘ylar, Yevropada yarim mayin junli va dag‘al junli, Amerikada mayin junli va yarim mayin junli qо‘ylar, Avstraliya qit’asida mayin va yarim mayin junli qо‘ylar urchitib, kо‘paytirilmoqda.
Ma‘lumki chorvachilikda qaysiki (sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun ketadigan barcha harajatlarni hisoblaganda ularning 60% ga yaqin qismini ozuqa harajati tashkil etishi o‘tkazilgan ilmiy tajribalarda isbotlangan.
Xalqimiz tomonidan donishmandlarcha aytilgan bir maqolda shunday bitiklar mavjud. “Sigirning suti tilida” deydi dono xalqimiz, bu maqol bejizga aytilmagan bo‘lsa kerak albatta. Chorvachilik sohasida o‘tkazilgan ilmiy tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki bir loktatsiya davrida (300-305) kun davomida 4000-6000 kg gacha sut beradigan sog`in sigir o‘zining suti bilan 144-220 kg gacha oqsil, 150-300 kg yog‘, 200-300 kg gacha laktoza (sut qanti), 6-9 kg kalsiy, 5-7 kg fosfor ajratar ekan yoki bir yilda 7000 kg sut beradigan sog‘in sigirning suti tarkibidagi to‘yimli moddalar go‘shtni qayta ishlash korxonalarida nimtalarga ajratilgan har birining tirik vazni 544 kg bo‘lgan 8 dona buqaning go‘shtiga yoki tirik vazni 90 kg bo‘lgan 28 dona cho‘chqaning go‘shtiga teng kelar ekan. Ushbu sut tarkibidagi to‘yimli oqsillar voyaga yetgan bir insonning oqsilga bolgan talabini 10 yilga, kalsiyga bo‘lgan talabini 30 yilga, fosforga bo‘lgan talabini 25 yilga riboflavinga bo‘lgan talabini 18 yilga, energiyaga bo‘lgan talabini 5 yilga qanoatlantirar ekan.
O‘zingiz tassovur qilib ko‘ring xalqimiz tomonidan donolarcha aytilgan ushbu maqolning mazmuni naqadar teran va chuqur ma’noga ega ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz albatta. Sigir organizimidan ajratilgan ushbu to‘yimli moddalar faqatgina ularni to‘liq qiymatli ratsion asosida oziqlantirilgandagina sigir organizimiga qaytariladi. Uning sog‘ligi va fiziologik holatini me’yor talablari darajasida ushlab turishga va siz va biz iste’mol qiladigan eng to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun chorva hayvonlarini oziqlantirishda foydalaniladigan ozuqalar, ularning klasifikatsiyasi to‘yimliligini baholash, hazmlanishi, tayyorlash texnologiyasini o‘rganish muhum ahamiyatga ega. Uslubiy ko‘rsatmada chorva hayvonlarini to‘la qiymatli oziqlantirish ularga me’yor talablari darajasiga to‘liq javob beradigan ratsion tuzish, analiz qilish va oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabini to‘liq qondiradigan ularning fiziologik holatiga zarar yetkazmaydigan ovqat hazm qilish organlariga (OXQO) mos keladigan turli xil yo‘llar bilan kimyoviy hamda mikrobiologik usulda olinadigan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘simliklar va hayvonot dunyosidan kelib chiqqan mahsulotlarga aytiladi. Chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘laroq qondirishda mustahkam yem-xashak zaxirasini yaratish chorvador fermerlar uchun nihoyatda muhim vazifa sanaladi. Bundan tashqari hozirgi kunda qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda kimyo, biokimyo va farmosevtika sanoatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan har xil ozuqaviy qo‘shimchalar, sintetik priparatlar, vitaminlar, fermentlar, gormonlardan ham chorva hayvonlarining sog‘ligini saqlash oziqlantirish, mahsuldorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə