Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari



Yüklə 241,44 Kb.
səhifə1/21
tarix14.02.2023
ölçüsü241,44 Kb.
#100790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
diplom ishi


MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA KASSA VA KASSA OPERATSIYALARI

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Kassa va kassa operatsiyalari mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuncha

    2. Kassa va kassa operatsiyalarini hujjatlashtirish

    3. Kassa va kassa operatsiyalarining sintetik hisobi

    4. Buxgalteriya schotini aks ettirish

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar singari byudjet ijrosi tizimida ham qator istiqbolli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan Davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli sarflanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari orqali byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda kassa ijrosi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari barcha mablag‘lari g‘aznachilikka qamrab olinib daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi ta’minlanmoqda. Bu o‘z navbatida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, mablag‘larni iqtisod qilishga xizmat qilib byudjet taqchiligini oldini olishni ta’minlamoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan hamda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamonga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan g’oyat ahamiyatlidir. Xususan, davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek, davlat moliyasini boshqarishda “...iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir”1.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi byudjet tizimida ham islohotlar amalga oshirilib davlat byudjeti ijrosining mustahkam va xalqaro standartlarga mos keluvchi, milliy xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan normativ-huquqiy asoslari shakllantirildi. Xususan, 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan ro’yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” amaliyotga joriy qilindi. Hozirda byudjet tashkilotlarida ushbu qoidalar talablari asosida kassa ishlari tashkil qilinadi, kassa muomalalari ham ushbu qoidalar asosida hujjatlashtiriladi va hisobga olinadi. “Tor ma’noda “g’azna” pul tushadigan va aniq maqsadlar uchun to’lov o’tkaziladigan, ya’ni mas’ul mansabdor shaxslar pulni saqlaydigan joy degan tushunchani anglatadi”2. O’z navbatida bozor iqtisodiyotining eng muhim talabalaridan biri doimiy ravishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, xalqaro integratsiyalashuvni ta’minlash uchun iqtisodiy qonunchilik o’zgarib boradi.
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirish borasida dastlab “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonun, “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonun qabul qiligan bo’lsa, ushbu qonunlar o`z kuchini yo`otgan ayni damda “Byudjet kodeksi” ishlab chiqildi va 2013 yildan boshlab amaliyotga joriy qilindi. Qolaversa iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan izchil va samarali islohotlar natijasi sifatida yaqinda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ning 13-bandiga o’zgartirish kiritildi. Hujjat O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi. Qarorga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ning 13-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda: ya’ni, “Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir shtampi bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushirilgan chipta pul topshirgan shaxsga beriladi”3- deb bayon etilishi belgilandi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari Davlat sektori uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida, milliy iqtisodiyotimiz uchun Davlat sektori uchun byudjet hisobining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda hamda yaqin kelajakda (2020 yildan boshlab) amaliyotga joriy etilishi rejalanmoqda.
Qonunchilikning doimiy ravishda yanada mustahkamlanib borilishi, Byudjet tashkilotlarida hisob ishlarini tashkil etishda o`z navbatida xato va kamchiliklarni chetlab o`tishda dasturilamal bo`lib hizmat qiladi. Xususan, Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishda ham. Davlat sektorining ajralmas bo`g`ini hisoblangan Byudjet tashkilotlari naqd pulsiz hisob-kitob qilish bilan birga naqd pul bilan ham ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Naqd pulli jarayonlarga xodimlarga ish haqi berish, hisobdor shaxslarga bo’naklar, mukofotlar ajratish va boshqalar kiradi. Muassasalarda naqd pul bilan bo’ladigan jarayonlarga kassa jarayonlari deyiladi. Zero, “Barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o’zlarining pul mablag’larini bank muassasalarida saqlanishlari shart”4 Byudjet tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Yuqorida ta`kidlangan fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, normativ-huquqiy bazaning yangilanishi yuzasidan buxgalteriya hisobi borasida ya’ni, Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil qilish va yuritishni ham muntazam ravishda o’rganib va xalqaro me`yor talablari asosida takomillashtirib borish talab etiladi. Shu jihatdan mazkur tanlangan magistrlik dissertatsiya ishi mavzusini yoritish hamda tadqiqot mavzusi bo`yicha ilmiy asoslangan taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 241,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə