Mavzu: Chiziqli algebra



Yüklə 63,53 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü63,53 Kb.
#107682
bwqdiuqbiquxbquiuo

Mavzu: Chiziqli algebra

Chiziqli algebra — mat.ning chiziqli fazolar va ularning chizikli akslantirishlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Chiziqli algebraning rivojlanishi 19-asrda chiziqli tenglamalarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi bilan boshlandi. Chizikli tenglamalarni oʻrganish jarayonida qoʻllana boshlagan aniqlovchi (determinant) vektorlar, matritsalar kabi tushunchalar mat.da oʻzaro qoʻshish va skalyarga koʻpaytirish mumkin boʻlgan obʼyektlar alohida oʻrin tutishini anglashga, ularni boshqa konkret xossalaridan ajralgan hodda oʻrganishga olib keldi. 19-asr oxirida ikkinchi tartibli sirtlarning tenglamalarini kanonik (eng sodda) koʻrinishga keltirish masalasi Chiziqli algebra masalasidan iborat ekanligi aniklangach, Chiziqli algebra koʻp oʻlchovli fazo analitik geometriyasi bilan qoʻshilib ketdi va chizikli, bichizikli, kvadratik formalar, chizikli almashtirish va akslantirish, Yevklid fazosi, proyektiv fazo tushunchalari bilan boyidi.

Differensial geom. va mexanika ehtiyoji bilan Chiziqli algebra da vektorlarni umumlashtiruvchi tenzorlar, chiziqli va bichizikli formalarni umumlashtiruvchi yarimchizikli forma tushunchalari kiritildi. Chiziqli algebraning tenzorlar algebrasi, yarimchiziqli algebra kabi boʻlimlari vujudga keldi.

Yaxshiboyev M.U., Narzullayev U.X. Chiziqli algebra. O‘quv-uslubiy majmua Samarqand: SamDU nashri, 2021 – 220 bet. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Oliy matematika» fanining keng va muxim bo’limlaridan biri bo’lgan chiziqli algebra bag’ishlangan bo’lib. O‘quv-uslubiy majmua mavzularning nazariy qismi, uni mustahkamlash uchun o’z-o’zini tekshirish savollari, amaliy mashg’ulotlar uchun misol va masalalar, testlar va mustaqil bajarish uchun yozma ishlar materiallari berilgan. Hozirgi vaqtda amaliyotda bir necha yaxshi matematik dasturlar (Mathcad, Maplye, Mathematica, Mathlab va h.k.) matematik masalalarni kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib yechishda samarali natijalar bermoqda. Shu an’anadan chetda qolmaslik uchun, qo’llanmada ba’zi bo’limlar bo’yicha misol va masalalar yechishda «Maplye» tizimining qo’llanilishi va uning qulayliklari namoyish etilgan. Taqrizchilar: f.-m.f.n,dos. A. G’oziyev f.-m.f.n,dos. S.R Muxiddinov

  • Yaxshiboyev M.U., Narzullayev U.X. Chiziqli algebra. O‘quv-uslubiy majmua Samarqand: SamDU nashri, 2021 – 220 bet. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Oliy matematika» fanining keng va muxim bo’limlaridan biri bo’lgan chiziqli algebra bag’ishlangan bo’lib. O‘quv-uslubiy majmua mavzularning nazariy qismi, uni mustahkamlash uchun o’z-o’zini tekshirish savollari, amaliy mashg’ulotlar uchun misol va masalalar, testlar va mustaqil bajarish uchun yozma ishlar materiallari berilgan. Hozirgi vaqtda amaliyotda bir necha yaxshi matematik dasturlar (Mathcad, Maplye, Mathematica, Mathlab va h.k.) matematik masalalarni kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib yechishda samarali natijalar bermoqda. Shu an’anadan chetda qolmaslik uchun, qo’llanmada ba’zi bo’limlar bo’yicha misol va masalalar yechishda «Maplye» tizimining qo’llanilishi va uning qulayliklari namoyish etilgan. Taqrizchilar: f.-m.f.n,dos. A. G’oziyev f.-m.f.n,dos. S.R Muxiddinov

Yüklə 63,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə