Mavzu: Chizmatasvirda umumiy tus munosabatlarini ko’ra bilish



Yüklə 5,03 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü5,03 Kb.
#180585
12.Chizmatasvirda umumiy tus munosabatlarini ko’ra bilish


Mavzu: Chizmatasvirda umumiy tus munosabatlarini ko’ra bilish
Moybo‘yoq mato yuzasiga oq rang aralashtirmasdan yupqa qatlam tarzida surtiladi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, tasvirlash jarayonida iloji boricha asosiy rang munosabatlarida ishlash zarur.

Suyuq bo‘yoqlar bilan podmalyovka ishlashning o‘zidayoq naturaning asosiy bo‘laklari orasidagi asosiy rang munosabatlari: badanning yalang‘och qismlari, kiyimda, sochlari hamda fon buyumlarni o‘rab turgan holati aniq topilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ishning dastlabki bosqichidayoq naturaning umumiy yoruglik tusini to‘g‘ri aniqlashga erishish zarur. Uning umumiy yorug‘lik kuchini kuchaytirib xam yubormaslik kerak. Boshning umumiy tus holatini juda yorqin ranglarda ishlash mumkin emas, aks holda natura matodan chiqib ketayotgandek bo‘lishi mumkin. Boshning umumiy rangini aniqlash uchun uni yuz rangiga keladigan predmetlar - qizil, siyoxrang, sariq va boshqalar bilan taqqoslash foydalidir.



Ishni boshidanok naturaning tus va rang munosabatlari to‘g‘ri va aniq topilishi uchun, uni eng to‘q qismidan yorug‘lik kuchini aniqlab tasvirlash maqsadga muvofiqsir. Insonning yuz va badandagi soyalari juda yorqin bo‘lib, jonli rangni umuman yashirmaydi. Yarim yorug’ joylarni soya qismlari bilan taqqoslab, navbatdagi tuslarni aniqlab boramiz.


Inson boshi - bu yuzning chiziqlari emas, balki xajmli shakl bo‘lib, juda mayda xajmlardan tashkil topgan. Yuzning har bir shakl bo‘laklari tekislikni tashkil etib, yorug’lik manbaiga nisbatan turli burilishlarda bo‘ladi. Bo‘laklarni yozar ekanmiz xar doim umumiy mayda bo‘laklarga, mo‘ykalamning har bir xarakati ongli ravishda shakllarni yasashi, ya’ni detalning anatomik qurilishini xisobga olib, P. Chistyakovning ta’biri bilan aytganda «har bir surtmada muskul, suyak sezilishi kerak». Tananing alohida muskul qismlarini tasvirlar ekanmiz, ulardagi katta shakl yaxlitligining o‘zaro aloqadorligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə