Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə2/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mavzu

1) individual

2) sinf-dars

3) leksiya-amaliy tizimi.

Qadim zamonlarda mavjud boʻlgan oʻqitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Oʻqishni tashkil etishning individual shakli antik davr va oʻrta asrlarda yagona usul boʻlgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta’lim tizimi ibtidoiy jamoa tuzumida bir odam boshqasiga, kattalar yoshlarga oʻz tajribasini oʻrgatishi asosida paydo boʻlgan. Yozuv paydo boʻlishi bilan oʻrgatuvchi ular bilan shug‘ullanib, oʻz fikrlarini belgilar vositasida ifodalagan. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi va ta’lim oluvchilar guruhining oʻsishi individal ta’limi tizimini individual guruhiy ta’lim tizimiga aylantirgan. Bunda oʻqituvchi 10-15 ta oʻquvchini individual oʻqitgan. Dastlab oʻqituvchi materialni bittasiga bayon etgan. Unga mustaqil ishlash uchun topshiriqni bergan va xuddi shunday davom etgan.

17-asrdan boshlab individual oʻqitish shaklining ahamiyati pasayib, uning oʻrnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.

Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U Gʻarbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning gʻarbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qoʻllanilgan va u sinf-dars shaklining asosi boʻlib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga oʻquv yili, oʻquv kuni, dars, mashgʻulotlar orasidagi tanaffus, oʻquv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.



Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan boʻlsada, bugungi kunda ham keng koʻlamda qoʻllanilib kelinmoqda.



    1. asrda Ya.A.Komenskiy tomonidan sinf-dars tizimi ishlab chiqildi. Komenskiy oʻz zamonasining taraqqiyparvar maktablari tajribasini umumlashtirib, sinf-dars tizimini nazariy asoslab berdi. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:

    • oʻquvchilar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga koʻra sinflarga guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;

    • oʻquv predmetining mazmuni va bir qator boʻlim va mavzular esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval boʻyicha keladilar; - darslar tanaffuslar bilan olib boriladi.

    • dars metodik jihatdan 3 tarkibiy qismdan iborat boʻlishi kerak: boshlanish (oʻqituvchi savollar yordamida avval oʻrganilganlarni oʻquvchilarning xotirasida tiklaydi va oʻtilganlarni qisqa bayon etadi), davomiylik (oʻqituvchi yangi mavzuni tushuntiradi), yakun (oxirida oʻquvchilar eshitganlarini mustahkamlaydilar va mashqlar bajaradilar).


Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə