Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari


Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov)



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə25/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
mavzu

Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov):

Oʻrgаtish mеtоdlаri

Oʻrgаnish mеtоdlаri

Ахbоriy-mа’lumоtli

Ijrо etish (bаjаrish)

Tushuntirishli

Rеprоduktiv

Koʻrgаzmаli-аmаliy

Ijоdiy-аmаliy

Tushuntirishli-undоvchi

Qismаn izlаnishli

Undоvchi

Izlаnishli



Yaxlit yondashuv boʻyicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):

  • Bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

  • Oʻquv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

  • Oʻquv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va ragʻbatlantirish metodlari.

  • Oʻquv-bilish faoliyatini nazorat va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari.

Interfaol metodlar va grafik organayzerlar:

Oʻrgаnilаyotgаnlаrini oʻzlаshtirishgа dа’vаt qilish

mеtоdlаri

Yangi mаtеriаlni аnglаsh mеtоdlаri

Oʻrgаnilgаnlаrini fikrlаshgа imkоn bеruvchi

mеtоdlаr

Erkin yozish

Klаstеr


Аqliy hujum

B-B-B chizmаsi

Chаlkаshtirilgаn mаntiqiy zаnjirlаr kеtmа-kеtligi

Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili



Sеmаntik хususiyatlаr tаhlili

B-B-B chizmаsi

Oʻqitish boʻyichа qoʻllаnmа

Bir-birigа oʻrgаtish

Bir-biridаn soʻrаsh

Ikki qismli kundаliklаr



Eng аsоsiy tushunchаlаr

Tаkrоrlаsh

T-chizmа

Kоnsеptuаl jаdvаl

Vеnn diаgrаmmаsi Nilufаr guli

Bеsh minutlik essе

Oʻn minutlik essе




Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qoʻllanilayotgan metodlar samaradorligiga bogʻliq boʻlib, u ta’lim nazariyasida asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.

Ta’lim metodlarining asosiy funksiyalari nimalardan iborat? Ta’lim metodlarining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) ragʻbatlantirish;

2) rivojlantirish;


  1. tashkil etish;

  2. oʻqitish;

  3. tarbiyalash.

Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:

  1. Didaktik maqsad asosida;

  2. Ta’lim mazmuni asosida;

  3. Oʻquvchilarning oʻquv koʻnikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;

  4. Oʻqituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.

Suhbat metodi qanday metod sanaladi? Suhbat metodi savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi sanaladi.

Suhbatning qanday turlari mavjud?

Suhbat quyidagi turlari mavjud:



  1. kirish suhbati (oʻquv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad hal etilishi zarur boʻlgan ishlar mohiyatining oʻquvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib koʻrishdan iborat);

  2. yakuniy suhbat (oʻquvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);

  3. Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat (oʻquvchilarning boshlangʻich bilim darajasi, ularning yangi mavzuni oʻzlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki soʻnggida qoʻllaniladi);

  4. evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yoʻnaltiriladi; unga koʻra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish laqyoati yuzaga keladi);

  5. tushuntirish (oʻquv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish boʻlib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng qoʻllaniladi; tushuntirish chogʻida oʻquv materialining qiyin oʻrinlariga urgʻu berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi oʻqituvchining koʻrgazmali vositalardan foydalanishiga koʻp jihatdan bogʻliq).

Ma’ruza metodi qanday metod? Ma’ruza yirik hajmdagi oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilish metodi sanalib, u qat’iy mantiqiy izchillik, ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning koʻpligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etadi.

Tasvirlash (illyustratsiya) metodi nima? Tasvirlash metodi narsa, hodisa, jarayonlarni ularning ramziy koʻrinishlari – chizma, portret, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida koʻrsatish degani.

Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qoʻllaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.

Didaktik vositalar deganda, oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi.

Ta’lim vositalari oʻzida oʻquv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur boʻlgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi.

Biroq agar metodlar «qanday oʻqitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani oʻqitish» savoliga javob beradi.



Grafikli organayzerlar (Grafikli tashkil etuvchilar) – fikriy jarayonlarni koʻrgazmali taqdim etish vositasi.

  1. Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy boʻlib chiqish, oʻrganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) oʻrtasidagi aloqa va oʻzaro bogʻliqlikni oʻrnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.

  2. Ma’lumotlarni tahlil kilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari: T-jadvali, Venn diagrammasi.

  3. Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: «Nima uchun?», «Baliq skeleti», «Piramida», «Nilufar guli» sxemalari, «Qanday?» ierarxik diagrammasi, «Kaskad» tarkibiy-mantiqiy sxema.

Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, boʻlim boʻyicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.
MAVZU BOʻYICHA OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:

  1. Ta’lim metodlari nimalarni anglatadi va uning ta’lim jarayonidagi oʻrni qanday?

  2. Ta’lim metodlari va vositalari oʻrtasidagi uygʻunlik nimalardan namoyon boʻladi?

  3. Ta’lim metodlarini faolllashtirishda asosan qanday jarayonlarga e’tibor beriladi?

MAVZU BOʻYICHA TOPSHIRIQLAR:

  1. Ta’lim berishning texnik vositalari, yordamchi ta’lim vositalar, oʻquv-uslubiy materiallar nima uchun zarurligini tushuntiring.

  2. Ta’lim vositalarini tanlash nimaga bogʻliq ekanligini tushuntiring.

  3. Grafikli tashkillashtiruvchilarga: Insert jadvali, klaster, toifalash jadvali, B/B/B jadvali, SWOT - tahlil jadvali, “Nima uchun?”, “Baliq skileti”, “Pogʻona”, «Piramida», “Nilufar guli” chizmalari, “Qanday” diagrammasi xususiyatlarini aniq misollarda tushuntiring.

TEST

1. “Metod” – bu ...

  1. Metod – bu grekcha soʻzidan olinib uslub demakdir

  2. Metod – bu lotincha soʻzidan olinib usul axborotini uzatish demakdir

  3. Metod – yunoncha “yoʻl, yoʻriq”, usul orqali maqsadga erishish degan ma’noni bildiradi d) Hamma javoblar toʻgʻri



2. Pedagogikaga savol-javob “Evristik” suhbat metodini olib kelgan faylasuf olim kim?

a) Platon b) Suqrot c) Arastu d) Demokrit



3. Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini koʻrsating?

  1. Illyustratsiya, demonstratsiya

  2. Mashq qilish, laboratoriya va amaliy ishlar;

  3. Hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza;

  4. Test, algoritmlash, qisman izlanish, induktsiya.



4. “Takrorlash bilimning asosidir”. Ushbu ibora qaysi pedagogga tegishli?

a) Shakuriy b) Hamza

c) Komenskiy d) Ushinskiy

5. Koʻnikma va malakalarni shakllantirishda asosiy sanaluvchi metod bu - ?

a) Mashq b) Namoyish c) Muammoli d) Didaktik oʻyin



6. Ta’limning ogʻzaki metodlariga nimalar kirishini koʻrsating?

  1. Hikoya, ma’ruza, suhbat;

  2. Mashq, laboratoriya, amaliy ishlar;

  3. Laboratoriya ma’ruza;

  4. Anketa, test, ma’ruza.



7. Dars jarayonida nechta maqsad qoʻyiladi?

a) 3 b) 2



c) 4 d) 1


Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə