Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari


Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qoʻyilmoqda



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə7/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
mavzu

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qoʻyilmoqda:

  1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan toʻgʻriligi.

  2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.

  3. Oʻqitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.

  4. Mashgʻulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qoʻshib olib borish.

  5. Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.

  6. Darslarning oʻzaro uzviy va dialektik xususiyatga ega boʻlishiga erishish.

  7. Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.

  8. Darsda ta’lim oluvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.

  9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

  10. Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash Demak, ta’lim oluvchilarni bilim, koʻnikma va malaka bilan qurollantirishda mashgʻulotning asosiy qismini ishgʻol qilgan ta’lim shakli u yoki bu koʻrinishdagi dars turini tashkil etar ekan.



Dars – (maktabdagi) oʻquv ishining asosiy tashkiliy shakli boʻlib, unda oʻqituvchi aniq belgilangan dars doirasida oʻquvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval boʻyicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, oʻquv dasturiga oʻzi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.

Dars oʻquv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini:

leksiya, praktikum, laboratoriya mashg‘ulotlari, amaliy, konsultatsiya, uy vazifalari, qoʻshimcha mashg‘ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.

Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg‘ulotlar sanaladi. Ular oʻquvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: toʻgaraklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, koʻrgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar.




Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə