Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə9/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
mavzu

Darslarning turlari va tuzilishi. Dars – darslarning butun tizimidagi pogʻona boʻlib, ulardan har biri oʻzining ma’lum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa oʻqitish bosqichlaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha bosqichlarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha bosqichni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga koʻra turlicha strukturaga ega boʻlgan tiplarga boʻlinadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va oʻzaro bog‘lanishi boʻlib, ular oʻz vazifasi va oʻqituvchi bilan oʻquvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi.

Demak, yetakchi didaktik vazifa va strukturaga koʻra darslar quyidagi tiplarga boʻlinadi:



  • kombinatsion darslar (oʻqituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, nazorat qiladi);

  • yangi materialni oʻrganish darslari;

  • bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash darslari;

  • mashqlar va amaliy ishlar darslari;

  • umumlashtiruvchi-takrorlash darslari;

  • laboratoriya darslari;

  • oʻquvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari.

Bundan tashqari standart boʻlmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qoʻllaniladi:

  • amaliy-darslar;

  • konferensiya-darslar;

  • rolli oʻyinlar, integrallashgan darslar.


Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə