Oʻquv fanlari qanday guruhlarga ajratilgan?
Oʻquv fanlari ikki guruhga ajratilgan. Ular:
trivium (grammatika, ritorika, dialektika) fanlari;
kvadrivium (arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa) fanlaridir.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:
arxaik (ibtidoiy);
qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
avestit (Baqtiriya, Sugʻdiyona, Xorazmda – eramizdan avvalgi VII-VI asrlar);
yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avvalgi V-I asrlar);
oʻrta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
yangi (tushuntirish, tushuntirish-koʻrgazmali, dasturlashtirilgan, masofali oʻqitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, internetning xalqaro tarmogʻidan foydalanib oʻqitish va shu kabilar);
xorijiy.
Muntazam oʻqitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399) va ularning oʻquvchilari tomonidan keng qoʻllanilgan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda “Suqrotcha suhbat metodi” nomini olgan. Bu metodning mazmun-mohiyati quyidagicha boʻladi, ya’ni bunda eng avval oʻqituvchi oʻz oʻquvchisida qiziqish yoʻnalishini va bilishga intilishini uygʻotadigan savollardan foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida oʻquvchini voqea-hodisalarning mohiyatini idrok etishga undagan. Demak, “Suqrotcha suhbat metodi”da qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda oʻqituvchining mulohazasi koʻpincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan toʻldirib turilgan. “Suqrotcha suhbatlar” bir yoki bir necha oʻquvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |