Mavzu: dars, uning turlari va tuzilishi



Yüklə 93,35 Kb.
səhifə3/7
tarix25.01.2023
ölçüsü93,35 Kb.
#99206
1   2   3   4   5   6   7
UMIDA

1.2 Darsda yangi bilimni bayon qilish
Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardan iborat:

  1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

  2. O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.

  3. Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.

  4. O’quvchilarning bilim va malaka, ko’nikmalarini tekshirish va baholash darsi.

  5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birgalikda qo’llanilishi tushinilad)6.

Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor. Bu narsalar esa, o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushintirishga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning
o’zlashtirilishini nazorat qilib borishga yordam beradi. Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining elementlari bo’lishi mumkin. Masalan, o’quv yurtlarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Yangi bilimlarni bayon qilish. 2.Yangi bilimlarni mustahkamlash. 3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.
4.Yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalarini topshirish.

Demak, dars bishidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi . Balki, shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi - savol javob o’tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (uchinchi bir dars turi element - masala va misollar yechtirish, Grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish), uyga vazifa kabi ko’plab turlarini qo’llash mumkin.
5 Yo’ldashev Z. Usmonov A. “Pedagogik texnologiya asoslari“ Toshkent. O’qituvchi - 2004.
6 Zaripov K. “Yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bosqichlari “Xalq ta’limi - 1997. 4- son.

Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangidan - yangi bilimlarni berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shu o’tiladigan mavzuga moslashtiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb yuritiladi. Ma’lum bir dars turi bilan ish olib borilayotganda, boshqa bir dars elementlari asosiy dars turidan o’rin olishi va ayni paytda asosiy dars turning tuzilishini, uning qismlarini anglatadi . Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya’ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib boorish usuli ham o’zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, Aralash dars turning tuzilishi quydagicha:


1.Uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish. 2.Yangi materiallarni bayon qilish.

  1. Yangi materiallarni mustahkamlash.

  2. Uy vazifalarni topshirishni o’z ichiga oladi.

Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda

o’rgatishning eng

samarali

usullaridan

biri hisoblanadi. Ta’limning dars

shakli Turkistonda

uzoq

zamonlardan

buyon qo’llanilib kelingan .


Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining o’rni juda ham beqiyos bo’lgan7. Chunki, o’quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o’qiganligiga emas, balki o’tilgan darslarni qanchalik o’zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta’limning dars shakli bo’lganligi bilan mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil etish tajribasi bo’lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning o’rinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari ta’limiy chegaralar har bir o’qituvchining o’zi tomonidan belgilangan. Qadimda ta’lim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud bo’lgan. Dars ta’limining jamoa bo’lib amalga oshirilish tarzini ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’qitishni osonlashtiradi.
Ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo’shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. Darsda o’quv mashg’ulotlarining individual, guruh bo’lib va umumiy sinf shakllari birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta’lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalarni uyg’unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, o’quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qa’ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi, o’quvchilarni komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun.
Zamonaviy ta’lim tajribasida bir dars uchun albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta’lim muassasalarining tabiati, ta’limning bosqichlari va o’quvchining imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi.


Ta’lim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o’ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o’quv muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan8. Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni o’quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi qismlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblab kelingan. O’quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo’yilmagan va barcha uchun majburiy bo’lmagan turli xil yo’llarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi . Dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi bo’lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag’ishlash, ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Eng muhimi, o’tilayotgan mavzu o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilib, ularda ko’nikma paydo bo’lishi va bu ko’nikmalarni amaliyotda qo’llab, malakaga aylantira olishi kerak bo’ladi. Darsning tarkibi, darsni tasniflash ya’ni tipologiya bilan bog’liqdir. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o’tish yo’llariga, ta’lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko’ra tasnif qilinadi . Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo’llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo’linadi. Ta’lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko’p uchraydi . Darslarni turli sinflarda turli xil mashg’ulotlar, seminar, o’quv konfrensiyalari, turli bahaslar, muamoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonalarda darslarni olib borish va ishlash kabi ko’plab darslarni misol keltirishimiz mumkin9.



8 Ishmuhamedov R. “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari“ T - TDPU - 2003.

Yüklə 93,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə