Mavzu: Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari



Yüklə 74,21 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü74,21 Kb.
#133518
1   2   3   4   5
g\'azna 2

Xorijiy davlatlar amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo‘lgan mamlakatlarda davlatga qarashli mablag‘lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo‘lgan G‘aznachilik ning yagona hisobraqamida to‘planadi. Davlat qarzlarini boshqarish g‘aznachilikka yuklatilgan. G‘aznachilik muomalaga qimmatli qog‘ozlar chiqarishni, hajmini va to‘lov muddatini nazorat qiladi, ularning tarkibiga bog‘liq barcha masalalarni echadi. G‘aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashadi. G‘aznachilik bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi.


AQShda g‘aznachilik tizimida moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob yuritiladi. G‘aznachilik ning bosh kitobida moliyaviy aktivlarning hisobi olib boriladi. G‘aznachilik davlatning ichki va tashqi, qisqa va uzoq muddatli qarzlarni boshqarish va moliyaviy majburiyatlar uchun javob beradi, qarzlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. Davlatning budjet siyosatini yuritishda Turkiya Moliya vazirligi xalqaro tajribalarni amaliyotda keng miqyosda qo‘llaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Davlat moliya tizimini birlashtirish, moliyaviy aktivlar va kutilayotgan to‘lovlar yig‘ma hisobot ma’lumotlarini tezkor olishni ta’minlaydi. Turkiyaning budjet amaliyotida o‘rta muddatli budjet uslubi ko‘llaniladi, budjet g‘aznachilik usulida ijro qilinadi. Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi davlat xarajatlari hamda davlat qarzlari bilan bog‘liq xarajatlarni uzluksiz mablag‘lar bilan ta’minlaydi. Buning uchun g‘aznachilikning axborot tizimi budjetni tayyorlash, budjetga tushgan mablag‘lar hisobi va xarajatlar qismining ijrosi borasidagi barcha masalalar bo‘yicha tarmoqlar departamenti bilan aloqada faoliyat yuritadi

Turkiya davlati qadimdan yaratilgan va faoliyat yuritib kelayotgan g‘aznachilik tizimiga ega. Hozirgi kunda g‘aznachilik tizimida zamon talablariga ko‘ra islohotlar o‘tkazilmoqda va davlat budjetini boshqarish rivojlantirilmoqda. Turkiyada «5018 - Buxgalteriya hisobini yuritish va nazorat Qonuni» (5018 – Sayili Kamu Mali yonetimi ve control Kanuni. Agustos. 2007. Ankara) va «4749 – Davlat moliyasi va qarzlari haqida Qonuni»ning qabul qilinishi Turkiya davlat budjetini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minladi. Buxgalteriya hisobini yuritishning samarasini oshirish maqsadida vazirlik qoshida «5018 - Buxgalteriya hisobini yuritish va nazorat Qonuni» ijrosi doirasida Standartlashtirish Kengashi tuzilgan. Barcha buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari hal qilish Standartlashtirish Kengashiga yuklatilgan. Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birga faoliyat yuritadi. Budjetning xarajatlar qismining ijrosi, G‘aznachilik Yagona Hisobraqamii yuritilishi, davlat mablag‘laridan xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirish, g‘aznachilik operatsiyalarini moliyaviy nazorat qilish Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi funktsiyalariga kiradi. Davlatdan mablag‘ oladigan budjet tashkilotlarining xarajatlari Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasi tomonidan to‘lab beriladi. Davlat moliyasi va iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bir necha vazirlik shug‘ullanadi. G‘aznachilik risklarni boshqarish tadbirlari, moliyaviy nazorat va audit budjet «tiniqligi»ni ta’minlashga yordam beradi. Turkiya G‘aznachilik Qo‘mitasining asosiy vazifasi davlat xarajatlari, davlat qarzlari bilan bog‘liq budjet xarajatlarini uzluksiz mablag‘lar bilan ta’minlash va moliyaviy nazorat qilishdir.


Yüklə 74,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə