Mavzu: Diniy madaniy an'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Reja



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/2
tarix16.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#110508
1   2
mustaqil ish

Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik) ning madaniyatdagi belgilovchilik o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Oddiy to’quv dastgohi «Jenni» dan J.Uattning bug’ mashinasi (1784yil) va R.Fultonning bug’ kemasi, Stefensonning parovozidan (1814yil) birinchi yer osti temir yo’liga (1863 yil) o’tilishi injenerlik fikrining o’sishini ko’rsatdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya sohalarida ajoyib kashfiyotlar bo’lgan vaqt insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko’tardi. P.Sorokinning xulosasi bilan aytganda «faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o’zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko’pdir». Xususan, bu asrdan 8527 ta kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o’sganligidan dalolatdir. Ispan faylasufi X.Ortegi-i Gassetning yozishicha: «Biz haqiqatdan ham XIX -asrda ro’y bergan inson taqdiridagi radikal o’zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Sorokin P Chelovek, Sivilizatsiya, Obshestvo, M. 1992,467 str.
  • OAV elektron texnika va yo’ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G.e.Makmoyen ta`kidlaganidek «hammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyati» shakllanmoqda.
  • Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning xolisona tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ma`naviy madaniyat ko’proq ommaviylik kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:
  • U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy hususiyatlarga bog’liq biulmagan ommaviy iste`molchilarga ega bo’ladi;
  • Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o’zi ommaviy hususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi, ya`ni unda yuz minglab kishilar band bo’lib, ularning «matbuot qiroli», «Buyuk shou tomoshachilari», «kino, TV, estrada yulduzlari» bo’ladi.
  • Ommaviy madaniyat umumiy iste`molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Buning asosida iste`mol talab tovar sifatida xaridorgir bo’lish ma`naviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma`naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi.
  • Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitish yo’lidagi yutuqlari tufayli 1997yili O’zbekiston YuNESKO Ijroiy Kengashining a`zosi etib qo’llandi, PrezidentimizI.A.Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi. Yurtimizda jisman va ma`nan sog’lom avlodni tarbiyalash, ta`lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda. 2000 yil O`zbekistonda «Sog`lom avlod yili», 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili” deb belgilandi. Buni mohiyati shundaki, kechayotgan islohotlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson uchun amalga oshirilmoqda.
  • Binobarin sog’lom avlod-millat, yurt kelajagi demak. Yurtimizni birinchi ordeni ham «Sog’lom avlod uchun» deb nomlangani bejiz emas. Bu buyuk kelajak yo’lidagi umidli qadam timsolidir.
  •  

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə