Mavzu: Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi Reja: Dukkakli sabzavot ekinlari haqida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145713
1   2   3
Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi

Xulosa
Don ekinlarining mahsuldor tuplanishi poyalarning tez va qiyg’os chiqishiga bog’liq. Har xil poyalar turli rivojlanish fazalarida to’planadi. Masalan, javdar bilan sulida ular 3-4 ta barg chiqarganda, arpa, kuzgi va bahori bug’doyda 3 ta barg chiqarganda, tariqda 5-6 ta, makkajo’xorida 6-7 ta va oqjo’xorida 7-8 ta barg chiqarganda hosil bo’ladi.
Bug’doy, arpa va javdarda boshoq tortish yoki boshoqlash: suli, makkajo’xori, jo’xori, sholi va tariqda to’vaklash fazalari deyiladi. Agarda boshoqlash yoki ro’vak hosil bo’lish fazalari birdaniga boshlansa hosilning pishishi ham birdaniga bo’ladi. Shuning uchun don ekinlari maydonining oziq moddalari bilan bir tekis ta’minlanishiga erishish lozimakkajo’xori Boshoqlash fazasi birinchi bo’lib asosiy poyalarda kuzatiladi, keyin yon poyalarda hosil bo’ladi. Bu fazada ozuqa va namlik bilan o’simlik ta’minlangan bo’lmasa poyalardagi boshoq yoki ro’vaklarning ko’p gullari steril holga (changlanmay) tushib qoladi.Don ekinlaridan birgina arpada gullash sezilmasdan o’tadi, chunki arpa boshog’i barg qinidan chiqmasdan burun changlangan bo’ladi. Arpa qat’iy tarzda o’z-o’zidan changlanadi. Bug’doy o’simligi boshoqlari hosil bo’lgandan 2-3 kundan, javdar 8- 10 kundan so’ng gullaydi. Changlanish xususiyatiga qarab ular o’zidan va chetdan changlanuvchiga bo’linadi, bug’doy, arpa, suli, tariq va sholi o’zidan changlanuvchi, makkajo’xori, jo’xori va javdar chetdan changlanuvchi hisoblanadi. O’zidan changlanuvchi don ekinlarining changdoni odatda hali gul ochilmasdan yetilib yoriladi. Shuning uchun ham ular o’zidan changlanadi. Ba’zan havo issiq va quruq kelganda bug’doy va arpa gul qobig’i ochiqligida gullashi mumkin. Bunda changchi tashqariga chiqib yoriladi. Bunday holda o’simlik chetdan chan­glanadi.

Urug’ning hosil bo’lishi deb, urug’ko’rtakning urug’langanidan o’sish nuqtasi hosil bo’lgo’ngacha bo’lgan davrga aytiladi. Urug’ kichkinagina o’simta hosil qiladi bu 7-9 kun davom etib 1000 dona urug’ vazni 1 g ga yetadi.

Urug’larning shakllaniish deb, urug’ qobig’i oqrangdan yashil tusga o’tadi va uning namlik miqdori 65-80% bo’lib, 1000 dona urug’ning vazni 8-12 gbo’ladi. Shakllanish davri urug’da 5-8 kun davom etadi.
Urug’ning to’lishishi 20-25 kun davom etadi, urug’da kraxmal hosil bo’lishidan uning yetilishi tugaguncha bo’ladigan davr hisoblanadi. To’lishish davrini G.S. Posipanov 4 fazaga bo’ladi.
Urug’ning suvsimon holati - 6 kun davom etadi.
Sutga aylanish holati - urug’da 10% quruq modda hosil bo’lib 6-7 kun davom etadi.
Sut holati - urug’da sutga o’xshash suyuklik hosil bo’lib, quruq modda miqdori 50% ga yetadi va 7-15 kun davom etadi.
Hamirlanish holati bu vaqtda urug’ hamirdek holatda bo’lib, quruq modda miqdori 85-80% ga yetadi. 4-5 kun davom etadi.
Pishish ham G.S.Posipanov bo’yicha 2 davrga bo’linadi. Pishish davrida donga oziq moddalarning kelishi mo’tlaq to’xtaydi. Donning namligi 18-14 ba’zan 8% gacha tushadi. Don ekinlari bug’doy, arpa pishganda urug’ namligi 8-10% ni tashkil qiladi. Don ekin, texnik va xo’jalik maqsadlarida foydalanish uchun pishib yetila­di, ammo rivojlanish jarayoni hali tugagan emas.

Pishish davri 2 fazaga bo’linadi:


1.Mum pishish bu fazada endosperm mumsimon, bo’lib urug’ sariq rangga kiradi. Namlik 30% gacha kamayadi, 3-6 kun davom etadi. Mum pishish davrida don ekinlarini o’rishga kirishish mumkin. Mum pishish davrida donga eng ko’p oziq moddalar to’planadi.
2. Qattiq pishish - endosperm qattiq, urug’ni yorib yoki sindirib ko’rilganda unsimon yoki shishasimon yaltiroq ko’rinishda bo’ladi, qobig’i qattiq, urug’ rangi o’z asliga kirgan, namlik miqdori kamaygan. 8-12% bo’ladi. Bu fazada urug’da muhim bioqimyoviy jarayonlar boradi va urug’ to’liq yetilib yana urug’ holiga keladi. Demak yetilgan urug’ni ekish va undirib olish mumkin. O’zbekistonda yetil­gan urug’larni tezlik bilan yig’ishtirib olish tavsiya etiladi. Boshokli ekinlarning doni boshoq qobig’ida bo’sh yoki yengil joylashgan shuning uchun tez to’qilib ketadi va nobudgarchilik ko’p bo’ladi.
Bug’doy Umumiy ta’rifi. Bug’doy insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va er shari aholisining asosiy qismi (70%) bug’doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. Tarkibida 14% dan yuqori oqsil, kleykovina soni 28 dan yuqori bo’lgan, a’lo sifatli non berish qobiliyatiga ega (hamirining ko’tarilishi, ko’pchishi va g’ovakligi), lozim bo’lsa kuchsiz bug’doy uniga qo’shilib uning sifatini yaxshilaydigan bug’doylarga kuchli bug’doylar deyiladi.
O’rta bug’doylarga tarkibida oqsil miqdori 11,0-13,9%, kleykovina 25-27% bo’lgan bug’doylar kiradi. Ularning non pishish darajasi past bo’lib ikkinchi nav hisoblanadi, xamiri yaxshi ko’tarilmaydi.
Kuchsiz bug’doylar deb, tarkibida oqsil miqdori 11% dan, kleykovinasi 25% dan kam bo’lgan uchinchi nav bug’doylarga aytiladi. Kuchsiz bug’doydan olingan unlardan ta’mi past, hamiri yaxshi ko’tarilmagan non va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Qimmatli bug’doylar deb, texnologiya jarayonlari va donining kimyoviy tarkibi jihatidan kuchli bug’doylarga yaqin navlarga aytiladi. Ammo bu bug’doylardan unni yaxshilovchi sifatida foydalanib bo’lmaydi. Bug’doyning (triticum) 22 turi mavjud bo’lib, shundan bizda ham, chet mamlakatlarda ham asosan ikki turi: yumshoq va qattiq bug’doy keng tarqalgan. Qattiq bug’doy ham yumshoq bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Doni yirik oqrangda, yaltiroq, tarkibida oqsil miqdori 18-20% gacha bo’lishi mumkin. Qattiq bug’doy doni kuchli bug’doylar turiga kiradi. Undan bolalar ovqati, makaron, pechene tayyorlashda va boshqa unlarni yaxshilovchi sifatida foydalaniladi. Qattiq bug’doy asosan bahorgi qiltiqli, boshoqchalari boshoqda zich joylashgan bo’ladi. Ishlab chiqarishda ekiladigan yana bir tur bug’doy Turgidum bug’doyi, ayrim belgilari bo’yicha qattiq bug’doyga yaqin turadi.
Navlari. O’zbekiston mustaqil bo’lguncha asosan lalmi sharoitda bug’doy etishtirildi, asosiy ekin maydonlari paxta bilan band edi. Mustaqillikdan so’ng (o’z-o’zini g’alla bilan ta’minlash masalasi ko’tarilgandan so’ng) barcha maydonlarga ekiladigan urug’larni etkazib berishning imkoni bo’lmay qoldi. Sug’oriladigan maydonlarga ekiladigan bug’doy navlari juda kam edi. Shuninguchun iqlimi nisbatan bizga o’xshagan chet mamlakatlardan navlar keltirildi va qisqa vaqt ichida iqlimlashtirildi. Quyida o’zimizda yaratilgan va keltirilgan navlarning tavsifi keltirilgan.
Qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, respublikaning sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida 1983 yildan ekishga tavsiya etilgan. Eritroleukon turiga mansub. Biologik bahorgi. Boshog’i silindrsimon shaklda (yuz qismi yon qismiga nisbatan kengroq), yirik zich emas. Boshoq qipig’i lansetsimon, o’rtacha kattalikda, aniq tomirlangan. Tishchasi o’rtacha uzunlikda, o’tkir, qiltiqli elkasi tor, o’tkir. Choki juda aniq. Qiltig’i o’rtacha uzunlikda, qattiq, tarqoq. Doni yirik bochkasimon, sayoz ariqchali, donining asosi to’qli. 100 ta donining vazni o’rtacha 40,5 g.
Ertapishar, o’suv davri o’rtacha 204-220 kun, respublikaning janubida 165 kunda pishadi. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qurg’oqchilikka chidamliligi yaxshi, 5 ball atrofida. Donining o’rtacha hosildorligi (1994-1999 sinov yillarida) respublikaning sug’oriladigan NSSh larida -46,8- 55,5 s/ga atrofida bo’ldi.
Qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada zararlanadi, sariq zang bilan 10% gacha zararlanadi.
Marvarid - O’zbekistan donchilik ITI («Don» IIChB) ning seleksion navi. Geografik joylashuvi jihatdan farqlanuvchi navlarni chatishtirib olingan Altin-bug’doy x Yubileynaya x Melyanopus 2 duragay kombinasiyasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. Qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, Qashqadaryo viloyatining lalmikor erlarida kuzgi ekish muddatida 1998 yildan ekishga tavsiya etilgan.
Duvarak (biologik bahorgi). Melyanopus turiga mansub. Boshog’i silindrsimon, oq o’rtacha uzunlikda, zich, tukli. Boshoq qipig’i ellipssimon shaklda, kam tomirlangan, boshoq qipig’i tishchasi o’tkir. Qiltig’i uzun, dag’al, kuchsiz yoyilgan, qora. Doni yirik oval-silindrsimon, oq qahrabo tusli, shishasimon, ariqchasi o’rtacha. 1000 ta donining vazni o’rtacha .(7,5 g sinov yillari (1994-1998) donining o’rtacha xosildorligi Kamashi, G’allaorol NSSh larida 22,8 va 14,3 s/ga atrofida bo’lgan. O’rta ertapishar. O’suv davri o’rtacha 160-180 ko’p. Yotib qolishga, to’qilishga, qurg’oqchilikka bardoshli, qishga chidamliligi 5 ball atrofida. Qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada 10% gacha zararlanadi. Navning texnologik qobiliyati va makaron sifati yaxshi.
Ofeliya-xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, respublikaning sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida ekishga 1999 yildan tavsiya etilgan. Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Boshoq qipig’i lansetsimon, 7-8 mm uzunlikda. Boshoq qipig’i tishchalari qisqa, to’mtoq. Yelkasi to’g’ri, o’rtacha kattalikda. Choki juda aniq. Doni o’rtacha kattalikda, qizil rangli. 1000 ta donining vazni 36,9 g. Navi pakana bo’yli. Yotib qolishga bardoshligi 5 ball, to’kilishga bardoshligi o’rtacha 4,2 ball. Qishga chidamliligi 5 ball atrofida. O’suv davri o’rtacha 215 kun, respublikaning shimolida 265 kunda pishadi, janubida - 180 kun. Navoiy viloyati sharoitida (Navbahor NSSh) -140 kunda pishgan. Donining o’rtacha xosildorligi respublika NSSh larida gektaridan 20,5 s dan 46,1 s atrofida. Ushbu nav bo’yicha yaxshi hosil Andijon viloyati (Oltinko’l NSSh) da - 57,0 s, eng yuqori xosil O’rganch NSSh da - 66,3 s ni tashkil qildi. 1999 yili sariq rang kasali bo’yicha kuchli zararlanish Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 100% gacha, qolgan viloyatlarda har xil: 14% dan 35% gacha. Ma’lumotlarga ko’ra, nav texnologik va non yopish sifati bo’yicha kuchli bug’doylar guruhiga kiradi.
Ku zgi bug’doy. Bug’doyning 22 turi bor. Bizning yurtimizda boshqa mamlakatlarda ham bug’doyning ikki: yumshoq va qattiq turi ko’p ekiladi. Yumshoq, yoki oddiy bug’doy (Triticum aestivum L), qattiq bug’doy (Triticum gurum L), xalq xo’jalik ishlab chiqarishga yana turgidum bug’doyidan ham foydalaniladi, boshqa bug’doy turlaridan yangi navlar yaratishda hamda seleksion ishlarda foydalaniladi (52-rasm).
Kuzgi bug’doy navlari tuproq iqlim sharoitiga qarab biologik xususiyatlarida albatta o’zgarishlar bo’ladi. Urug’lari 1-2°C haroratda una boshlaydi, ammo maysalarning qiyg’os unib chiqishi uchun harorat yuqori 10-12°C bo’lishi kerak past haroratda maysalarning unib chiqishi cho’ziladi, urug’lar chirib ketishi mumkin. 10-12°Cda maysalar 10-12 kunda, 14-16°C da esa. 7-9 kunda unib chiqadi. Ekilgandan unib chiqqunga qadar foydali harorat yig’indisi 120- 140°C bo’lishi kerak. Unib chiqqaniga 12-16 kun o’tgan, havo harorati etarli bo’lsa to’plash fazasi boshlanadi va bug’doyda bu faza 40-45 kun davom etadi. Kuzda havo harorati past yoki tuproqda namlik etishmasa albatta yaxshi to’plamaydi, bahorga borib nam bo’lishi va harorat ko’tarilgandan so’ng yana to’play boshlaydi. To’plash soni o’simlikning siyrak yoki qalin ekilganiga ham bog’liq siyrak ekilsa tup soni 6-7 donaga etadi. Bahorda azotli o’g’itlar bilan oziqlantirshi tup sonining oshishiga olib keladi. Qulay sharoitlarda 15-20 tagacha tup hosil qiladi. Qish kelishi oldidan xar bir maysa fiziologik jihatdan qattiq sovuqlarga tayyorgarlik ko’radi. Hujayra shirasida suvlar kamayib uglevod yoki oligosaxaridlar hosil bo’ladi. Ma’lumki, qattiq sovuqlarda xo’jayra shirasida suv bo’lsa muzlab qoladi. Qish payti kuzgi bug’doy uchun deyarli xavfli emas, hozirgi navlar sovuqqa juda chidamli ular to’shlash bo’g’inida 18-20°C sovuqqa ham bardosh beradi. Bahor ancha xavfli hisoblanadi. Ob-havoning bir isib, bir sovushi masalan kunduzlari 8-10°C issiq va kechalarp 8- 10°C sovuq bo’ladi. Mana shunday haroratning keskin almashinuvi albatta hujayralarni harakatga keltiradi va oqibatda ularning muzlashiga va sovuqdan nobud bo’lishiga olib keladi.
Arpa xo’jalik ahamiyatiga ko’ra don ekinlari ichida bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Arpa eng muhim don ekinlaridan biri. U em-xashak va oziq-ovqatga ishlatiladi. Arpa doni hamma qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun to’yimli em sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, hayvonlarni bo’rdoqiga boqishda uning ahamiyati benihoyat katta. Somoni ham chorva mollari uchun yaxshi pichan hisoblanadi.
Gulnoz - O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksion navlari K-22734, K-21475 ni chatishtirib, olingan durgaydan, yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yildan boshlab Andijon, Jizzax Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Farg’ona viloyatlarining sug’oriladigan erlarida pivo ishlab chiqarish maqsadida Davlat reestriga kiritilgan.
Duvarak (biologik bahorgi). Nukus turiga mansub, boshog’i ikki qatorli, och sariq, to’g’nog’ichsimon, o’rtacha uzunlikda to’la pishish davrida boshog’i egiladi, boshoq qipig’i tor, unchalik rivojlanmagan, qiltig’i sariq, kam tarqoq, tishsimon, o’rtacha uzunlik va dag’allikda, doni o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, sariq, 1000 ta donining vazni 43,0- 45,0 g. nov hajmi 640 g. o’rtapishar, vegetasiya davri 185- 192 kun. Samarkand Davlat nav sinash stansiyasida (1996- 2000) sinov yillaridagi o’rtachadon hosili 44,0 sentnerni tashkil etdi. Nav yotib qolish va to’qilishga bardoshli 5,0 ball, qishga chidamliligi o’rtacha. Navining ozuqaboplik xususiyati yaxshi: oqsil miqdori 10,0-11,5%, ekstraktligi 74,0-78,0%. Sinov yillarida qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz 10,0-15,0% gacha zararlangan.
Zafar. - O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi. Italiyaning (K-19264) namunasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1984 yildan beri Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan.
Duvarak (biologik kuzgi). Rikotenze turiga mansub. Boshog’i olti qatorli, prizmasimon, 6,5-7,0 sm uzunlikda, zich emas, sariqrangda gul qipig’ining qiltiqqa aylanishi sekin-asta. Gul qipig’i kuchsiz tomirlangan, tishchasi siyrak. Qiltig’i o’rtacha uzunlikda, boshog’iga nisbatan 1-2 barobar uzun. Doni yirik ellipssimon, boshog’ining asosida doni siyrak 1000 ta donining vazni 42,6 g.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə