Mavzu: Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi Reja: Dukkakli sabzavot ekinlari haqida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#145713
1   2   3
Dukkakli sabzavot ekinlari turlari va yetishtirish texnologiyasi

Nutans 799- O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi.
K-16139 (Xitoy mahalliy navi) va Unumli arpa navlarni chatishtirib, so’nfa yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1985 yildan Jizzah Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlapining lalmikop erlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan,
Kuzgi arpa uchun eng yaxshi o’tmishdosh ekin paxta, kartoshka, makkajo’xori, shuningdek dukkakli don ekinlari va bedadan keyin ekilgan arpa yuqori hosil beradi. Kuzgi bug’doy ham arpa uchun yaxshi o’tmishdosh o’lishi mumkin. Arpaning bir xususiyati mavjudki u tuproqda erimay qolgan mineral o’g’itlarni o’zlashtirib, tuproqni begona o’t qoldiqlaridan tozalaydi. Arpaning o’zi ko’pgina ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.
Kuzgi o’g’itga ta’sirchan ekin. Bo’z tuproqli erlarda kuzgi shudgorlashdan, shuningdek ekishdan oldin qatorlariga superfosfat solish zarur. Bu o’simliklarni chiniqtirib, yaxshi qishlashini ta’minlaydi. Kaliyli o’g’itlar ham o’simliklarni chiniqtirib, tupni mustahkam kiladi. Arpa azot bilan erta oziqlantirilsa, hosildorligi ancha ortadi. 2 t arpa doni olish uchun bir gektar tuproqdan 32- 36 kg N, 11-12 kg R2O5,20-24 kg sarflanadi.
Ye rni ishlash albatta, o’tmishdosh ekin turiga qarab yuza yoki chukur qilib o’tkaziladi. Arpa boshoqli ekinlardan keyin ekiladigan bo’lsa, er ang’izni yuza haydash bilan bir yo’la boronalanadi. Qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ekilganda bu maydonlar 12-14 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Agar tuproq juda zichlashib kolgan va begona o’t bosgan bo’lsa, qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ham er qayta haydaladi. 28-30 sm chuqurlikda haydash bilan bir yo’la boronalanadi. Ekish oldidan albatta er yaxshilab mola bosiladi, tekislanadi va urug’larni yaxshi yumshagan, katta-katta kesaklari yo’q maydonlarga ekiladi.
Ekish muddati. Kuzda janubiy tumanlarda oktyabr oyining boshlarida, shimoliy tumanlarda sentyabr oyining oxirida ekiladi. Kuzgi arpa ham qattiq sovuqlar tushishidan 45-60 kun oldin eqilishi kerak. Kuzgi bug’doy kabi yaxshi to’plab qolishi kerak bo’lmasa sovuqdan maysalar nobud bo’ladi. Kuzgi arpa sovuqqa nisbatan chidamsizdir, shuning uchun uni albatta kuzda nam erga ekib yaxshi to’planishiga erishish bosh marra bo’lib qoladi, yaxshi to’plamagan maysalar qishki sovuqlardan nobud bo’ladi. Sug’oriladigan maydonlarda avval erni sug’orib nam etarli bo’lgandagina arpa urug’lari ekiladi.
Boshoqli don ekinlari kabi arpa tor qatorlab 13-15 sm kenglikda, qatorlab, uzunasiga va ko’ndalangiga qilib ekiladi. Qator orasi 7,5-8,0 sm, tup orasi 3-4 sm tor qatorlab ekilganda, qator orasi 13- 15 sm bo’lsa, tup orasi 1,5-2 sm bo’lishi kerak. Ekish bilan birgalikda 70 sm kenglikda jo’yak olinadi. Sug’orilmasa hosildorlik juda past bo’ladi.
Kuzda arpa ekiladigan maydonlar ekishdan oldin sug’orilib, o’ta namligida urug’larni undirib olish zarur (53-Rasm). Yerni shudgorlash yoki chizellashdan oldin sug’oriladi, bo’lmasa, dalada katta-katta kesaklar ko’chadi, ularni sug’ormasdan maydalab bo’lmaydi. Bostirib sug’orilgan maydonlar 22-25 sm chuqurlikda haydaladi yoki chizellanib, borona yurgiziladi va mola bosiladi. Yer yaxshilab tekislanganda, ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin organik o’g’itlar beriladi, go’ng bilan birga 40-45 kg fosforli o’g’it shudgor bilan aralash holda solinadi. Arpaga ekish bilan birgalikda 25-30 kg azotli o’g’it berish mumkin. ekish muddati juda erta va tuproqda nam etarli bo’lsa o’g’it berish shart emas, aks holda maysa juda tez o’sib ketib sovuqda nobud bo’lishi mumkin. Bahorda tuproqda nam bo’lishiga qaramasdan albatta sug’orish va oziqlantirish zarur. Erta bahorda, mart oyining boshlarida borona qilinib har gektar erga 40-50 kg azot va 20-25 kg fosfor beriladi. Aprel oyining boshlarida yana shu miqdordagi azotli va fosforli o’g’it sochma yoki oqizib beriladi.
Su li (Avena)-boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar avlodi (54-rasm). 70 turi bor. 2 turi: oddiy S. va Vizantiya S. keng tarqalgan. Ildizi popuksimon. Poyasi 60-100 sm To’pguli chochoq. Boshoqchasi 2-3 gulli, qiltiqsiz bir qiltiqli. Doni cho’ziq, tukli. 1000 donasi 20-40 g. Tarkibida 9-19% oqsil, 2-22% yog’, 21-55% kraxmal, 7-24% kletchatka, 3-5% kul va vitaminlar bor. S. cherva mollari uchun to’yimli ozuqa, oziq-ovqat uchun ham ishlatiladi. Ukraina, Belorussiya, Boltiq bo’yi respublikalari, Qozog’istonning shimoliy tumanlari, Sibirda, shuningdek O’zbekistonda ekiladi. Suli ekiladigan erning gektariga sof holda 30-40 kg azot, 45- 60 kg fosfor, 45-60 kg kaliy solinadi. Bahorikor erlarga kuzda, sug’oriladigan erlarga bahorda ekiladi. Gektariga 1-2,5 s urug’ sarflanadi. O’suv davri 80-110 kun. Urug’i 3-4°da unib chiqadi, 15-22°da yaxshi rivojlanadi. Ro’vagining yuqorigi boshoqchalari to’la etilishi bilan o’rishga kirishiladi. Gektaridan 15-20 s hosil olinadi. Sulini, asosan, zang, qorakuya kasalliklari hamda sim qurt va boshqalarni zararlaydi. Suli er sharila eng qadimdan etishtirib kelinadigan ekinlardan biri. Suli donidan yorma, suli talqoni galet, kofe tayyorlanadi. Suli doni tarkibida 12-13 foiz oqsil, 67-68 foiz karbonsuvlar va 5-6 foiz moy bo’ladi. Suli yormasi tarkibidagi oqsil odam va hayvon organizmi uchun zarur bo’lgan qimmatli aminokislotalarga boy bo’ladi. Suli doni po’stli va po’stsiz shakllarga bo’linadi. Ro’vagining tuzilishiga ko’ra turlarga bo’linadi. Ro’vagi tarqoq, g’uj, ro’vak taroqsimon turlarga bo’linadi. So’li ro’vagining shakli gul qobig’ining rangi, qiltiqli qiltiqsizligiga qarab ham turli xillarga bo’linadi.
Issiqqa talabchan. Suli mo’tadil iqlim o’simligi meva Urug’i 2°C da una boshlaydi, maysalari chiqishi uchun 6-12°C qulay harorat hisoblanadi.
Bahorgi 8-9°C gacha bo’ladigan past haroratga maysalar yaxshi chidaydi. Yuqori harorat va yozgi quruq havo, bahori bug’doy va arpaga qaraganda suliga yomop ta’sir etadi. 38- 40°Cda barglari so’lib qoladi.
Sulining ertapishar navlari 1200-1350°C; o’rtapishar navlariga 1350-1500°C va kechpishar navlari uchun 1500-1800°C foydali harorat yig’indisi zarur. O’zbekistonda suli uchun zarur bo’lgan haroratni to’plash imkoni hamisha mavjud. Bu o’simlik juda qadimdan ekib kelinadi, har qanday noqulay sharoitda ham o’sa oladi. Urug’lar ekilgandan so’ng 6-7 kunda unib chiqadi, agarda havo harorati past bo’lsa, yoki tuproqda namlik etarli bo’lmasa, unib chiqish cho’zilib ketadi. Unib chiqqaniga 12-15 kun bo’lgach maysalar tuplay boshlaydi. Kuzgi suli maysalari butun qish davomida tuplash davrini o’taydi. Bahorda havo harorati 5°C dan oshgandan keyin 10-15 kun o’tgach naychalash fazasi boshlanadi. Ro’vaklash, nayga tortish fazasidai 15-20 kundan so’ng kuzatiladi. Gullash avval ro’vaklarning yuqori qismida, keyin o’rtasida, eng keyin pastida kuzatiladi. Suli ro’vaklari yuqoridan pastga qarab gullaydi, boshoqcha ichidagi gullar pastdan yuqoriga qarab gullaydi. Bitta ro’vakda gullash davri 6-7 kun, ro’vak shoxlarida 2-3 kunga cho’ziladi (55-rasm). Suli ro’vagiiing yuqori qismidagi urug’lar yirik sifatli va tekis bo’ladi. Kuzgi sulining o’suv davri 220-230 kun. Suli bug’doy va arpaga nisbatan namga talabchan bo’ladi. Urug’lari ham unib chiqishda tuproqdan namni ko’proq singdirib oladi, Boshoq ekinlari urug’iga qaraganda 10-15 % ko’proq nam talab qiladi. Kuzgi suli bahorda namga juda talabchan bo’ladi, ro’vak hosil qilish va gullash davrida tuproqda nam etarli bo’lishi kerak. Bu vaqtda tuproq quruq bo’lsa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Traispirasiya koeffisienti 500-509 ga teng.
O’simlikning suvga talabi butun vegetasiya davrida yuqori bo’lib, ayniqsa ro’vak chiqarishidan ikki hafta oldin ko’p suv o’zlashtiradi. Boshqa bahorgi ekinlarga qaraganda tuproqning ortiqcha namligiga birmuncha chidaydi, u quruq havo va garmseldan qattiq zararlanadi.
Suli bug’doy va arpaga qaraganda tuproqqa uncha talabchan emas, bu uning ildiz tizimining yaxshi rivojlanishiga va o’zlashtirish xususiyatining yuqoriligiga bog’liq. Suli qumli va sho’rtob tuproqli erlardan tashqari, hamma erda o’sadi va tuproqning kislotaligiga yaxshi chidaydi. Ildizlari tuproqqa 80-120 sm gacha kirib boradi. Kislotali va sho’rtob tuproqlarda ham suli bug’doy va arpaga qaraganda yaxshi hosil beradi. Bo’z va o’tloqi bo’z, qo’ng’ir tuproqlarda yaxshi o’sib hosil beradi. Suli ildizlari tuproqda qiyin eriydigan moldalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Миронов М.Г. Управление качеством. - M.: Пропект, 2006.

  2. Новицкий Н.И. Управление качеством продукции. - Минск: Новое знание, 2001, 16 стр.

  3. Salimov B.T.va boshq. Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2004.Jo`raev

F. Qishloq xo`jalik korxonalarida ishlab сhiqarishni tashkil etish. - T.: Istiqlol, 2004.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə