Mavzu: Elektr sxemalar va shartli belgilar. Reja



Yüklə 465,14 Kb.
səhifə1/3
tarix12.04.2023
ölçüsü465,14 Kb.
#105294
  1   2   3
Mavzu Elektr sxemalar va shartli belgilar.


Mavzu: Elektr sxemalar va shartli belgilar.


Reja:



  1. Konchilik korxonalari elektr ta’minoti to’g’risida umumiy ma’lumot

  2. Ochiq korxonalarning yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti sxemalari bilan tanishish

  3. Er osti konlarining yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti sxemalari bilan tanishish.

Konchilik korxonalari elektr energiyani davlat elektr ta’minoti tizimidan oladi. Elektr ta’minoti tizimi, elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va nimstantsiyalardan tashkil topadi.
O’zbekistondagi konchilik korxonalarining elektr ta’minoti respublikaning yagona elektr ta’minoti tizimidan (1-rasm) oshiriladi. Ushbu tizim issiqlik, gidravlik elektr stantsiyalari, nimstantsiyalar va 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlardan tashkil topgan.
Tizimdagi yirik elektr stantsiyalar: Toshkent issiqlik elektr stantsiyasi, Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi, Angren va yangi Angren issiqlik elektr stantsiyalari, Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasi, Muborak issiqlik elektr stantsiyasi, Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi, Taxiatash issiqlik elektr stantsiyasi, Farg’ona issiqlik elektr stantsiyasi, CHorvoq gidroelektr stantsiyasi, Bo’zsuv kanalidagi gidroelektr stantsiyalar kaskadi. SHu bilan birga bir nechta yirik nimstantsiyalar tizim tarkibiga kiradi.
Konchilik korxonalarining elektr ta’minoti tizimi tashqi va ichki qismlarga bo’linadi. Elektr ta’minoti tizimining manbadan to korxonaning bosh pasaytiruvchi nimstantsiyasigacha bo’lgan qismi tashqi elektr ta’minoti tizimi va korxonaning bosh pasaytiruvchi nimstantsiyasidan iste’molchilargacha bo’lgan qismi ichki elektr ta’minoti tizimi xisoblanadi. Tashqi va ichki tizimlarda elektr energiya manbadan iste’molchilarga uzatish tartibi elektr sxemalar orqali ko’rsatiladi. Elektr sxemalar elektr ta’minotining yuqori va past kuchlanishli tarmoqlari uchun tuziladi.
Yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti sxemalarini ochiq va yer osti konlarining tashqi va ichki elektr ta’minoti tizimlari misolida ko’riladi.





Yüklə 465,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə