Mavzu: Falsafa fani. Falsafiy dunyoqarashning o‘z



Yüklə 383,25 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü383,25 Kb.
#147911
falsava



Mavzu: Falsafa fani. Falsafiy dunyoqarashning o‘z
-
o‘zini 
anglash jarayonidagi ta’siri Reja: 1. Falsafiy
dunyoqarash nima degani? 2. Falsafaning asosiy 
xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti 3. 
Falsafiy bilim tarkibi. 1. Falsafiy dunyoqarash nima 
degani? Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi 
(etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi 
tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. 
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) 
so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb 
atagan kishi 

yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. 
Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u 
shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga 
musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng 
baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham 
xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka 
o‘ch bo‘lib dunyoga ke
ladi, vaholanki faylasuflar - faqat 
haqiqat uchun keladi» 1 . Bugungi kunda haqiqatni 
izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, 
badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga 
intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan 
falsafadan boshlangan. «Falsafa nima degani?» savolga 
javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo 
nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan 
his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda 
mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga 
tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, 
falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, 


differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy 
reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq 
etmaydi va hokazolar. Agar fanlar, aytaylik, botanika 
yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi 
mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl m
ohiyatiga daxl 
qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining 
mavzusi - 
o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. 
Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi 
- til ekanligini 
tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir 
faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. 
Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli
-tumanki, 
ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin 
yoki yo‘qmi?»2 degan savol tug‘ilishi mumkin. Ba'zi 
falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi 
sabab 
to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi 
yunon faylasufi Arastuta'limotida, u «barcha 
mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» 
deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino 
falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy 
fan» deb 
ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh 
sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad 
etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al
-
G‘azzoliy 
o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini 
shu mavzuga bag‘ishlagan. Ba'
zi ta'limotlarda falsafa 
«to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), 
umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. 
Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor 
ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» 
(L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar 


to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. 
Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani 
emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini 
belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar 
aynan o‘z falsafiy qarashlarinig
ina haqiqiy (yoki 
chinakam) deb o‘ylaydilar. Falsafaning o‘z ifodasini 
topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr 
uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto 
zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada 
yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab 
bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha 
mushkul bo‘lgan, biroq 20
-asr mobaynida «falsafa»ni 
ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf 
etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»3 . Umuman 
falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi 
G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon 
falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari 
va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. 
Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiyfalsafiy 
jarayon -bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa 
tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot 
sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish 
mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi 
yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo 
umuman falsafani emas. Biroq tajribaga asoslangan 
(empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga 
tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa 
bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z 


raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, 
ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, 
ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, 
ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha 
aytganda ularning mashg‘ulotlari
da qandaydir narsa 
mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos 
bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning 
tushunchasida falsafa deganda, iboralarning mantiqiy 
tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot 
yoki tajribada hosil kilingan ma'lumotlarning tanqidiy 
bahosi berilgan bo‘ladi. Hamonki shunday ekan, 
kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va boshqa falsafiy 
maktablarga mansub bo‘lgan barcha faylasuflarni nima 
birlashtiradi? Ushbu savol va demakki «Falsafa nima 
degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning 
mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya'ni uning ma'naviy 
faoliyatning ma'lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini 
aniqlash zarur.


Mavzu: Falsafa fani. Falsafiy dunyoqarashning o‘z
-
o‘zini 
anglash jarayonidagi ta’siri Reja: 1. Falsafiy 
dunyoqarash nima degani? 2. Falsafaning asosiy 
xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti 3. 
Falsafiy bilim tarkibi. 1. Falsafiy dunyoqarash nima 
degani? Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi 
(etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi 
tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. 
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) 
so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta 
faylasuf deb 
atagan kishi 

yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. 
Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u 
shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga 
musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng 
baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham 
xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka 
o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar 
- faqat 
haqiqat uchun keladi» 1 . Bugungi kunda haqiqatni 
izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, 
badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga 
intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan 
falsafadan boshlangan. «Falsafa nima degani?» savolga 
javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo 
nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan 
his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda 
mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga 
tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, 
falsafa DNK tuzilishini 
aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, 


differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy 
reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq 
etmaydi va hokazolar. Agar fanlar, aytaylik, botanika 
yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi 
mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl m
ohiyatiga daxl 
qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining 
mavzusi - 
o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. 
Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi 
- til ekanligini 
tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir 
faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. 
Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli
-tumanki, 
ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin 
yoki yo‘qmi?»2 degan savol tug‘ilishi mumkin. Ba'zi 
falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi 
sabab 
to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi 
yunon faylasufi Arastuta'limotida, u «barcha 
mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» 
deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino 
falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy 
fan» deb 
ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh 
sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad 
etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al
-
G‘azzoliy 
o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini 
shu mavzuga bag‘ishlagan. Ba'
zi ta'limotlarda falsafa 
«to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), 
umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. 
Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor 
ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» 
(L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar 


to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. 
Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani 
emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini 
belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar 
aynan o‘z falsafiy qarashlarinig
ina haqiqiy (yoki 
chinakam) deb o‘ylaydilar. Falsafaning o‘z ifodasini 
topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr 
uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto 
zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada 
yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab 
bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha 
mushkul bo‘lgan, biroq 20
-asr mobaynida «falsafa»ni 
ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf 
etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»3 . Umuman 
falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi 
G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon 
falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari 
va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. 
Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiyfalsafiy 
jarayon -bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa 
tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot 
sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish 
mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi 
yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo 
umuman falsafani emas. Biroq tajribaga asoslangan 
(empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga 
tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa 
bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z 


raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, 
ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, 
ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, 
ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha 
aytganda ularning mashg‘ulotlari
da qandaydir narsa 
mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos 
bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning 
tushunchasida falsafa deganda, iboralarning mantiqiy 
tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot 
yoki tajribada hosil kilingan ma'lumotlarning tanqidiy 
bahosi berilgan bo‘ladi. Hamonki shunday ekan, 
kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va boshqa falsafiy 
maktablarga mansub bo‘lgan barcha faylasuflarni nima 
birlashtiradi? Ushbu savol va demakki «Falsafa nima 
degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning 
mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya'ni uning ma'naviy 
faoliyatning ma'lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini 
aniqlash zarur.


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq va G’arb 
falsafasi. Reja: 1. Qadimgi SHarqda falsafiy bilimlarning 
paydo bo‘lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. 
Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar. 2. Markaziy Osiyoda 
“Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq 
falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu 
Nasr Forobiy, Ibn Sino) 3. Qadimgi Yunon

Rim falsafiy 
maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi 
ildizlari bilan bog‘liqligi. Xristianlik va Avreliy Avgustin
falsafiy ta’limoti. Apologetika va patristika. 4. Yangi va 
eng yangi davr falsafasi muammolari. XYIII asr Evropa 
falsafasining ma’rifiy xususiyatlari. 5.XIX–
XXI asrlarda 
Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixi. XX-XXI 
asr G’arbfalsafiy oqimlari. 
Hozirgi adabiyotlarda 
falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik 
tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi 
bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. 
Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, 
olam 
va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni 
bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa 
tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning 
u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini 
oqlamaydi. CHunki bu davrlar 
turli mintaqalarda o‘ziga 
xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va 
qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish 
usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning 
rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, 
O‘indiston xamda Mar
kaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar 
tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini 


ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda 
XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon 
ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan. SHuning 
uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli 
mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lganligiga 
e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun 
falsafiy savol va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi 
bo‘lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish 
mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga 
xos xususiyatlaridan yana biri 

bu, jahon tarixiy

falsafiy 
jarayonlarni turli
–tumanligini toraytirib qo‘yadigan 
Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni 
g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq 
jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari 
ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq 
tarixiy

falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish 
tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq 
falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham 
tahlil qilish lozim. SHarqning o‘ziga xosligi, u
nga 
munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon 
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga 
qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol 
jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan 
e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasi
ning 
SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va 
uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun 
dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo 
esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy 
sharoitlar ta’sirida, ma’lum ta
rixiy

madaniy manbalar 


asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida 
oila-oila, gala-
gala bo‘lib yashashdan bundan 50
-40 
ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz 
jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga 
o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkab
lashishi va 
kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt 
fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy 
bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos 
yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? 
Bor bo‘lishning o‘zi ni
ma? degan savollarga javob 
qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos 
xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan 
degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy 
hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida 
hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy 
ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr 
bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash 
ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga 
keladi. Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf

odatni, 
an’anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid 
qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, 
buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun 
qiladi. SHundan uning bor bo‘lishning o‘zi nima?, borliq 
nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi. 
Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, 
madaniyatdagi qanday siljishlar ta’sir qiladi? degan 
savollar tug‘ilishi tabiiydir. qadimgi Gretsiyada falsafa 
inson hayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzumi va 
tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning 


u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti 
ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‘liq bo‘lib, 
inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski 
qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganda, endi nima qilish 
kerak? degan savol tug‘
iladi. qadimgi Grek falsafasining 
kelib chiqishiga kelsak, u o‘sha joydagi quldorlik 
tizimining odatdagi mifologik

afsonaviy tasavvurlarini 
rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday 
qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va 
odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U 
eskicha yondashuvlarga xos urf

odatlarni tanqid qilib, 
yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush 
tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning uchun 
falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy 
bog‘liqdir. Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining 
beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi 
to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning 
boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda 
ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, 
matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda 
shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati 
shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, 
mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga 
ko‘rsatadigan ta’sirini m
utloqlashtirish xususiyati ustivor 
bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar 
tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin 
shakllana boshlagan. Bu 

o‘sha davrlardan qolgan 
yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan 
h
ayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». 


«¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni 
bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi 
afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda 
yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 
ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tar
ixining 
taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida 
Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida 
falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni 
mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan 
dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni bos
hidan 
kechirdi. Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya 
beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o‘zining 
qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini 
o‘rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va 
Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar 
bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana 
shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, 
insofdiyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy 
totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi 
kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar 
xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. 
Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng 
qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar 

tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, 
duolar to‘plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, 
Samaveda, YAshurveda va Atxarvededa deb ataladigan 
4 katta bo‘limdan iborat. Ularda borliqning bosh manbai, 
moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, 
yoruglik, tuproq hamda oziqovqat, fazo va vaqt 


xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni 
boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba’lari va 
turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator 
falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta’kidlanishicha, tana 
jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa –
dunyoviy ruxning bir 
bo‘lagidir. Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi 
bilan mashxur bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini 
topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma’noni 
anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. 
«Upanishadalar» yaxlit kito
b yoki falsafiy risola bo‘lmay, 
balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma’lum 
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni 
va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. 
«Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni 
o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, 
tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining 
moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq 
me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan 
diniymifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. 
Erami
zgacha bo‘lgan VIII
-VII asrlarda Xindistonda 
Lokayati (bu dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta’limot 
shakllana boshladi. Bu ta’limotning asosi Brixaspati va 
uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy 
qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi 
hayotnin
g bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari 
surdilar. Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar 
(er.avv. VI-
asr) ta’limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 
elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil 
topgan bo‘lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 ele
mentning 


turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin 
va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda xissiyotning 
rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‘lishi 
mumkin deb xisoblaganlar. Xitoydagi dastlabki falsafiy 
ta’limotlarda dunyo abadiy va 5 
unsur 

olov, suv, er, 
daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi. 
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining 
fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan 
tarkib topgan, u Dao degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga 
bo‘ysunadi
. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli 
asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo 
moddiydir, degan ta’limotiga bogliqdir. Dao xaqidagi 
ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi 
dastlabki urinishdir. «Daosizm» «Dao» so‘zidan 
kelib 
chiqqan bo‘lib, «yo‘l», «taraqqiyot», «dunyo negizi» 
ma’nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao
-szi 
bo‘lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama
-qarshiliklar 
bir-
biriga bog‘liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari o‘z
-
o‘ziga zid xolatga aylanib riv
ojlanadi, degan fikr 
yuritiladi. Ta’kidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq 
va yo‘qlik, uzun bilan qisqalik bir
-
birini to‘ldiradi, birin
-
ketin keladi, bir-
biriga bogliq bo‘ladi, tabiatdagi barcha 
mavjudot, barcha xodisalar qaramaqarshiliklarni o‘z 
ichiga oladi. Daosizm vakillari bilishdagi xissiy va 
mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‘rtaga 
qo‘yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini 
kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.Eramizdan oldingi 
V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim 
bo‘lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri 


Konfutsiy bo‘lgan. (er.oldingi 551
-479 yillarda 
yashagan). Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi 
Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. U o‘zining falsafiy 
qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. 
Odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, bir
-birla
riga o‘xshaydilar, 
faqat tarbiyaga ko‘ra, ular bir
-birlaridan farqlanadilar, 
deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‘rtasida o‘zaro 
muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‘lishi kerak. 
Markaziy Osiyo jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot 
va san’at qadi
mdan rivojlangan, tarixi nixoyatda boy 
mintaqalardan biri. Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon 
(Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa 
boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan 
xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, 
E
ron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo 
katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari 
yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston 
deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu 
maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm 
bo‘lgan. Qa
dimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va 
chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda 
dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u 
sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. 
SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela 
boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi 
keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, 
Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga 
bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi 
paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘z
aki ijodining 


eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, 
To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi 
afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining 
vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI 
asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik 
va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. 
Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha 
davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning 
muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan 
qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha 
asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning 
bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik 
Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida 
tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-
iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman 
dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish 
ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi 
dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, 
nabototi, ilm-
fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon 
o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, 
sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 
G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna
-fasod «Avesto»da 
qattiq qoralansa, 
va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, 
samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat
-ikrom kabi odamlar 
o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. 
«Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb 
tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, 
doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har 


qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat 
etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar 
nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim 
falsafiy fikrlardan biri 

insonlarni mehnat qilishga, o‘z 
qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q
-farovon hayot 
kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning 
«Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb 
hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. 
Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, 
ifloslantirish, xayvonla
r o‘ligi u yoqda tursin, odamlar 
jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish 
gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni 
zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini 
maxsus sopol idishlar 

ostadonlarda ko‘mish rasm 
bo‘lgan.SHunday
qilib, «Avesto» yakkaxudochilik 
(vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din 
bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon 
dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz 
tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay 
turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. 
Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning 
uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy 
yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy 
ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, q
abilalar, elatlar 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi 
dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron 
shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z 
mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari 
birlashgan davrlarda yirik qo‘sh
ni davlatlar ular bilan 


hisoblashganlar, savdosotiq aloqalarini kengaytirishga 
intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini 
buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni 
parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq 
tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda 
o‘z ifodasini topgan: 
Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, 
sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, 
maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar 
dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi 
falsafiy fikrlar bor.Eron 
xoqonlari zardushtiylikdan o‘z 
manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik 
uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday 
sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit 
yuzaga keldi. Iroqda tug‘ilgan va dastavval Eron shoxlari 
marha
matiga sazovor bo‘lgan Moniy (216
-277) 
keyincharoq quvg‘inga uchradi va ijodining ko‘p qismini 
Turonda ro‘yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, 
yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik 
nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo‘ldi. U 
yakk
axudolik va xristianlikdan xoloskorlik g‘oyasini, 
Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g‘oyasini oladi. Bu 
ta’limotda Moniy o‘zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. 
Borliqning 2 substansiya asosi - 
yorug‘lik, yaxshilik va 
ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, mate
riya olami o‘zaro 
kurashadi, deb ta’lim beradi. Moniy, birinchi olamda 
xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam 
kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya 
halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy 
ta’limotiga ko‘ra, inson ruh
-nur va jism-zulmat birligidan 


iborat mavjudot bo‘lgani sababli, u zulmat kuchlariga 
qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. 
Moniyning bu ta’limoti avom xalq orasida keng tarqala 
boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni 
ostirib yubordi. Mazdakiylik ham Turonda keng 
tarqalgan. Uning asoschisi Mazdak (470-529) 
zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashga 
boshchilik qilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, olamda 
ezgulik, yorug‘lik manba’i bilan qorong‘ulik (johillik) 
o‘rtasidagi kurashda «yaxshilik» «yomonlik»
ustidan 
g‘alaba qozonadi.Mazdakiylik g‘oyalari Eron va Turonda 
keng yoyilib, saltanat hamda boy-zodagonlar uchun xavf 
soladi. CHunki bu ta’limotga ko‘ra, o‘ziga tinch, boy 
odamlar nochor kishilarga yordam qo‘llarini cho‘zishlari 
kerak edi. Aks holda ular 
mulkining bir qismi zo‘rlik bilan 
qashshoqlarga olib berilardi. Mazdakiylik harakati 
bostirilib, Mazdak qatl etilgan bo‘lsada, ammo uning 
ta’limoti Eron, Turon, Ozarbayjon xalqlarini zulmga, 
adolatsizlikka qarshi kurashida qo‘l keldi. Turonni arablar 
bosib olgach, ularga qarshi kurash (Muqanna, Bobak 
qo‘zg‘alonlari) uchun g‘oyaviy madad rolini o‘ynadiTurk 
hoqonlarining birlashishga qaratilgan otashin 
da’vatlariga qaramay, VII asr oxiri VIII asr boshlariga 
kelib o‘zaro qirg‘inbarot urushlarda, ayniqsa Xitoy 
hoqonlari va Eron shoxlarining bu xalqning orasini 
buzishga qaratilgan makrli tashqi siyosatlari hamda 
bosqinchilik urushlari tufayli Markaziy Osiyo xalqlari 
xoldan toygan edilar. Uning ustiga turli xudolarga 
sig‘inish natijasida g‘oyaviy parokandalik ham 


dushmanga qarshi birlashib kurashishga mone’lik qilardi. 
Parchalanib ketgan va yagona davlatga ega bo‘lmay 
qolgan turk elatlarini bosib olish arab istilochilari uchun 
nisbatan qiyin bo‘lmadi. Ammo bu erksevar xalqni 
butunlay bo‘ysundirib olish qiyin kechdi. So‘gdda, 
CHoch, Ettisuv 

Talas. CHu vodiysi, Ili daryosi bo‘ylari, 
Irtish (Eritish) havzasida, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon 
vodiysi, Tohariston, Buxoro, Samarqandda arab 
bosqinchilariga qarshi katta qo‘zg‘alonlar bo‘ldi. Ayniqsa 
Ishoq Turk (769- 776), Muqanna (767-783) 
boshchiligidagi hamda Rafi’ ibn Lays boshliq So‘g‘d 
qo‘zg‘alonlari arab bosqinchilarini holdan toydirdi. Harbiy 
kuch bilan bu erksevar xalqni boshqarib bo‘lmasligiga 
aqli etgan arab siyosatdonlar islom g‘oyalarini ta’sirli 
mafkuraviy usullar bilan odamlar ongiga singdirish, uni 
xalq maslagiga aylantirish yo‘lini tutdilar. Ular 
zardushtiylik va boshqa dinlarga oid barcha kitoblarni 
yondirdilar, ularga e’tiqod qilganlarni qatl etdilar, ko‘p 
ulamolar boshqa mamlaktalarga qochib, jonlarini saqlab 
qoldilar. Arab tili va yozuviga davlat maqomi berildi. 
Bosqinchilar mahalliy xalq namozgohlarini buzib, 
masjidlar qurdirdilar. Nomozga kelganlarga 2 dirhamdan 
pul in’om etdilar. Islomga o‘tganlarni soliqlarning bir 
qismidan ozod etdilar. SHu tariqa 1-2 a
vlod o‘tgach, 
keyingi avlod to‘lasicha islomni qabul etdi.Arab istilosi 
tufayli g‘arbiy Xitoydan tortib Ispaniyagacha, SHimoliy 
Afrikani o‘z ichiga olgan juda katta xududda imperiya 
yuzaga keldi. Bu yirik markazlashgan davlatning barpo 
bo‘lishi iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy hayotning rivoji 


uchun qulay sharoitlar yaratdi. Iqtisodiy va savdo-sotiq 
rivoji fan oldiga yangi katta talablar qo‘ya boshladi. 
Natijada Bog‘dod, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda 
yirik kutubxonalar vujudga keldi. Madrasalar, mahadlar 
(diniy oliy o‘quv yurtlari) barpo bo‘ldi. Ularda sof diniy 
bilimlardan tashqari, dunyoviy fanlar ham o‘qitila 
boshlandi. Bog‘dodda «Baytul
-ilm» - fanlar akademiyasi 
barpo etildi, unda qadimiy olimlar, ulamolar, faylasuflar, 
ilohiyotchilarning kitoblari to‘plandi. U joyda Markaziy 
Osiyolik ol
imlar ko‘p edi. qadimiy kitoblarni arab tiliga 
tarjima qilish, ularga sharhlar yozish keng tus oldi. 
Ayniqsa xristian ruhoniylarining ta’zyiqi ostida xalq 
xotirasidan chiqarib yuborilgan miloddan avvalgi grek 
olimlarining asarlari tarjima qilingani va ularga sharhlar 
yozilgani indiavidual va ijtimoiy ongda jiddiy 
o‘zgarishlarga olib keldi. Astronomiya, matematika, 
geologiya, geodeziya, geografiya, lingvistika kabi fanlar 
rivojlanishi ta’sirida falsafiy fikrlarda ham yangicha 
yondashuvlar paydo bo‘la boshlad
i. Xalifatdagi 
ijtimoiysiyosiy hayot va uni barqaror qilish maqsadlari 
mahalliy aholining urf-odatlari, marosimlari, umuman 
madaniyatiga yangicha munosabat belgilashni taqoza 
etardi. CHunki bosib olingan mamlakatlardagi iqtisodiy 
va madaniy hayot arablarnikidan ancha ustun turardi. 
Bularni hisobga olmay siyosat va mafkura belgilash 
imperiya asoslariga putur etkazishi mumkin edi. 
Ma’lumki, SHarq falsafasining etakchi yo‘nalishi inson 
qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini 
vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni 


insoniylashtirishga qaratilgan.Co‘fiylik oqim sifatida 
islomgacha xam mavjud bo‘lganini tadqiqotchilar 
ko‘rsatmoqdalar. Masalan, SHamsuddin Boboxonov va 
Abdulaziz Mansurning fikricha, tasavvuf lafzi xijratning 
ikkinchi asrida paydo bo‘lgan bo‘lsa
-da, lekin shu 
mazmunni ifoda etuvchi zoxidlik kabi lafz-istilohlar orqali 
bu yo‘nalish islomdan oldingi davrlarda ham mavjud 
bo‘lganligini qayd etib o‘tadilar. Ammo u islom zaminida 
muayyan bir tizimga kirib, tashkiliy tus olganini aytish 
joizdir.Tasavvuf murakkab diniy-
falsafiy oqim bo‘lib 
xilma-
xil yo‘nalishga ega. Unda 2 ta asosiy goyaviy 
yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlanadi: bu o‘tkinchi dunyo, 
mol-
mulk, mansabga ixlos qo‘yish Allohni unutishga, 
imonsizlikka olib keladi, degan g‘oyaga tayanib, tarki 
dunyochilikni 
targib etganlar; azro‘zi azalda peshonaga 
yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutila 
olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi yo‘nalish –
bu dunyo Alloh tomonidan odamlar, ularning insonlardek 
yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu 
ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga etishi uchun og‘ir, 
mashaqqatli poklanish yo‘lidan borishini tashviq 
etganlar.Tasavvufda Alloh raxmatiga etishishning, inson 
ma’naviy kamolot yo‘lining 4 bosqichi mavjudligi tasdiq 
etiladi. Bular shariat, tariqat, 
ma’rifat va xaqiqatdan 
iborat. SHariat 

diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, 
qur’oni Karim va Xadisi SHarifdagi axloqiy, iloxiy 
ko‘rsatmalarni puxta o‘zlashtirish, aynan izchil sur’atda 
bajarish, xudoga ibodat qilishdir. SHariat xudoni idrok 
bilan tanis
hni ko‘zda tutadi. SHariat talablari, qoidalarini 


bajarmasdan tariqatga o‘tish mumkin emas. Tariqat –
er 
yuzasidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda 
yashab, faqat xudo xaqida o‘ylash, hayol surish, eslash, 
uni qalbdan sevishdan iborat yo‘lni tanlash bosqichidir. 
Ma’rifat –
Ustoz (murshid) yordamida murid (shogird) 
xoll bosqichiga o‘tish bo‘lib, hamma narsa 
- butun 
borliqning asosi Alloh ekanini anglab shu tariqa xudoga 
yaqinlashishdir. Ma’rifatda olam, yulduzlar, Oy, quyosh, 
odamlar, xayvonlar, qushlar, kapalaklar - boshqa jamiki 
narsalar xudoning zuxurotidan iborat, odam ham Alloh 
zuxurining zarrasi hisoblanadi. Haqiqat bosqichida soliq 
o‘zini xudoning visoliga etgan hisoblanib, u bilan 
qo‘shilib ketgan, ya’ni fanoga aylanadi. Markaziy Osiyoda 
fanoga aylanish haqiqatga etishish hisoblanib, soliq 
haqiqat timsoli bo‘lib maydonga chiqadi.


Mavzu: BORLIQ 

FALSAFANING FUNDAMENTAL 
KATEGORIYASI REJA: 1. Ontologiya - borliq falsafasi. 2. 
Falsafada substansiya va materiya muammosi. 3. Tabiat 
tushunchasi, uning tuzilishi, falsafiy mohiyati va 
mazmuni. 4. Inson, odam, shaxs va individuallik 
tushunchalarining mohiyati. Ontologiya falsafiy 
bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda
borliq va yo‘qlik, 
mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir 
masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek 
mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning 
mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada 
faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha 
o‘zaklarga ega bo‘lib (ontos –
borliq, logos 

so‘z, 
ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni 
anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. 
Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida 
falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning 
muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, 
aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi 
tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi 
zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida ontologiya 
har 
qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va 
shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy 
muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. «Borliq» 
kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar 
apparatini tashkil etadigan ko
‘p sonli falsafiy 
kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo 
markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki u har qanday 
predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim 


xususiyatini, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki 
bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga kirishish 
qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‘zligini va o‘zini 
qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch 
keladigan har qanday ob’ektning, borliq
har qanday 
qismining umumiy xossasidir. Inson aqlli jonzot sifatida 
shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z 
dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim 
savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi: 
1. «Men kimman?» 2. «Meni qurshagan borliqning 
mohiyati nimada?» 3. «Borliq qanday va qaerdan paydo 
bo‘lgan?» 4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, 
maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?» Inson bunday 
savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi 
avvalo o‘zi nima bilan bevosita ish ko‘rayotganini qayd 
etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi 
mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan 
boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o‘zini 
qurshagan barcha narsala
r avvalo mavjud bo‘lish 
qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunday 
qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash 
yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha 
masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar 
mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy 
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat 
markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi –
«borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa 
«borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va 


qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan 
almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga 
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda 
quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash 
kelganlar: 6. falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 
7. bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 8. 
unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? Bu savollarga 
keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur 
tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni 
nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar 
tarixiy-
falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari lozimligini 
hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga 
qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab 
yetish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd 
etamiz.


Mavzu: BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI REJA 
1. Komil va barkamol inson tushunchalari. 2. I.Karimov 
asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari. 3. 
Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi. Ma’naviy 
barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan 
avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-
mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi. Inson nihoyatda 
murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, 
uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari 
surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson 
bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan. Masalan, Forobiy 
falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli 
sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob 
fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining 
mazmuni-ba
xtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga 
esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini 
kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa 
mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli 
ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid 
G‘azz
oliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi 
aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini kо‘rsatdi.Ulug‘ 
mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” 
deb hisoblagan. Hayot gо‘zaldir, 
- deydilar shoir va 
mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘
zaldir. Inson 
gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, 
ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson 
odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur 
falsafiy ma’no yotadi. Konfusiy insonni о‘z mohiyatini 
ma’naviy
-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon 


etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning 
insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va 
tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat 
insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, 
nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu ji
hatdan 
qaraganda insondagi ma’naviylik inson va insonlar 
faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan 
omildir. G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik 
mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli 
deb qaraldi. Inson tushunchasiga aniq ta’
rif berish 
uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib 
turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular 
qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa 
mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi 
bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning 
tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri 
uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. 
Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur bо‘lgan 
moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish 
malakasiga ega ekanligi ham ana shunday 
xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat 
asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi 
yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, 
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim 
B.Franklin 
“Inson mehnat qurollarini yaratuvchi 
jonzotdir”, deb ta’riflagan. Oilaviy munosabatlar va 
ma’naviy
-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq 
qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi. Inson о‘z aqli 
tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk 


yaratuvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini 
yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va 
tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har 
tomonlama kamol topishi uchun manba bо‘lib xizmat 
qiladi. Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk 
qudrat 

tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi 
ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik 
xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot 
qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning 
ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, 
mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, 
boshqarish, о‘zini
-
о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, 
qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik 
xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am
-
tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar 
tashkil etadi. Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh 
ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini 
qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti 
hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy 
ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, 
lazzatlanish, boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas. 
Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu 
ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, 
rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy himmatlilik, 
vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga 
olib keladi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, 
iymon-
e’tiqodini mustahkamlaydi. Yuksak 
ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, 
ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat bо‘lishga 


undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat 
mujassamdir. Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, 
ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. 
Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina 
shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
Inson ta’lim
-
tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy 
tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-
ma’naviy 
meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, 
ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta
-sekin 
ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. 
Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar 
paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat 
kо‘rsata boshlaydi. Shaxs tushunchasi inson 
tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U 
о‘zida inson mohiyati
ni, uning mavjudot sifatidagi 
qadriyatini mujassam etadi. Insonning olijanob fazilatlari 
yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos 
bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning 
jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy 
eht
iyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga 
oshirishda yaqqol kо‘rinadi. О‘zbekistonda bozor 
munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson 
shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib 
qoldi. Mamlakatimizda ta’limtarbiya sohasi
da keng 
kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana 
shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va 
shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan. Demokratik 
qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. 
Erkinlik 

insonning intellektual-m
a’naviy kamolotga 


erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson 
yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy 
mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs 
erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida 
rо‘yobga chiqadi. Inson, shaxs tushunchala
ri bilan birga 
fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonmayon ishlatib 
kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, 
hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan. Fuqarolik 
tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa
-
da, asosan о‘rta asrl
ar oxirida feodalizm inqirozga 
uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot 
demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta 
boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la 
boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada 
“sitizen” –
“shaharli”, ruscha “gorojanin 

grajdanin”, 
ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal 
munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli 
a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon 
qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” 
sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi. 
Fuqarolik 

jamiyatning demokratik rivojlanishida 
insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U –
shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu 
davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham 
mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar 
yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka 
ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va 
erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini 
ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqaro
lar 


davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, 
о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. 
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli 
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari 
surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz demokratik, 
fuqarolik jamiyatini qurish va barpo etishdir. Fuqarolik 
jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti 
shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun 
ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror 
topadigan, kо‘
p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura 
va fikrlarning xilma-
xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini
-
о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bо‘lgan 
ijtimoiy tuzum. Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo 
etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi, 
chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson 
omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili 
va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va 
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. 
“Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim 
tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni 
muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib 
borishdan iborat”. 9.2. Ma’naviy barkamol inson 
tushunchasi 
keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy 
barkamol inson 

komil inson tushunchasi bilan 
hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson 
tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham 
bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar 
alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning 


hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan 
barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga 
va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki 
oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining 
barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, 
ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali 
ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash 
vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy 
barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh 
berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo 
etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday 
tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, 
vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va 
qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu 
tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. 
Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat 
berishimizning boisi 

iymoni, e’tiqodi va ahloqiy 
fazilatlari 

qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy 
mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy 
barkamol fuqarolarg
a ega bо‘lgan mamlakatgina 
mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak 
ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, 
qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, 
komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. 
Shuning uchun m
a’naviy barkamol insonni, sohlom 
avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu 
masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz 
sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. 
Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, 


balki sharqona ahloq-
odob va umumbashariy g‘oyalar 
ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” Bu fikrlardan 
kо‘rinib turibdiki, sharqona odob
-ahloq va 
umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi 
yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil 
ins
on hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning 
dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq
-atvor normalari, 
ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib 
turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va 
farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘
ylaydilar. 
Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. 
Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat 
farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy 
rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni 
tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar о‘zlarida 
xalqimizning eng ardoqli fazilatlari 

iymon va insof, 
mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-
nomus, о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, 
insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi 
qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bо‘lishlari 
lozim. Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol 
inson haqida gapirib, quyidagi tо‘rt jihatga e’tiborni 
qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: 
-
о‘z haq
-huquqini 
taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin; 
-
о‘z kuchi va 
imkoniyatlariga taya
nadigan bо‘lsin, imkoniyatlarini ishga 
solib, samarasini kо‘rsin; 
-
atrofida sodir bо‘layotgan 
voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; -
shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan 
uyg‘un holda kо‘rib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol 


inson fazilatlari haqidagi aniq va tо‘liq ta’rifdir. Ma’naviy 
barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik 
ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch 
kelganida qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan 
tuhmatu fitnalar uning ruhini tushira olmaydi. Demak, 
har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, 
ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, 
balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi 
ma’naviyatga ega inson –
fidoyilik, jasorat, mardlik, о‘z 
xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish 
kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning 
insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy
-ahloqiy 
jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy
-
ahloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida 
aytilganlardan kelib chiqib unga quyidagilarni kiritish 
mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas 
butun oila a’zolari, qо‘ni
-
qо‘shnilari, mahalla kо‘yi, 
qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi 
haqida qayg‘urish, tevarak
-atrofdagi insonlar unga kerak 
bо‘lganligi singari, о‘zi ham ularga kerakli bо‘lishga 
intilishi, odob-
ahloqi, fe’l
-atvorini yoqimli qilishini insoniy 
burch deb hisoblash, ota-bobolardan, ajdodlardan 
yodgor bо‘lib qolgan madaniy
-
ma’naviy merosni 
qadrlash, milliy qadriyatlarni e’zozlash
va ularga sodiq 
bо‘lib qolish, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik 
tuyg‘ularining barqaror bо‘lishi; о‘zaro muomala
-
munosabatda о‘rnak bо‘lishga moyillik, birovning og‘irini 
yengil qilishni odat qilish, umumxalq ma’qullagan va 
hukumat tomonidan qabul qilingan Konstitusiyaga 


hurmat va unga sadoqat namunalarini amalda 
kо‘rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, 
harbiy-
vtaanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashash; diyonat, 
adolat, mehr-
shafqat, ezgulikni himoya qilish; va’daga 
vafoli bо‘lish va boshqalar kiradi. Ma’naviy
-m
a’rifiy 
barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga 
mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. 
Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish 
nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy 
iftixor, g‘urur bо‘lmas ekan, fidokorl
ik, vatanparvarlik, 
millatparvarlik kabi xislatlar jо‘sh urmaydi. Mustaqillik 
tafakkuri keng qamrovli bо‘lib, u quyidagilarni о‘z ichiga 
oladi: -
Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish; 
-
xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni 
himoya qilish: -
butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini 
xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar. Mustaqillik 

bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas 
ma’naviyatdir. Shu ma’naviyatni har birimiz avaylab
-
asrashimiz va mustahkamlashimiz davlat ahamiyatiga 
ega bо‘lgan muhim vazifa va burchdir. Shu vazifani 
amalga oshirish va hal qilishda yoshlar va butun xalq 
ongiga mustaqillik ruhini singdirish katta ahamiyat kasb 
etadi. Ma’naviy
-
ma’rifiy barkamollikning qirralaridan 
yana biri milliy iftixordir. Milliy g
‘urur bu milliy iftixordir. 
Milliy g‘urur о‘z xalqining necha ming yillar davomida 
yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, 
tarixiy merosi, urf-
odatlari, an’analari, odob
-ahloqi, 
turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy 
yutuqlari va sa
boqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan 


munosabatda bо‘lish, avaylab
-
asrashdir. О‘z xalqining 
tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini 
bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, о‘z 
millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan, 
kurashmaydigan kishilarda milliy g‘ur
ur ham, millat bilan 
faxrlanish ham, millatparvarlik ham bо‘lmaydi. Bunday 
kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olmaymiz. 
Shunday qilib, yuqorida ma’naviy barkamol inson, uning 
mohiyati va asosiy qirralarining ba’zi jihatlari ustidagina 
fikr yuritdik. U
ning qolgan ba’zi qirralarini navbatdagi 
mavzularda yoritib boriladi. Komil inson tushunchasi 
ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan 
hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil 
inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy 
barkamollikka intilish 

bu komil inson darajasiga 
erishish uchun intilishdir.Komillikka inson butun umri 
davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom 
avlod, ma’naviy barkamol, komil inson –
darajama-
daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib 
chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va 
chegarasi yо‘q. Shu bilan birga ma’naviy
-ahloqiy komillik 
darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men 
ma’naviy
-
ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga 
о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson emas.
Inson 
hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho 
bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar bilan 
bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni 
ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat 
shakllantiradi. Komillikning yо‘li odalar
dan faqat yaxshi 


fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, 
ezgulikka intilishdir. Komil inson biz uchun idealdir. U 
barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi 
mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu 
tuyg‘ularga limmo
-
lim tо‘la pokiza z
ot. Komil inson 
odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni 
о‘zida mujassam etgan insondir. Komil inson haqida 
tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday 
asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli 
risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif 
berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va 
haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu 
iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: 
bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi 
tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi 
fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan 
ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan 
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu 
ishlarga tayyor turadi. Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab 
borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. 
Komil inson 

insonlarning eng mukammali, eng oqili, 
donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib 
chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka 
ahloqiyma’naviy poklanish jarayonida erish
adilar. Komil, 
barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida 
musulmon sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun 
dasturulamal, qо‘llanma vazifasini о‘tagan kо‘p 
pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu о‘rinda 
Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash
о‘rinli: “...bizning 


ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida butun 
bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda 
aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab 
chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman. Ota-
bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar 
davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va 
andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy 
tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no
-
mazmunini tashkil etadi”. Komil inson fazilatlarini о‘zida 
ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz 
mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning 
“Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, 
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning 
“Mahbubul
-
qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi 
muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil 
shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, 
insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona 
fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning “Nasoyimul 
muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, 
uning sharqona faz
ilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga 
ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol 
luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun 
о‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan о‘zini kam 
deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik 
q
ilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish –
yaxshi, muloyim tilli 
bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, 
sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi
-
rizolik bilan kun о‘tkazish, 
riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar. Shu tariqa 
о‘tmishda komil insonning о‘ziga xos ahloq kodeksi 


ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir 
odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson 
haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy
-
ahloqiy, ma’naviy 
ahamiyatga ega. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk 
xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va 
sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon 
va lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, 
qabih ishlar, nojо‘ya hatti
-harakat va qiliqlardan 
saqlanishga kо‘maklashdi, ularda iymon va vijdon 
binosining paydo bо‘lishi va mustahkaml
anishini 
ta’minlab keldi. Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik 
va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib 
yashamog‘imiz lozim. Mustaqil О‘zbekistonning bozor 
munosabatlariga о‘tish sharoitida iymonli bо‘lish, halollik 
va poklik, vijdonl
i va diyonatli bо‘lish nechog‘lik zarur 
ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil 
insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va 
teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz 
avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
a
tvori bilan о‘zgalarga ibrat bо‘ladigan bilimli,ma’rifatli 
kishilarni tushunamiz”. Boshqa ibora bilan aytadigan 
bо‘lsak, Allohning о‘zi biz insonlarga buyurgan komil 
inson bо‘lish, halollik, tо‘g‘rilik, poklik va adolat bilan kun 
kechirish kabi kо‘pdan
-
kо‘p olijanob fazilatlarning ma’no
-
mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday 
xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga doimo amal qilib 
yashash- 
odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini 
belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi. Uning 
shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim 


fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy 
komillik, ahloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga 
halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, 
professonal iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur va 
boshqalar. Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, 
turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning 
intilishlari bilan bog‘lab komil inson chizgilariga quyidagi 
xislat va fazilatlar kirishiin umumiy tarzda bayon 
etishimiz mumkin: Komil insonning umumiy xislatlari: 
yoqimlilik, kо‘rkamlik, jo
zibadorlik, salobatlilik, hurmatga 
sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, о‘ziga xoslik, 
yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va 
boshqalar. Komil insonning ahloqiy fazilatlari: 
insonparvarlik, dо‘stlik, g‘amxо‘rlik, jonkuyarlik, 
samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, 
xushmuomalali, boadabli, iltifotli bо‘lishlik, kechirimlilik, 
mehmondо‘stlik, halollik, tо‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan 
hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va 
hokazolar. Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, 
tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, 
halollik, malakalilik, epchillik, udaburonlik, saranjom-
sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, 
ta’masizlik, tavakkalchilik va boshqalar. Zukkolik, 
idroklilik f
azilatlari: zehnli, bama’ni, xotirjamlik, sog‘lom 
fikrli, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, 
notiqlik, tanqidiylik, dalillik, omilkorlik, savodxonlik, 
qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar. Ehtiroslilik xislatlari: 
kо‘tarinkilik, tantanavorli
k, kulib turuvchanlik, hazinlik, 
kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, 


otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, hijolatpazlik, iffatlilik 
va hokazolar. Xulosa Ayni shu xislat va fazilatlarni 
yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, 
sog‘lom va komil inson qilib voyaga yetkazishda ta’lim

tarbiya tizimi va ota-on
a tarbiyasining tо‘g‘ri qо‘yilishi 
muhim rol о‘ynaydi. Vatan, millatning kelajak poydevori 
bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, 
xalqimizning ertangi kuni bо‘lmish farzandlarimizning 
bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq, chunki 
inso
n qalbiga yо‘l avvalo ta’lim
-tarbiyadan boshlanadi. 
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har 
bir bola timsolida avvalo buyuk kelajakni yaratuvchi 
shaxsni kо‘rishi zarur. Mustaqillik ruhida yangicha 
fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik 
burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bо‘lishi darkor. 
Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: 
“Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, 
balki “Men о‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” 
deb о‘ylashimiz va h
ar dam shu aqida bilan yashashimiz 
kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: Falsafa. Q. Nazarov 
tahriri ostida. Toshkent, 2000. Filosofiya. Pod red. V.P. 
Koxanovskogo.- Rostov-na-Donu, 1999. Falsafa. E. 
Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999. Osnov filosofii. 
Pod. red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent, 1998. 
Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998. 
Spirkin A.G. Filosofiya. Moskva, 1998. Alekseev P. V., 
Panin A. V. Filosofiya. Moskva, 1997. To’lenov J.T., 
G’ofurov Z.G’. Falsafa. Toshkent, 1997. Nemiro
vskaya 


Mavzu: Inson hayotida mantiq ilminng ahamiyati Reja: 
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 2. 
Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni. 3. Tushunchaning 
ta'rifi, tuzilishi va turlari. 4. Tushunchalar bilan 
bajariladigan mantiqiy amallar. Kеlib chiqishiga ko’ra 
arabcha bo’lgan “mantiq” (grеkcha–
logos) atamasi 
«fikr», «so’z», «aql», «qоnuniyat» kabi ma’nоlarga ega. 
Uning ko’pma’nоligi turli хil narsalarni ifоda qilishda o’z 
aksini tоpadi. Хususan, mantiq so’zi, birinchidan, 
оb’еktiv оlam qоnuniyatlarini (masalan, «оb’еktiv 
mantiq», «narsalar mantig’i» kabi ibоralarda), 
ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo’lish shakllari va 
taraqqiyotini, Shu jumladan, fikrlar o’rtasidagi 
alоqadоrlikni хaraktеrlaydigan qоnun
-
qоidalar yig’indisini 
(masalan, «sub’еktiv mantiq» ibоrasida) va uchinchidan, 
tafakkur shakllari va qоnunlarini o’rganuvchi fanni ifоda 
etishda ishlatiladi. Mantiq ilmining o’rganish оb’еktini 
tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so’z 
bo’lib, o’zbеk tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so’z
larining 
sinоnimi sifatida qo’llaniladi. Tafakkur bilishning yuqоri 
bоsqichidir. Uning mоhiyatini yaхshirоq tuShunish uchun 
bilish jarayonida tutgan o’rni, bilishning bоshqa shakllari 
bilan bo’lgan munоsabatini aniqlab оlish zarur. Bilish 
vоqеlikning, Shu jumladan, оng hоdisalarining insоn 
miyasida sub’еktiv, idеal оbrazlar shaklida aks etishidan 
ibоrat. Bilish jarayonining asоsini va охirgi maqsadini 
amaliyot tashkil etadi. Barcha hоllarda bilish insоnning 
hayotiy faоliyati bilan u yoki bu darajada bоg’liq
bo’lgan, 
uning ma’lum bir ehtiyojini qоndirishi mumkin bo’lgan 


narsalarni tuShunib еtishga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bilish 
jarayonini amalga оshirar ekan, kishilar o’z оldilariga 
ma’lum bir maqsadni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lоzim 
bo’lgan prеdmеtlar dоirasi, tadqiqоt yo’nalishi, shakllari 
va mеtоdlarini bеlgilab bеradi. Bilish murakkab, 
ziddiyatli, turli хil darajalarda va shakllarda amalga 
оshadigan jarayondir. Uning dastlabki bоsqichini hissiy 
bilish 

insоnning sеzgi оrganlari yordamida bilishi 
tashkil etadi. Bu bоsqichda prеdmеt va hоdisalarning 
tashqi хususiyatlari va munоsabatlari, ya’ni ularning 
tashqi tоmоnida bеvоsita namоyon bo’ladigan va 
Shuning uchun ham insоn bеvоsita sеza оladigan 
bеlgilari haqida ma’lumоtlar оlinadi. Hissiy bilishning 
barcha shakllariga хоs bo’lgan хususiyatlari qatоriga 
quyidagilar k
iradi: Birinchidan, hissiy bilish оb’еktning 
(prеdmеtning yoki uning birоrta хususiyatining) 
sub’еktga (individga, to’g’rirоg’i, uning sеzgi оrganlariga) 
bеvоsita ta’sir etishini taqоzо etadi. Tasavvur ham 
bundan istisnо emas. Unda оbrazi qayta hоsil 
etila
yotgan (yoki yaratilayotgan) prеdmеt emas, u bilan 
bоg’liq bo’lgan bоshqa prеdmеt–signal ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sеzgi, idrоk va 
tasavvur prеdmеtning tashqi хususiyatlari va 
munоsabatlarini aks ettiradi. Uchinchidan, hissiy bili
sh 
shakli prеdmеtning yaqqоl оbrazidan ibоrat. 
To’rtinchidan, hissiy bilish kоnkrеt individlar tоmоnidan 
amalga оshirilganligi uchun ham har bir alоhida hоlda 
kоnkrеt insоnning sеzish qоbiliyati bilan bоg’liq tarzda 
o’ziga хоs хususiyatga ega bo’ladi. Bеsh
inchidan, hissiy 


bilish bilishning dastlabki va zaruriy bоsqichi hisоblanadi. 
Usiz bilish mavjud bo’la оlmaydi. Chunki insоn tashqi 
оlam bilan o’zining sеzgi оrganlari оrqali bоg’langan. 
Bilishning kеyingi bоsqichi, bоshqa barcha shakllari 
sеzgilarimiz bеrgan ma’lumоtlarga
tayanadi. Bundan 
kеlib chiqadigan хulоsa Shuki, hissiy bilish tafakkur bilan 
uzviy bоg’liq. Хususan, nazariy bilimlarning chinligi охir
-
оqibatda empirik talqin qilish yo’li bilan, ya’ni tajribada 
bunday bilimlarning оb’еktini qayd etish оrqali 
asоslanadi.
O’z navbatida, hissiy bilish, umuman 
оlganda, aql tоmоnidan bоshqarilib turadi, bilish оldida 
turgan vazifalarni bajarishga yo’naltiriladi, ijоdiy 
fantaziya elеmеntlari bilan bоyitiladi. Prеdmеt va 
hоdisalarning mоhiyatini tuShunishga tafakkur 
yordamida e
rishiladi. Tafakkur bilishning yuqоri
-
rastiоnal 
(lоtincha ratio –
aql) bilish bоsqichi bo’lib, unda prеdmеt 
va hоdisalarning umumiy, muhim хususiyatlari 
aniqlanadi, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy alоqalar, ya’ni 
qоnuniy bоg’lanishlar aks ettiriladi. Tafak
kur quyidagi 
asоsiy хususiyatlarga ega: 1. Tafakkurda vоqеlik 
mavhumlashgan va umumlashgan hоlda in’ikоs qilinadi. 
Hissiy bilishdan farqli o’larоq, tafakkur bizga 
prеdmеtning nоmuhim, ikkinchi darajali (bu оdatda 
bilish оldida turgan vazifa bilan bеlgilanadi) bеlgilaridan 
fikran chеtlashgan, mavhumlashgan hоlda, e’tibоrimizni 
uning umumiy, muhim, takrоrlanib turuvchi 
хususiyatlariga va munоsabatlariga qaratishimizga 
imkоn bеradi. 2. Tafakkur bоrliqni nafaqat bеvоsita, 
balki bilvоsita tarzda ham aks ettira о
ladi. Unda Yangi 


bilimlar tajribaga har safar bеvоsita murоjaat etmasdan, 
mavjud bilimlarga tayangan hоlda hоsil qilishi mumkin. 
Fikrlash bunda prеdmеt va hоdisalar o’rtasidagi 
alоqadоrlikka asоslanadi. 3. Tafakkur insоnning ijоdiy 
faоliyatidan ibоrat. Unda bilish jarayoni
bоrliqda rеal 
analоgiga ega bo’lmagan narsalar –
yuqоri darajada 
idеallashgan оb’еktlar (masalan, absоlyut qattiq jism, 
idеal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli хil fоrmal 
sistеmalarni qurish bilan kеchadi. Ular yordamida 
prеdmеt va hоdisalarning eng murakkab хususiyatlarini 
o’rganish, hоdisalarni оldindan ko’rish, bashоratlar qilish 
imkоniyati vujudga kеladi. 4. Tafakkur til bilan uzviy 
alоqada mavjud. Fikr idеal hоdisadir. U faqat tilda –
mоddiy hоdisada (tоvush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) 
r
еallashadi, bоshqa kishilar bеvоsita qabul qila оladigan, 
his etadigan shaklga kiradi va оdamlarning o’zarо fikr 
almashish vоsitasiga aylanadi. Bоshqacha aytganda, til 
fikrning bеvоsita vоqе bo’lish shaklidir. Tafakkur shakli 
va tafakkur qоnuni tushunchalari Tafakkur uch хil 
shaklda: tushuncha, hukm (mulоhaza) va хulоsa 
chiqarish shaklida mavjud. Tafakkur shakli fikrning 
mazmunini tashkil etuvchi elеmеntlarning bоg’lanish 
usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Ma’lumki, ayrim 
prеdmеtlar, ularning sinfi (to’plami) kishilar tafakkurida 
turli хil mazmunga ega bo’lgan tushunchalarda aks 
ettiriladi. Agar tushuncha aks ettirayotgan prеdmеtni A 
bilan, unda fikr qilinayotgan muhim bеlgilarni, ya’ni 
fikrlash elеmеntlarini a, v, s,..., n bilan bеlgilasak, 
tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) 


shaklida simvоlik tarzda ifоdalash mumkin. Hukmlarda 
prеdmеt bilan uning хоssasi, prеdmеtlar o’rtasidagi 
munоsabatlar, prеdmеtning mavjud bo’lish yoki 
bo’lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkоr shaklda 
ifоda etiladi.. Masalan, “Daraхt –
o’simlik”.
“Tеrak –
daraхt”. Dеmak, “Tеrak –
o’simlik”. yoki “Har bir 
kimyoviy elеmеnt o’z atоm оg’irligiga ega”. “Mis –
kimyoviy elеmеnt”. Dеmak, “Mis o’z atоm оg’irligiga 
ega” kabilar. Bu хulоsa chiqarish hоllari mazmuni 
bo’yicha turlicha bo’lishiga qaramasdan, bir хil mantiqiy 
strukturaga ega. Har ikkalasida хulоsani tashkil etuvchi 
tushunchalar хulоsa chiqarish uchun asоs bo’lib хizmat 
qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi 
misоlda –
«daraхt», ikkinchi misоlda –
«kimyoviy 
elеmеnt» tushunchasi) оrqali bоg’langan. Tushuncha, 
hukm (mulоhaza) va хulоsa chiqarish tafakkurning 
univеrsal mantiqiy shakllari, uning asоsiy strukturaviy 
elеmеntlari hisоblanadi. Muhоkama yuritish ana Shular 
va ularning o’zarо alоqalarga kirishishi natijasida 
vujudga kеladigan bоshqa mantiqiy strukturalar 
(masalan, muammо, gipоtеza, nazariya, g’оya va Shu 
kabilar)da amalga оshadi. Muhоkama yuritishda 
ishоnchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari 
qatоriga fikrning chin bo’lishi va fоrmal jihatdan to’g’ri 
qurilishi kiradi. C
Hin fikr o’zi ifоda qilayotgan prеdmеtga 
muvоfiq kеluvchi fikr hisоblanadi (masalan, «tеmir –
mеtall»). Хatо fikr prеdmеtga mоs kеlmaydigan fikrdir 
(masalan, «tеmir –
mеtall emas»). Fikrning chin yoki 
хatо bo’lishi uning mazmuniga tеgishli хususiyatlaridir



Fikrning chin bo’lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy 
sharti bo’lsa
-
da, o’z hоlicha yetarli emas. Fikr muhоkama 
yuritish jarayonida fоrmal jihatdan to’g’ri qurilgan ham 
bo’lishi kеrak. Bu хususiyat fikrning shakliga taalluqli 
bo’lib, tafakkurda hоsil bo’ladigan turli хil mantiqiy 
strukturalarda sоdir bo’ladigan har хil mantiqiy 
amallarda o’z aksini tоpadi. Fikrni to’g’ri qurishga 
tafakkur qоnunlari talablariga riоya qilgandagina erishish 
mumkin. Tafakkur qоnuni muhоkama yuritish jarayonida 
qatnashayotga
n fikrlar (fikrlash elеmеntlari) o’rtasidagi 
mavjud zaruriy alоqalardan ibоrat. Muhоkamani to’g’ri 
qurish bilan bоg’liq talablar haqida gapirganda, birinchi 
navbatda, ularning muayyan prinstiplar, qоidalar tarzida, 
ya’ni to’g’ri tafakkur prinstiplari sifat
ida amal qilishiga 
e’tibоr bеrish zarur. Mazkur qоidalarning buzilishi 
muhоkamaning nоto’g’ri qurilishiga sabab bo’ladi. 
Bunda, хususan, chin fikrlardan хatо хulоsa chiqishi 
(masalan, «Qоnun –
riоya qilish zarur bo’lgan huquqiy 
hujjat», «Buyruq 

qоnun emas», dеmak, «Buyruq –
riоya qilish zarur bo’lgan huquqiy hujjat emas») yoki 
хatо qurilgan muhоkamadan chin хulоsa chiqishi 
(masalan, «Barcha mоddiy jismlar –
kimyoviy 
elеmеntlar», «Tеmir –
mоddiy jism», dеmak, «Tеmir –
kimyoviy elеmеnt») mumkin. Tafakkur ko’p qirrali 
jarayon bo’lib, uni turli хil tоmоnidan, хususan, mazmuni 
va shakli (strukturasi) bo’yicha, tayyor hоlida yoki kеlib 
chiqishi va taraqqiyotida оlib o’rganish mumkin. 
Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil 
etadi, uning turlicha mеtоdlardan fоydalanishiga, har хil 


yo’nalishlarga ajralishiga sabab bo’ladi. Mantiq fanining 
prеdmеti Fоrmal mantiq to’g’ri tafakkur shakllari va 
qоnunlarini o’rganuvchi fan sifatida Mantiq kеng 
ma’nоda оlamdagi qоnuniy, zaruriy bоg’lanish va 
alоqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning 
ichki 
alоqadоrligi, tadrijiy rivоjlanishi, turli fikrlar o’rtasidagi 
mantiqiy bоg’lanishlarni ifоdalaydi. Tafakkur vоqеlikni 
umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy 
shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va hulоsa chiqarish 
hamda ular o’rtasidagi alо
qalar shaklida aks ettirib, 
ma’lum mantiqiy qоnun –
qоidalarni vujudga kеltiradiki, 
to’g’ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan hоli fikrlash ana Shu 
qоnun –
qоidalarga amal qilishni taqоza etadi. 
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziоlоgiya, 
psiхоlоgiya, dialеktika, kibеrnеtika fanlari ham o’z 
prеdmеti nuqtayi nazaridan o’rganadi. Grammatika 
mantiq faniga yaqin. Tushuncha va hukmlarning 
ifоdalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning rоli 
katta. Birоq yuqоrida tilga оlingan fanlarning har biri 
taf
akkurga o’z nuqtayi nazaridan yondоshadi, uning turli 
qirralarini оchib bеradi. Mantiq fani insоn tafakkurining 
eng umumiy shakllari, qоnunlari va fikrlash usullarini 
o’rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivоjlantiradi, insоnda 
umumiy tushunchalar, katеgоriyalar bilan ish ko’rish 
ko’nikmalarini hоsil qiladi. Bu esa, bugungi fan tехnika 
rivоji jadallashgan sharоitda ilmiy tadqiqоtlar оlib bоrish 
hamda ilmiy 

nazariy ma’lumоtlarni samarali tahlil 
qilishda muhim rоl o’ynaydi. Fоrmal va dialеktik mantiq 
fanlari F
alsafiy adabiyotlarda dialеktik mantiq bilan 


fоrmal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning 
birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivоjlanishida оlib 
qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida 
o’rganadi. Shuningdеk, dialеktik mantiq tafakkurni uning 
mazmuni va shakli birligida оlib o’rgansa, fоrmal mantiq 
fikrning shaklini uning kоnkrеt mazmunidan chеtlashgan 
hamda nisbatan mustaqil hоlda оlib tadqiq etadi. 
Shuning uchun dialеktik mantiq fikrlarimizning 
taraqqiyoti, rivоjlanishini, fоrmal mantiq esa nisbiy 
turg’unligini aks ettiradi. Dialеktika fikrlashning fоrmal 
mantiq qоnun –
qоidalariga amal qilishni taqazо etadi. 
Dialеktika ham, fоrmal mantiq ham hamma vaqt falsafa 
tarkibida rivоjlanib kеlgan. Dialеktika esa rivоjlanish 
jarayonida aynanlik, tafоvutlar va qarama –
qarshiliklar 
dara
jasiga ko’tariladi, nоzidlik taraqqiyot manbai 
bo’lmay, balki ular o’rtasidagi qarama –
qarshilik 
taraqqiyotni ta’minlaydi, dеb ko’rsatadi. Matеmatik 
mantiq fani Matеmatik mantiq –
fikrlash jarayonini turli 
simvоllar yordamida, matеmatik usul asоsida o’rga
nadi. 
Bu ta’limоt mantiq fanining rivоjlanishidagi Yangi 
bоsqich hisоblanadi. Mantiqiy jarayonni matеmatik 
usullar yordamida ifоdalash asоsan XIX asrlarga kеlib 
rivоjlana bоshladi. Bu davrda yashagan rus оlimi I. S. 
Pоrеstkiy, nеmis va ingliz оlimlari J. Bul, Furе, Mоrgan, 
SHryodеr kabilar o’zlarining asarlarida bu masalaga оid 
muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hоzirgi vaqtda matеmatik 
mantiq mеtоdlari fan va tехnikada, kibеrnеtikada 
tarjimоn mashinalarda va bоshqa ko’p halq хo’jaligi 
sоhalarida qo’llanilmоqda. Mantiq fanining yo’nalishlari 


Fоrmal mantiq 

fikrlashning tuzilishi va uning qоnunlari 
haqidagi fandir. Fоrmal mantiq fikrlashning rivоjlanishini, 
uning takоmillashish jarayonini o’rganishni o’zidan sоqit 
qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini 
o’rganadi. Insоnning fikrl
ash shakli, tuzilishi turli 
qоnunlarga asоslanadi va ularni kеltirib ham chiqaradi. 
Mantiqiy shakllarni simvоllar yordamida ifоda etish 
mumkin.. Klassik mantiqdan farq qiluvchi hоzirgi zamоn 
mantig’i turli yo’nalishlardan ibоrat bo’lib, ular birgalikda 
nоklassik mantiq dеb nоmlanadi. Ko’p ma’nоli mantiq 
hоzirgi zamоn nоklassik mantig’ining bir tarmоg’i bo’lib, 
fikrlashni «chin», «хatо», «qisman chin», «qisman 
хatо», kabi tushunchalar оrqali ifоdalaydi. Agar umumiy 
fоrmal mantiqda mulоhazalar ikki qiymatli (
chin yoki 
хatо) bo’lsa, ko’p ma’nоli mantiqda mulоhazalar uch va 
undan оrtiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq «ko’p 
ma’nоli mantiq» dеb yuritiladi. Bu mantiqda eng оddiy 
sistеma uch ma’nоlidir Induktiv mantiq (lоt. Intuitio –
dikqat bilan e’tibоr bеris
h, diqqat bilan kuzatish) 

Хоzirgi zamоn nоklassik mantig’i tarmоg’i bo’lib, 
matеmatik intuistiya prinstiplaridan kеlib chiqadi. Bu 
prinstiplar XX asr оlimlari L. E. Brauer va A. Gеytinglar 
tоmоnidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, nеmis оlimi Kantоr 
ishlab c
hikqan to’plam nazariyasi bir nеcha hal qilib 
bo’lmaydigan paradоkslarga uchragandan so’ng, bu 
krizisdan qutilish uchun lоgistizm, fоrmalizm, 
kоnstruktivizm, intuistiоnizm kabi оqimlar paydо bo’ladi. 
Bular bunday ziddiyatni fоrmal mantiq asоsida hal 
qilishga harakat qildilar. Mantiq fani va ilmiy bilish 


mеtоdоlоgiyasi Mantiq bilish, to’g’ri fikrlash mеtоdlarini 
o’rganuvchi fandir. Ilmiy bilish jarayonida mеtоd 
muammоsi qadimgi davr falsafasida qo’yilgan.Хususan, 
Sоkrat mayеvtika usulini, Dеmоkrit “Kanоn”larda 
(kanоn
-
mеzоn, qоida) tayyor bilimlarning chin 
yoki 
хatоligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. Aristоtеl 
“Оrganоn”ida (оrganоn
-
bilish qurоli) fikrni mantiqan 
to’g’ri qurish va chin bilim hоsil qilish vоsitalarini tadqiq 
etgan. Kеyinchalik mantiq kanоnmi yoki оrganоnmi?, 
dеgan savоl mantiqda kеng
muhоkama qilingan. Yangi 
davrda F. Bekоn birinchilardan bo’lib mеtоd muammоsini 
mantiq fani dоirasida taхlil qilgan. R. Dеkart va I. 
Kantlar ham bu masalaga alоhida e’tibоr qaratganlar. 
Gеgеl mеtоdоlоgiya rivоjiga muhim хissa qo’shdi. 
Albatta, ilmiy bilis
h jarayonida har bir fan kоnkrеt 
tadqiqоt оb’еktiga ega ekan, o’zining maхsus tadqiqоt 
usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bоr 
qo’shimcha qilish prinstipini kiritgan. Ba’zi bir fanlar 
tadqiqоt оb’еktlari bo’yicha bir –
biriga yaqin bo’lga
ni 
uchun, ularning tushunchalari, qоnunlari va mеtоdlari 
ham bir 

biriga yaqindir. Хususan, bilishda хususiylik va 
umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. 
Ko’pchilik fanlarda qo’llaniladigan usullar umumiy usul 
dеyiladi. Umumiy usul qo’llanilishi dоirasiga ko’ra 
umumiy bo’lgani bilan o’z maхsus vazifasiga ega. 
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqоtning 
хususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud bo’lib, 
ular o’zarо bir –
biriga bоg’liq. Ilmiy bilish mеtоdlarining 
nazariy asоsi rivоjlanib bоrayotgan fanning eхtiyojlari 


taqоzasi bilan yuzaga kеlgan bo’lib, u tabiat, jamiyat va 
insоn оngining murakkab hоdisalarini to’g’ri оb’еktiv 
talqin etishga, fanning tabiiy alоqalarini оchishga imkоn 
bеradi. Hоzirgi davrda ilmiy bilish faоliyatining 
takоmillashgan shakllari va usullari, tartib qоidalari, 
mantig’i va tuzilmalari fanda Yangi –
Yangi yutuqlarni 
qo’lga kiritish imkоnini yaratmоqda. Mantiq fanining 
vazifalari Tafakkur shakllari va qоnunlarini o’rganish, 
ulardan оngli ravishda fоydalanish fikrlash madaniyatini 
o’stiradi, хususan, fikrni to’g’ri qurish malakasini 
rivоjlantiradi, bahs yuritishda o’zining va bоshqalarning 
fikriga tankidiy munоsabatda bo’lishga, suhbatdоshining 
mulоhazalaridagi хatоlarni aniqlashga, argumеntlashdagi 
zaif bo’g’inlarni оchib tashlashga yordam bеradi

Muhоkamani to’g’ri qurish, fоrmal ziddiyatlar, хatоlarga 
yo’l qo’ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o’ziga хоs 
san’at
-
mantiq san’ati hisоblanadi. Bu san’atning nazariy 
asоslarini chuqur egallagan kishigina uning 
imkоniyatlarini amaliy muhоkama yuritishda namоyish 
qila оladi. Fоrmallashgan til quyidagi talablarga javоb 
bеrishi kеrak: 1. Asоsiy bеlgilar aniq ifоda qilingan 
bo’lishi kеrak. Bu bеlgilar asоsiy tushunchalar, 
atamalarni ifоdalaydi. 2. Ta’riflashning barcha qоidalari 
ko’rsatilgan bo’lishi kеrak. Bu qоidalarga asоslangan 
hоlda mavjud bеlgilar yordamida Yangi, qisqarоq bеlgilar 
hоsil qilinadi. 3. Fоrmulalarni tuzishning barcha qоidalari 
bеrilgan bo’lishi kеrak. Bunga misоl qilib 
tushunchalardan gap hоsil qilish qоidalarini ko’rsatish 
mumkin. 4. Хulоsa chiqarish qоidalarining barchasi 


ko’rsatilgan bo’lishi kеrak. Bu qo’llaniladigan bеlgilarning 
(so’z, gap, simvоllar) grafik usul bilan ifоdalanishiga 
tеgishlidir. 5. Qo’llaniladigan bеlgilarning ma’nоsini talqin 
qilish qоidalari ko’rsatilgan bo’lishi kеrak. Fоrmallashgan 
tilga ega bo’lgan
mantiq chin fikrni ifоda qiluvchi bir 
fоrmula yordamida хuddi Shunday chin fikrni ifоda 
qiluvchi bоshqa fоrmulani kеltirib chiqara оladi. Bunda 
bеrilgan fikrning kоnkrеt mazmuni e’tibоrga оlinmaydi. 
Fоrmallashgan tilning ustunligi Shundaki, unda mantiqiy 
хulоsa chiqarishda ko’zda tutilmagan asоslarning 
qatnashib qоlishi mumkin emas. Matеmatika va 
mantiqning ko’p masalalari faqat mana Shu yo’l bilan 
еchilishi mumkin. Nihоyat, fоrmallashgan tilning yana bir 
qimmatli tоmоni Shundaki, unda bir sоhada yaratilga

fоrmallashgan tildan bоshqa bir sоhaga оid masalalarni 
еchishda fоydalanish mumkin. Mulоhazalar mantig’i 
hukmlarining ichki tuzilishini o’rganishdan chеtlashib, 
ularning o’zarо mantiqiy alоqasini hisоbga оlgan hоlda 
muhоkama etish jarayonini tahlil qilad
igan 
fоrmallashgan mantiqiy tizimdir. Mulоhazalar mantig’i tili 
alifbоsi ifоdalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o’z 
ichiga оladi. Хususan, bu til alifbоsi quyidagilardan 
tashkil tоpgan: 1. r, q, r –
prоpоzistiоnal o’zgaruvchilar, 
ya’ni hukmlar uchun simvоllar. 2. –
kоn’yunkstiya 
bеlgisi; u o’zbеk tilidagi «va», «ham», «hamda» kabi 
bоg’lоvchilarga to’g’ri kеladi. Masalan, «Ma’ruza tugadi 
(r) va uning muhоkamasi bоshlandi (q)», dеgan hukmni 
p q shaklida ifоda qilish mumkin. 3. –
dizyunkstiya 
bеlgisi; u o’zbеk tilida «yo», «yoki», «yoхud» kabi 


so’zlarga to’g’ri kеladi. Masalan, «Elеktr tоki yo 
o’zgaruvchan (r), yo o’zgarmas bo’ladi (q)», dеgan 
hukm p q shaklida yoziladi. 4. → –
implikastiya bеlgisi; 
unga o’zbеk tilida «Agar... bo’lsa, ... bo’ladi», dеgan 
ifоda to’g’ri kеladi. Masalan, «Agar tala
ba mustaqil 
ishlasa (r), o’quv matеriallarini yaхshi o’zlashtiradi (q)» 
dеgan hukm p→q shaklida yoziladi. 5. –
ekvivalеntlik 
bеlgisi; unga o’zbеk tilida «Faqat va faqat Shundaki...» 
dеgan ibоra to’g’ri kеladi. Masalan, «Faqat juft 
sоnlargina (r) ikki ga qоldiqsiz bo’linadi (q)», dеgan 
hukm r q tarzida yoziladi. 6. 

inkоr qilish bеlgisi. 
Masalan, «Ahmеdоv Anvar talabadir» (r) dеgan hukm 
inkоr qilinganda «Ahmеdоv Anvar talaba emas» r 
hukmiga aylanadi, ya’ni r o’zining inkоri bo’lgan r ga 
o’zgaradi. Prеdikatlar mantig’i –
muhоkama jarayonini 
hukmlarning ichki tuzilishini hisоbga оlgan hоlda 
o’rganuvchi fоrmallashgan mantiqiy tizimdir. Prеdikatlar 
mantig’i alifbоsi mulоhazalar mantig’i alifbоsiga Yangi 
simvоllar qo’shish оrqali hоsil qilinadi. Ular quyidagilar:
1. a, v, s,..., 

prеdmеt nоmlarini ifоdalоvchi simvоllar, 
ular kоnstantlar dеb ataladi. 2. х, u, z,..., –
prеdmеtlarning umumiy nоmlarini bildiruvchi simvоllar. 
3. R1 , Q1 , R1 ... , Pn , Qn , Rn 

prеdikatоrlar uchun 
simvоllar; bunda 1–
bir o’rinli prеdikatоrni, n–n o’rinli 
prеdikatоrni bildiradi. 4. Hukmning miqdоrini bildiruvchi 
simvоllar: –
umumiylik kvantоri; unga o’zbеk tilida 
«barcha», «har bir», «hеch bir» kabi so’zlar to’g’ri 
kеladi. (x)P(x) ko’rinishida yoziladi. –
mavjudlik kvantоri; 
unga o’zbеk tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so’zlar to’g’ri 


kеladi. Mulоhazalar mantig’i va prеdikatlar mantig’i 
natural хulоsa chiqarish tizimi (yoki aksiоmatik) tizim 
sifatida qurilishi mumkin. Fоrmal mantiqning asоsiy 
qоnunlari (prinsplari) Falsafada qоnun tushunchasi narsa 
va hоdisalarning muhim, zaruriy, umumi
y, nisbiy 
barqarоr munоsabatlarini ifоdalaydi. Mantiq ilmida 
qоnun tushunchasi fikrlash elеmеntlari o’rtasidagi ichki, 
muhim, zaruriy alоqadоrlikni ifоdalaydi. Mantiqiy 
tafakkur ikki turdagi qоnunlarga bo’ysunadi. Ular 
dialеktika qоnunlari va fоrmal mantiq
qоnunlaridir. 
Dialеktika qоnunlari оb’еktiv оlam va bilish jarayoniga 
хоs bo’lgan eng umumiy qоnunlar bo’lib, dialеktik 
mantiqning o’rganish sоhasi hisоblanadi. Fоrmal mantiq 
qоnunlari esa faqat tafakkurdagina amal qiladi. Fоrmal 
mantiq qоnunlari (yoki tafakkur qоnunlari) dеyilganda 
fikrlashga хоs muhim, zaruriy bоg’lanishlar tuShuniladi. 
Tafakkur qоnunlari оb’еktiv vоqеlikning insоn miyasida 
uzоq vaqt davоmida aks etishi natijasida vujudga kеlgan 
va shakllangan. Bu qоnunlar fikrlashning to’g’ri amalga 
оshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo’lgan 
tushunchalar, mulоhazalar (hukmlar) hamda хulоsa 
chiqarishning shakllanishi va o’zarо alоqalarini ifоdalaydi. 
Tafakkur qоnunlariga amal qilish to’g’ri, tuShunarli, aniq, 
izchil, ziddiyatsiz, asоslangan fikr yuritishga imkоn 
bеradi. Ayniyat qоnuni Birоr buyum yoki hоdisa haqida 
fikr yuritilganda, ularga хоs bo’lgan barcha muhim 
bеlgilar, tоmоnlar qamrab оlinadi. Prеdmеt haqidagi fikr 
nеcha marta va qanday hоlatlarda takrоrlanishiga 
qaramasdan dоimiy, o’zgarmas va qat’iy mazmunga ega 


bo’ladi. Tafakkurga хоs bo’lgan bu aniqlik хususiyati 
ayniyat qоnunining mоhiyatini tashkil etadi. Ayniyat 
qоnuniga ko’ra, ma’lum bir prеdmеt yoki hоdisa haqida 
aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhоkama dоirasida ayni 
bir vaqtda o’z
-
o’ziga tеngdir. Bu qоnun
fоrmal mantiq 
ilmida «A
–A» dir fоrmulasi bilan ifоdalanadi. Ayniyat 
qоnuni simvоlik mantiq ilmida, ya’ni mulоhazalar 
mantig’i va prеdikatlar mantig’ida o’ziga хоs ko’rinishga 
ega. Mul
оhazalar mantig’ida a → a va a ↔
a. (Bunda, a 

har qanday fikrni ifоdalоvchi bеlgi, → implikastiya 
b
е
lgisi, «

ekvival
е
ntlik b
е
lgisi.) Pr
еdikatlar mantig’ida 
(х(R(х)→R(х)). Bu ifоda quyidagicha o’qiladi: har 
qanday Х uchun, agar Х R bеlgiga ega bo’lsa, Х Shu 
bеlgiga ega, dеgan fikr to’g’ri bo’ladi. Ayniyat 
qоnunining asоsiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida 
turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o’zarо aynan 
bo’lgan fikrlarga tеng emas, dеb qarash mumkin emas. 
Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. 
Fikrlash jarayonida bu qоnunni bilib yoki bilmasdan 
buzish hоlatlari uchraydi. Ba’zan bu hоlat bir fikrning 
tilda turli хil ifоdalanishi bilan bоg’liq bo’ladi. Ayniyat 
qоnuni prеdmеt va hоdisalarning nisbiy barqarоrligini 
ifоda etgan hоlda, tafakkurning rivоjlanishini, 
tushunchalar va bilimimizning o’zgarib, bоyib bоrishini 
inkоr etmaydi. Bu qоnun fikrning mazmuni prеdmеt va 
hоdisalarni to’larоq bilib bоrishimiz bilan o’zgarishini 
e’tirоf etadi va uni hisоbga оlishni taqоzо qiladi. Ayniyat 
qоnuni tafakkurga, uning barcha elеmеntlari, shakllariga 
хоs bo’lgan umumiy mantiqiy qоnundir. Bu qоnunning 


talablari tafakkurning har bir shakliga хоs bo’lgan 
kоnkrеt qоidalarda aniq ifоdalanadi. Tafakkurning 
tushuncha, mulоhaza (hukm), хulоsa chiqarish shakllari, 
ular o’rtasidagi munоsabatlar Shu qоnunga asоslangan 
hоlda amalga оshadi. Nоzidlik qоnuni Insоn ta
fakkuri 
aniq, ravshan bo’libgina qоlmasdan, ziddiyatsiz bo’lishi 
ham zarur. Ziddiyatsizlik insоn tafakkuriga хоs bo’lgan 
eng muhim хislatlardan biridir. Ma’lumki, оb’еktiv 
vоqеlikdagi buyum va hоdisalar bir vaqtda, bir хil 
sharоitda birоr хususiyatga ham ega bo’lishi, ham ega 
bo’lmasligi mumkin emas. Bir vaqtning o’zida bir 
prеdmеtga ikki zid хususiyatning taalluqli bo’lmasligi 
tafakkurda nоzidlik qоnuni sifatida shakllanib qоlgan. Bu 
qоnun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo’l qo’ymaslikni 
talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil 
bo’lishini ta’minlaydi. Nоzidlik qоnuni ayni bir prеdmеt 
yoki hоdisa haqida aytilgan ikki o’zarо bir
-
birini istisnо 
qiluvchi (qarama qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir хil 
nisbatda birdaniga chin bo’lishi mumkin emasligini, hеch 
bo’lmaganda ulardan biri, albatta, хatо bo’lishini 
ifоdalaydi. Bu qоnun «A ham V, ham V emas bo’la 
оlmaydi» fоrmulasi оrqali bеriladi. Mulоhazalar 
mantig’ida bu qоnun quyidagi fоrmula оrqali yoziladi 
¥x(P(x)*P(x)), ya’ni har qanday (х) mulоhaza uchun r(х) 
va uning inkоri birgalikda chin bo’lmasligi to’g’ridir. 
Nоzidlik qоnuni qarama
-
qarshi va zid mulоhazalarga 
nisbatan qo’llaniladi. Bunda qarama
-qarshi 
mulоhazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda хatо bo’lishi 
mumkin; o’zarо zid mulоhazalar esa, bir vaqtda хatо 


bo’lmaydi, ulardan biri хatо bo’lsa, ikkinchisi albatta chin 
bo’ladi. Qarama
-
qarshi mulоhazalarda esa, bunday 
bo’lmaydi, ya’ni ulardan birining хatоligidan 
ikkinchisining chinligi kеlib chiqmaydi. Uchinchisi –
istisnо qоnuni Bu qоnun fikrlar o’rtasidagi zi

munоsabatlarni ifоdalaydi. Agarda zid munоsabatlar 
fikrning to’liq mazmunini qamrab оlmasa, ikki zid 
bеlgidan bоshqa bеlgilarning ham mavjudligi ma’lum 
bo’lsa, unda uchinchisi istisnо qоnuni amal qilmaydi. 
Masalan: Talaba imtihоnda «a’lо» bahо оldi. Tala
ba 
imtihоnda «ikki» bahо оldi. Bu mulоhazalar 
munоsabatida nоzidlik qоnuni amal qiladi. Chunki bu 
mulоhazalarning har ikkisi ham хatо bo’lishi va talaba 
imtihоnda «o’rta» yoki «yaхshi» bahо оlishi mumkin. 
Agar, «Talaba imtihоnda «a’lо» bahо оldi» va «Talab

imtihоnda «a’lо» bahо оlmadi» mulоhazalarini tahlil 
qilsak, unda bu mulоhazalardan biri chin, bоshqasi хatо, 
uchinchisiga o’rin yo’q ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki 
«yaхshi», «o’rta» va «ikki» bahоlar –
«a’lо» bahо emas. 
Uchinchisi istisnо qоnuni quyidagi hоlatlarda qo’llaniladi: 
1. Alоhida оlingan yakka buyumga nisbatan bir хil vaqt 
va munоsabat dоirasida o’zarо zid fikr bildirilganda. 
Masalan: Tоshkеnt –
O’zbеkistоnning pоytaхti. Tоshkеnt 

O’zbеkistоnning pоytaхti emas. Bu mulоhazalar 
birgalikda chin h
am, хatо ham bo’la оlmaydi. Ulardan 
biri chin, ikkinchisi хatо, uchinchi mulоhazaga o’rin yo’q. 
Uchinchisi istisnо qоnuni o’zarо zid umumiy mulоhazalar 
dоirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy mulоhazalarda 
buyumlar sinfiga va Shu sinfga mansub har bir buyumga 


nisbatan fikr bildiriladi. Uchinchisi 

istisnо qоnuni: 1.Ikki 
zid yakka mulоhazalarga nisbatan. 2.Umumiy tasdiq va 
juz’iy inkоr mulоhazalarga nisbatan. 3.Umumiy inkоr va 
juz’iy tasdiq mulоhazalarga nisbatan qo’llaniladi. 
Uchinchisi 

istisnо qоnunining am
al qilishi uchun 
оlingan zid munоsabatlarni ifоdalоvchi mulоhazalardan 
biri tasdiq, ikkinchisi inkоr bo’lishi yoki tushunchalardan 
biri ijоbiy va bоshqasi salbiy bo’lishi shart emas. Оlingan 
ikki tushuncha yoki mulоhazaning bir
-birini hajm 
jihatdan to’liq inkоr etishi kifоya. Uchinchisi –
istisnо 
qоnunida ham, nоzidlik qоnunidagi kabi vaqt, 
munоsabat, оb’еkt aynanligiga riоya etish shart, aks 
hоlda bu qоnun o’z kuchini yo’qоtadi, fikrning izchilligiga 
zarar еtadi va mantiqsizlikka yo’l qo’yiladi. Uchinchisi

istisnо qоnuni, bоshqa mantiqiy qоnunlar singari, 
ziddiyatli mulоhazalarning chin yoki хatоligini aniqlab 
bеrоlmaydi. Buning uchun vоqеa va hоdisalarni, ularning 
rivоjlanish qоnuniyatlarini bilish talab qilinadi. Insоn o’z 
bilimlariga asоslangan hоlda o’zarо zid mulоhazalardan 
qaysi biri chin yoki хatо ekanligini aniqlaydi. Bu qоnun 
o’zarо zid mulоhazalar bir vaqtda chin bo’lmasligini 
tasdiqlaydi. Uchinchisi 

istisnо qоnunini bilish, 
muhоkama yuritishda to’g’ri хulоsa chiqarish uchun 
muhim bo’lib, o’zarо zid qarashlarni aralashtirib 
yubоrishga yo’l qo’ymaydi. Yetarli asоs qоnuni To’g’ri 
fikrlashga хоs bo’lgan muhim хususiyatlardan biri 
isbоtlilik, ishоnchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va 
hоdisalar haqida chin muhоkama yuritibgina qоlmasdan, 
bu muhоkamaning chinligiga hеch qanday Shubha 


bo’lmasligi uchun uni isbоtlashga, asоslashga harakat 
qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo’lgan va 
o’zarо mantiqiy bоg’langan mulоhazalarga asоslaniladi, 
ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum 
bo’lgan, chinligi tasdiqlangan bоshqa bir fikr, mulоhaza 
bilan taqqоslanadi. Tafakkurning bu хususiyati yetarli 
asоs qоnuni оrqali ifоdalanadi. Insоn tafakkuriga хоs 
bo’lgan bu qоnunni birinchi marta nеmis faylasufi va 
matеmatigi G. Lеybnist ta’riflab bеrgan. Uning 
ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o’zining 
mavjudligi uchun yetarli asоsga ega. Har bir buyum va 
hоdisaning rеal asоsi bo’lgani kabi, ularning in’ikоsi 
bo’lgan fikrmulоhazalar ham asоslangan bo’lishi kеrak. 
Yetarli asоs qоnunining bu talabi quyidagi fоrmula оrqali 
ifоdalanadi: «Agar V mavjud bo’lsa, uning asоsi sifatida 
A ham mavjud». Yetarli asоs qоnunida to’g’ri 
tafakkurning eng muhim хususiyatlaridan biri bo’lgan 
fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bоg’lanib 
kеlish хususiyati ifоdalanadi. Bu qоnun avvalgi ko’rib 
o’tilgan qоnunlar bilan o’zarо bоg’liq hоlda amal qiladi. 
Fikrlash jarayonida bеrilgan mulоhazaning chinligini 
asоslash uchun kеltirilgan chin mulоhazalar mantiqiy 
asоs dеb, bеrilgan mulоhazaning o’zi esa mantiqiy natija 
dеb yuritiladi. Mantiqiy asоs bilan оb’еktiv, haqiqiy rеal 
asоsni aralashtirib yubоrish mumkin emas. Asоs va 
natija оrasidagi mantiqiy bоg’liqlikni sabab va оqibat 
alоqadоrligidan farqlash zarur. Insоnning shaхsiy 
tajribasi fazо va zamоnda chеgaralangan bo’lib, sеzgilari 
bеrgan ma’lumоt esa hamma vaqt ham to’g’ri bo’lmaydi. 


Shunga qaramasdan, mulоhazalarni empirik 
asоslashning ahamiyati katta, Chunki bilish jоnli hissiy 
mushоhadadan, bеvоsita kuzatishdan bоshlanadi. Hissiy 
tajriba insоnni tashqi оlam bilan bоg’lab turadi. Nazariy 
bilim esa empirik bazisning ustqurmasi hisоbla
nadi. 
Umumiy-
chin mulоhazalar sifatida fanlarning qоnun
-
qоidalaridan, tushunchalarning ta’riflaridan, Shuningdеk, 
aksiоmalardan fоydalaniladi. Bularning barchasi nazariy 
asоslashning rastiоnal yoki dеmоnstrativ usullari bo’lib, 
ular umumilmiy ahamiyatga eg
a bo’lgan isbоtlash 
mеtоdlarining asоsini tashkil etadi. Shuningdеk, 
asоslashning sub’еktiv хaraktеrda bo’lgan va bеvоsita 
tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli 
bo’lmagan usullari mavjud. Intuistiyaga, e’tiqоdga, 
avtоritеtlarga va urfоdatlarga asоslanish Shunday usullar 
jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko’prоq kundalik оng 
darajasida fоydalaniladi. Intuistiya hеch qanday 
muhоkama va isbоtlarsiz to’g’ridan
-
to’g’ri haqiqatga 
erishish qоbiliyatini ifоdalaydi. Intuistiya –
lоtincha 
intuitio 
so’zidan оlingan bo’lib, «diqqat bilan tikilib 
qarayman», dеgan ma’nоni bildiradi. Intuistiya bilish 
jarayonida sеzilarli ahamiyatga ega bo’lib, hissiy va aqliy 
bilishdan o’zgacha bir ko’rinishni tashkil etmaydi; o’ziga 
хоs fikr yuritish, tafakkur qilish usulini ifоdalaydi. 
Intuistiya оrqali insоn murakkab hоdisalarning 
mоhiyatini, uning turli qismlariga e’tibоr bеrmagan 
hоlda, fikran yaхlit qamrab, tuShunib оladi. E’tiqоd –
kishining ishоnchini qоzоngan va Shuning uchun ham 
uning faоliyatida хatti
-harakat
larini bеlgilab bеradigan, 


uning dasturi bo’lib хizmat qiladigan qarashlarning 
majmuasidan ibоrat. E’tiqоd chinligi isbоtlangan 
mulоhazalarga yoki tanqidiy tahlil qilib ko’rilmagan, 
chinligi nоma’lum bоshlang’ich bilimlarga asоslangan 
bo’lishi mumkin. Intuistiya kabi e’tiqоd ham sub’еktiv 
хaraktеrda bo’lib, davr o’tishi bilan o’zgarib turadi. 
«Anglash uchun e’tiqоd qilaman», dеgan edi Avliyo 
Avgustin va Ansеlm Kеntеrbеriyskiylar (1033–
1109 y.y.). 
Fransuz faylasufi va tеоlоgi Pеr Abеlyar (1079–
1142 
y.y.) esa aql va e’tiqоdning o’zarо nisbatini haqqоniy 
ko’rsatgan hоlda «E’tiqоd qilish uchun tuShunaman», 
dеydi. Albatta, e’tiqоd haqida fikr yuritganda ko’r
-
ko’rоna e’tiqоd bilan tariхiy va hayotiy tajriba natijasi 
bo’lgan, bilimga asоslangan e’tiqоdni farqlash zarur. 
Faqat ilmiy bilimga a
sоslangan e’tiqоdgina fikr va 
mulоhazalarning chinligini aniqlashda yetarli asоs 
bo’ladi. Shuning uchun ham ular insоn qalbida 
mustahkam o’rnashib qоladi. Prеzidеntimiz I.A. Karimоv: 
«Milliy mafkura 

bu хalqning, millatning o’tda 
yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan o’lmas e’tiqоdidir» , 
dеganda aynan Shuni nazarda tutgan edi. Avtоritеt 
(autoritas 

hоkimiyat, ta’sir) –
kеng ma’nоda ijtimоiy 
hayotning turli sоhalarida birоr shaхsning yoki 
tashkilоtning ko’pchilik tоmоnidan tan оlingan nоrasmiy 
ta’siridir. Yetarli asоs qоnuni bilan bоg’liq bo’lgan 
masalalarni hal qilishda avtоritеt tushunchasi оbro’li, 
e’tibоrli, nufuzli manba ma’nоsida qo’llaniladi. 
Avtоritеtlarga asоslanish dеganda esa, birоr fikr, 
mulоhazaning chinligini asоslashda оbro’li, e’tibоrli, 


nufuzli manbalarga murоjaat qilish tuShuniladi.. 
Avtоritеtlarning amal qilish dоirasi va davоmiyligi turli хil 
bo’ladi. Tоr dоirada amal qiladigan, qisqa muddatli 
avtоritеtlardan fikr
-
mulоhazalarni asоslashda hamma 
vaqt ham fоydalanib bo’lmaydi. Chunki vaqt o’tishi yoki 
amal qilish dоirasining o’zgarishi bu avtоritеtlarning 
mavqеini tushirib yubоrishi mumkin. Kеng dоirada amal 
qiladigan va dоimiy, muntazam bo’lgan avtоritеtlargina 
fikr-
mulоhazalarning chinligini aniqlash uchun yetarli 
asоs bo’ladi. Bunday avtоritеtlar tariхiy sharоitning, 
siyosiy o’zgarishlarning ta’sirida o’z qadr
-qimmatlarini 
yo’qоtmaydilar, vaqt sinоviga bardоshli bo’ladilar. 
Umuminsоniy ma’naviy madaniyat хazinasidan jоy оlgan 
buyuk mutafakkirlarning hikmatli so’zlari, umuminsоniy
-
aхlоqiy qadriyatlar, хalqlarning ijtimоiy
-
tariхiy tajribasini 
aks ettirgan maqоllar fikrmulоhazalarning chinligini 
asоslashda yetarli dalil hisоblanadi.


Mavzu: Tafakkur qilish qoidalari xulosa va uning turlari 
Reja: Tafakkur haqida tushuncha va hissiy bilish. 
Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari. Tafakkurni 
yuritish va muammoli vaziyat. Mustaqil fikrlashni 
shakllantirish. O`quvchilar tafakkurini o`rganish 
metodlari. 1. Kishining butun hayoti uning oldiga 
hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va 
muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, 
qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi 
atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, 
tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar 
borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham 
zarurki, haet va faoliyat davomida har bir individ 
narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan 
xususiyatlariga duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib 
olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur 
jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur 
qilar ekan buning bilan shu paytgacha qandaydir 
yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd 
qiladi. Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va 
ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik 
jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy 
bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim chegarasidan 
ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so`zi arabcha 
“fikr” so`zidan kelib chiqqan b
o`lib, o`ylash, 
muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini 
bildiradi. Inson borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. 
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va 
keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan 


tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha 
hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan 
bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun 
materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan 
oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali 
tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi hamda shu tariqa 
olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy 
faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o`zgartirish jarayonida 
uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va 
tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni 
davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning 
chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi. Tafakkurning til 
bilan uzviy, chambarchas bog`liqligi inson tafakkurining 
ijtimoiy, tarixiy mohiyatini ochiq oydin namoyon qilib 
beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan 
barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo 
qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, 
mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan 
boshqasiga, avloddan - avlodga o`tkazish yo`li bilan 
sodir bo`lishi mumkin. Kimning aqliy taraqqiyoti 
insoniyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil 
qilgan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida muqarrar 
ravishda amalga oshiriladi. Individning olamni bilish 
jarayoni ilmiy bilimlarni tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga 
kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir 
individ ta’lim olish davomida o`zlashtiradi, bu esa 
kishining insoniyat bilan munosabatini aynan o`zidir. 
Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy taraqqiyoti 
davomida bilimlarni o`zlashtirish uchun ham va mutlaqo 


yangi bilimlarni egallash dastavval olimlar tomonidan 
kashf etilishi uchun ham zarur asos bo`lib qoladi. 
Dunyoni bilish faoliyati asosan ikki yo`ldan borish 
mumkin. Bevosita yo`l bilan narsa va hodisalarni ayrim 
xossalarini yaxlitligicha his etamiz, shuningdek ilgari 
sezib, idrok qilgan narsalarni ko`z oldimizga yaqqol 
tasavvur qilib bilib olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir. 
Dunyoni hissiy bilishdan tasavvur orqali bevosita bilishga 
o`tiladi. Narsa va hodisalar o`rtasidagi munosabat, 
hamda bog`lanish qonuniyatlarini biz hissiy yo`l bilan 
bilmay, faqat bevosita yo`l bilan tafakkur orqali to`liq va 
chuqur bilib olamiz. Masalan, allaqanday bir tanaga 
tegib turgan qo`ldan kelayotgan harakat sezgisi ana shu 
tananing harorat holatini bir xilda xarakterlab bera 
olmaydi. Mana shu harorat sezgisi birinchidan mazkur 
narsaning issiqlik holati bilan, ya’ni qo`lni issiq yoki 
sovuq narsaga tekkazib turganligicha bog`liq ravishda 
boshlanadi. Tafakkur tufayli yuqorida ko`rsatilgan har 
ikki o`zaro bog`lanish holatini bir-biridan ajratish 
mumkin. Tafakkur jarayon sifatida psixologik jihatdan 
tadqiq qilish unday yo bunday bilish natijalarini hosil 
bo`lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarni 
o`rganish demakdir. Tafakkurning bunday natijalari, 
mahsulotlari masalan, quyidagi omillardir: mazkur 
o`quvchi masalani echdimi eki echmadimi, o`quvchida 
masalani echish g`oyasi, rejasi taxminiy yuzaga keladimi 
yoki kelmaydimi, o`quvchida yangi tushunchalar yoki 
boshqa shu kabilar tarkib topadimi yoki tarkib 
topmaydimi. Psixologik fani mana shu faktlarni 


hammasini ichki, ya’ni fikrlash jarayoni jihatidan 
ochishga harakat qiladi. Buning bilan psixologiya psixik 
hodisa voqealarni faqat tasvirlab va ifodalab berish bilan 
cheklanmay, balki ularning qonuniyatlarini ko`rsatib 
beradi. Bunda psixologiya fani deter
minizm ya’ni sababiy 
bog`lanish printsipiga asoslanadi: tashqi sabablar ichki 
sharoit orqali amalga oshadi. Kishining tafakkur faoliyati 
uchun uning faqat hissiy bilishi bilan o`zaro 
bog`liqligigina muhim ahamiyatga ega bo`lib qolmay, 
balki til bilan, nutq o`zaro bog`liqligi ham muhim 
ahamiyatga egadir. Bunda inson psixikasi bilan 
hayvonlar psixikasi o`rtasidagi printsipial farqlardan biri 
namayon bo`ladi. Hayvonlarning elimentar, juda sodda 
tafakkuri hamma vaqt fakat ayoniy harakat 
tafakkurligicha qoladi. Nutq va tafakkur chambarchas 
bog`langandir. Odam nutq bo`lmasa, til vositalari 
bo`lmasa, fikr qila olmaydi. Nutq fikrlash qurolidir. 
Tafakkur bo`lmasa nutq ham, til ham ham bo`lishi 
mumkin emas. Nutq bo`lmasa, tafakkur ham bo`lmaydi, 
til materiali bo`lmasa fikrni ifodalab berib bo`lmaydi. 
Faqat til yordami bilangina odamlar bir-biriga o`z fikrini 
ayta oladilar. Kishilik jamiyatida fikr almashinuv uchun 
avvalo bu fikrlar odamlarning ongida mustahkamlanishi 
zarur, shunda ham til bo`lishi albatta shart. Inson 
tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami 
bilan bo`ladigan nutq aloqalarida o`sdi, tafakkur 
mantiqiy formalari ishlab chiqildi. Har bir kishining 
tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan 
bo`ladigan nutq aloqalari jarayonida o`sib boradi. 


Tafakkurning taraqqiet tarixida tilning roli qanchalik 
katta bo`lsa, tilning taraqqiyot tarixida ham tafakkurning 
roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlari, formalari 
va qoidalarini tuzishda ham ularning takomillashib 
borishida tafakkur ayniqsa katta ahamiyatga ega. Har bir 
kishidagi tafakkurning o`sishi shu kishi nutqining o`sishi 
bilan barobar bo`lganidek, shu kishi nutqining o`sishi 
ham undagi tafakkurning o`sishiga bog`liq bo`ladi. 
Shunday qilib tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin 
ayni vaqtda bu ikki hodisa bir biri bilan chambarchas 
bog`langan, bir birini taqoza qiluvchi va bir biridan 
tashqarida o`sa olmaydigan hodisadir. 2. Psixologiya 
fanida tafakkurning quyidagi turlari ajratiladi. 1. 
Ko`rgazmali harakat. 2. Ko`rgazmali-obrazli. 3. Mavhum 
(nazariy) tafakkur. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar 
o`z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy yordam 
nuqtaiy nazaridan echganlar, keyinchalik undan nazariy 
faoliyat ajralib chiqadi. Amaliy va nazariy faoliyat o`zaro 
chambarchas bog`langandir. Har bir bolaning psixik 
tarbiya davrida amaliy faoliyat asos qilib olinadi. 
Bog`chagacha yosh davrida (3 yoshgacha) asosan 
ko`rgazmali harakat tafakkur bo`ladi. Ko`rgazmali - 
obrazli tafakkur sodda formada ko`pincha bog`cha 
yoshidagi bolalarda, 4-7 yoshgacha bo`lgan bolalarda 
paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning 
amaliy harakatlar bilan aloqasi garchi saqlanib qolsa 
ham, lekin bu aloqa avvalgidek to`g`ri mustahkam 
bo`lmaydi. Bolalar amaliy va ko`rgazmali hissiy 
tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarida 


avval sodda shakldagi mavhum tafakkur, ya’ni mavhum 
tushunchalar shaklidagi tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bu 
erda faqat amaliy harakatlar tarzida va ko`rgazmali 
obraz shaklida emas, balki avval mavhum tushunchalar 
va muhokamalar shaklida bo`ladi. Maktab 
o`quvchilarining to`g`ri fanlarmatematika, fizika, tarix 
asoslarini o`zlashtirishlari davomida tushunchalarni 
egallashlari ularninig aqliy taraqqiyotlari uchun katta 
ahamiyatga egadir. O`quvchilarda tushunchalarning 
taraqqiy etish jarayonida ko`rgazmalilikning ikki 
tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan ko`rgazmali 
tushunchalarning taraqqiyot etishini engillashtiradi. Bola 
tafakkur taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hissiy 
ko`rgazmali konkret material bilan ishlash engil bo`ladi. 
Masalan, ko`pgina tarixiy tushunchalar tegishli 
ko`rgazmali tasvirlar, kartinalar, rasmlar va boshqa shu 
kabilar asosida ancha mustahkam o`zlashtiriladi. Har 
qanday fikr yuritish faoliyatining bu boshlang`ich va 
dastlabki shakllari mavhum tafakkur bilan birga hamda 
uning ta’siri 
ostida rivojlanib, ilgaridek o`zgarib va 
takomillashib boradi. Bolalardagina emas, balki katta 
yoshdagilarda ham fikr yuritish faoliyatining bu 
boshlang`ich va dastlabki shakllari va hamma turlari 
doim rivojlanib boradi. Tafakkurning yo`nalishiga qarab 
nazariy va amaliy tafakkur turlari ajratiladi. Hodisalarni 
izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb 
ataladi. Biror narsani izohlab berish no’malum narsani 
ma’lum qilish demakdir. Turli ayrim tushunchalar 
o`rtasida bog`lanishlarni va munosabatlarni ochib 


berish hamda shu bog`lanishlarni muhokamalarda 
izohlab berish kerak bo`ladi. Izohlab berish 
izohlanayotgan hodisaning maqsadini, uning nima uchun 
mavjudligi, uning ahamiyatini va vazifasini ko`rsatib 
berish demakdir. Izohlovchi tafakkur jarayonida bir 
qanc
ha savollarga, masalan: “Buning o`zi nima”, 
”Nega”, ”Nima sababdan”, ”Nima uchun” degan va shu 
kabi savollarga javob beriladi. Masalan: “gul 

o`simlikdir”, “Psixologiya
-
fandir”. 73 va 11
-1 mikdorlari 
bir-biriga teng. Mana shu misollarning hammasida biz 
hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar va munosabatni qayd 
qilamiz, izohlaymiz. Nazariy tafakkur ayni vaqtda 
abstrakt tafakkur hamdir. Masalan, hamma jismlar 
qizdirilganda kengayadi. Har qanday fanni 
o`zlashtiramiz degan muhokamalar ham nazariy, ham 
abstrakt tafakkurdir. Nazariy tafakkurda voqelikda 
mavjud bo`lgan umumiy muhim bog`lanishlar va 
munosabatlar aks etadi. Shu tufayli biz u yoki bu xil 
ayrim hodisalarning kelishini (masalan, quyosh va oy 
tutilgan) vaqtni oldindan ko`rish imkoniyatiga ega 
bo`lamiz. Nazariy tafakkur oldindan ko`rish imkoniyatini 
beradigan umumlashtirilgan tafakkurdir. Tevarak 
atrofdagi voqelikni o`zgartirish yo`li bilan o`zimizga 
kerakli real narsalarni va hodisalarni olishga yoki 
yaratishga qaratilgan tafakkur amaliy tafakkur deb 
ataladi. Amaliy tafakkur jarayonlari bir qancha savollar 
berishda masalan: qo`yilgan maqsadga erishmoq uchun 
“nima qilish kerak?”, ”qanday qilish kerak?” va hokazo 
kabi savollar bilan boshlanadi. Amaliy tafakkurning 


shundan so`nggi jarayonni ish harakatlarda yoki 
qo`yilgan savollarga javob beruvchi ish harakatlarni 
tasavvur qilishda, o`ylashda davom etadi. Nazariy 
tafakkur kabi amaliy tafakkur ham muhokamalarda, 
ob’ektlarda biror belgilarning, bog`lanishlarning, 
qonun
iyatlarning borlig`i qat’iy tasdiqlanadi yoki inkor 
etiladi. Amaliy muhokamalarda odamning ob’ektlarga 
muayyan maqsadda ta’sir ko`rsatish yo`li bilan shu 
ob’ektlarni o`zgartirish mumkinligi qa’tiy qilib aytiladi 
yoki rad etiladi. Amaliy tafakkur odamning xayol qilishi 
va o`z mo`ljallagandek harakat qilishi, irodasi bilan 
chambarchas bog`langan. Nazariy tafakkur bilan amaliy 
tafakkurning birligi shu narsada ifodalanadiki, bilish va 
praktika jarayonida ularning ahamiyati bir-biridan 
qolishmaydi. Insonning amaliy tafakkurini o`zida 
namoyon qiluvchi muayyan maqsadga yo`naltirilgan 
faoliyati ham avval nazariy bilimlarga ega bo`lishni talab 
qiladi. Shunday qilib, praktikada atrofimizdagi voqelikni 
o`zgartirishi vositasidir, shuningdek, bilish usuli va 
haqiqatning mezonidir. Har xil odamlarda tafakkurning 
individual xususiyatlarini eng avvalo ularda fikrlash 
faoliyatining har-xil va o`zaro bir-birini to`ldiruvchi 
turlari hamda shakllari turlicha nisbatda tarkib topgani 
uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual 
xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqqillik, epchillik 
fikrining tezligi kabi boshqa sifatlar ham kiradi. Tafakkur 
jarayonining quyidagi fikrlash operatsiyalari mavjud. 1. 
ANALIZ-yunoncha parchalash, bo`lish, tahlil qilish narsa 
va hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratishdan iborat 


aqliy jarayon. Masalan: psixologiyada ong hodisasi analiz 
qilinar ekan, u aql iroda, hissiyot deb uch qismga 
ajiratiladi. Biror o`simlikni o`rganishda uning qismlarini 
ildizi, tanasi, shohi, bargi, guli, mevasi va hokazolarni 
qismlarga bo`lib o`rganiladi. 2. SINTEZ-yunoncha 
qo`shish, birlashtirish, narsa va hodisalarning tarkibiy 
qismlari va sifat xususiyatlarini fikran yoki amaliy 
ravishda bir butun qilib qo`yishdan iborat aqliy 
jarayondir. Masalan: narsa hodisalarning muhim belgilari 
qo`shilishidan yaxlit bir tushuncha hosil bo`ladi. 
Harflardan bo`g`inlar, bo`g`inlardan so`zlar, 
so`zlardan gap, gapdan nutq hosil bo`ladi. 3. 
TAQQOSLASH-narsa va hodisalarni bir-bir solishtirish, 
ular o`rtasidagi o`xshashlik, farq, tenglik va qarama - 
qarshiliklarni topishdir. Taqqoslash tafakkur 
jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Taqqoslash 
har qanday tushunish va har qanday fikrlashning 
negizidir, dunyodagi hamma narsalarni birbiri bilan 
taqqoslamasdan bila olmaymiz. 4. UMUMLASHTIRISH-
tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, 
muhim belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta 
tushuncha bo`lib fikran birlashtirish: Masalan piyoz, 
kartoshka, karam, sabzi kabilarga xos belgilar “sabzavot” 
tushunchasi bilan umumlashtiriladi. 5. 
ABSTRAKTSIYALASH-umumiy va mavhum tushunchalar 
yordamida paydo bo`ladigan tafakkur jarayoni. 
Buyumlarning bir qancha xossalaridan fikran chalg`ish 
va qaysidir bitta o`zimiz uchun kerakligini ajratib olish 
abstratsiya deyiladi: Masalan rang, kuch, abstrakat 


tushunchalardan mosini ajratib olishimiz. 6. 
KONKRETLASHTIRISH-bevosita idrok yoki tasavvur 
qilinayotgan narsa yoki hodisalar haqidagi, ya’ni aniq 
obrazlarga asoslangan tafakkur jarayondir. Analiz va 
sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa bir qanday 
faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir 
ehtiyojlariga asoslanadi. Agar ehtiyojlar bo`lmasa hech 
qanday faoliyat ham bo`lmaydi. Psixologiyada tadqiqot 
qilinayotgan tafakkur motivlari ikki turli bo`ladi. 1) 
o`ziga xos bilish motivlari. 2) o`ziga xos bo`lmagan 
motivlar. Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va 
uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilan ehtiyojlari 
namoyon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda 
tafakkur sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar 
ta’sirida emas, balki ozmi
-ko`pmi tashqi sabablar 
ta’sirida boshlanadi. Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan 
fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati 
davomida tobora chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari 
paydo bo`ladi va taraqqiy etadi. Tafakkurning mantiqiy 
formasi tabiat va jamiyatni bilish hamda o`zgartirishning 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti jarayonida ilmiy bilishlar hosil 
bo`ladi, rivojlantiriladi va sistemaga solinadi. Bilishning 
mashhur tarixiy taraqqiyoti va buning natijasida hosil 
bo`ladigan bilimlar sistemasi bi
lan nazariyasi, ya’ni 
falsafaning bir qismi bo`lgan genoseologiya va logika 
predmetini tashkil etadi. Bilish nazariyasi falsafiy 
predmeti bo`lib, butun bilish faoliyatining eng umumiy 
qonunlarini o`rganadi. Logika tafakkurining mantiqiy 
shakllarini tushunchalarini, hukmlari va xulosalarini 


o`rganadi. Biror narsa haqida o`ylayotganimizda 
hamisha tushunchalarga asoslanib ish ko`ramiz. 
Tushuncha narsa yoki hodisa haqida fikr bo`lib, o`sha 
narsa yoxud hodisaning umumiy ayni vaqtda muhim 
xususiyatlarini aks ettiradi. Tushunchalarning mazmuni 
hukmlarda ochiladi. Hukm voqelikdagi narsa va hodisalar 
o`rtasidagi yoki ularning xususiyatlari va belgilari 
o`rtasidagi bog`lanishlarni aks ettirilishi demakdir. 
Masalan: er quyosh atrofida aylanadi. Hukmlar umumiy, 
juz’iy va yakka yolg`iz bo`ladi. Umumiy huk
mlarda 
mazkur guruhdagi yoki sinfdagi hamma narsalar 
to`g`risida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. 
Masalan: 8- chi auditoriyadagi talabalarning hammasi 1-
kurs talabalaridir. Juz’iy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor 
qilish hamma narsaga tegishli bo`lmaydi, balkim ayrim 
narsalarga tegishli bo`ladi. Masalan: ba’zi talabalar 
a’lochilardir. Yakka yolg`iz hukmlarda 1
-ta narsaga 
tegishli bo`ladi. Masalan: bu talaba darsni yomon 
tayyorlagan. Bir va bir necha hukmlardan yangi hukm 
chiqariladigan tafakkur formasi xulosa chiqarish deb 
ataladi. Xulosa chiqarish, mulohaza yuritish bularning 
hammasi voqelikni bevosita bilimning asosiy shaklidir. 
Masalan: ”hamma slanetslar yoqilg`idir”, “mazkur jism 
slanetsdir“ ikkinchi hukm. Demak mazkur jism 
yoqilg`idir. Boshqa jismlarni keltirib chiqaradigan asosiy 
hukmlar xulosa chiqarishning asoslari deb ataladi. 
Xulosalarning mantiqiyligi, mantiqiy tafakkurning 
xarakterli xususiyatlaridir. Psixologiya individning 
tafakkur jarayonining o`rganadi, ya’ni u yoki bu fikrning 


qanday paydo bo`lishi va rivojlanishini tadqiq qiladi. 
Shunday qilib logikaning predmeti-tafakkur jarayonida 
paydo bo`ladigan bilish mahsulotlari bilish natijalarining 
o`zaro nisbatidan iboratdir. Psixologiya esa logika 
talablarini qondiradigan bilish natijalariga olib keluvchi 
fikrlash jarayonining qonuniyatlarini o`rganadi: logika 
ko`proq fikrlash faoliyatining natijalarini, psixologiya esa 
fikrlash qobiliyatining jarayon sifatida o`rganadi. 
Boshqalar tomonidan aytilgan biror voqea yoki fikrning 
mohiyatini tushunish odam fikrlash faoliyatining 
maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tushunish uchun 
bilimlar, ilgari orttirilgan tajriba g`oyat katta ahamiyatga 
ega. Tafakkur maqsadga yo`naltirilganlik xarakteriga 
egadir. Qachonki hayot va amaliyot jarayonida kishi 
oldida yangi maqsad, yangi muammo, yangicha vaziyat 
va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, unda tafakkur 
qilishga zaruriyat tug`iladi. Masalan: Vrach qandaydir 
yangi, shu paytgacha ma’lum bo`lmagan kasallikka duch 
kelib, davolashning yangi metodlarini topib, undan 
foydalanishga intilganda ana shunday bo`ladi. Tafakkur 
faqat shunday sharoitlarda zarur bo`ladiki, yangi 
maqsadlar tug`ilib, bu maqsadlarga erishish uchun 
faoliyatning eski, avvalgi vosita va usullari etishmay 
qoladi. Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb 
yuritiladi. Tafakkur yangilikni izlash va echish demakdir, 
muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir. 
Muammoli vaziyatda kishi faoliyat davomida ko`pincha 
kutilmaganda qandaydir, tushunib bo`lmaydigan 
narsaga, noma’lum tashvishli na
rsalarga duch kelib 


qoladi. Masala muammoli vaziyatdan kelib chiqadi, 
vaziyat bilan mahkam bog`liq bo`ladi, lekin vaziyatdan 
farq qiladi. Muammoli vaziyat ancha xira hali ko`p 
jihatdan aniq bo`lmagan va kam anglanilgan 
taassurotlardir. Muammoli vaziyatdan tafakkur jarayoni 
boshlanib ketadi. Tafakkur ana shu muammoli 
vaziyatning o`zini tahlil qilishdan boshlanadi. Muammoli 
vaziyatni tahlil qilish natijasida sof ma’nodagi muammo 
paydo bo`ladi. Masalaning yuzaga kelishi muammoli 
vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham 
b
erilgan (ma’lum) va noma’lum narsalarni taxminan 
bo`laklarga bo`lishga ulgirildi degan ma’noni anglatadi. 
Masalani echish davomida tafakkur jarayon sifatida 
ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. Tafakkur jarayonida 
ob’ekt tobora yaqindan yangi aloqalarga kirisha
di va ana 
shu tufayli yangi tushunchalarda qayd qilinayotgan 
o`zining yangidan-yangi xususiyatlari va sifatlari bilan 
namoyon bo`ladi. Tafakkur va masala echish o`zaro bir 
- biri bilan mahkam bog`langandir. Masalani echish 
faqat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi. Tafakkur 
yangi muammolarni namoyon qilish va anglash uchun 
ham zarurdir. Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi 
maqsadda, yangi muammoni ko`ra bilish va ko`ya 
bilishda, undan so`ng esa ularni o`z kuchi bilan echa 
bilishga namoyon bo`ladi. Tafakkurning ijodiy xarakteri 
xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi. 
Tafakkurning o`zgaruvchanligi shundan iboratki, 
masalani echishni boshida belgilagan yo`li, asta-sekin 
yuzaga chiqadigan va avvaldan hisobga olib bo`lmagan 


muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni 
o`zgartira olishdan iboratdir. Fikrning tezligi asosan 
shunday hollarda kerak bo`ladiki, ba’zan kishida biror 
qarorni juda qiska muddat ichida qabul qilish talab 
qilinadi. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi 
ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim 
tomonlarni ajratib, mustaqil ravishda tabora yangi 
umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir. 3. Analiz va 
sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa har qanday 
faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir 
ehtiyojlarga asoslanadi. Psixologiyada tadqiqot 
qilinayotgan tafakkur motivlari 2 turli bo`ladi: 1. O`ziga 
xos bilish motivlari. 2. O`ziga xos bo`lmagan motivlar 
Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni 
harakatga keltiruvchi kuchlar bilish ehtiyojlari namayon 
bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda tafakkur 
sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, 
balki ozmi ko`pmi tashqi sabablar ta’sirida boshlanadi. 
Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita b
oshlaydi 
va uning fikr yuritish faoliyati davomida taboro chuqur 
hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo`ladi va 
taraqqiyot etadi. 4. Mustaqil fikrlash shaxsning shunday 
qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida 
o`z qarashi va echimlariga ega bo`ladi. Mustaqil fikr 
insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro`y berayotgan 
hodisalarning mohiyati xususida o`z qarashlari bo`lishini 
taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari 
chegarasini kengaytiradi. Tafakkur reproduktiv va ijodiy 
bo`lish mumkin. Reproduktiv tafakkur. 

bu standart 


tafakkur bo`lib, unda qayta mashqlar asosida 
egallangan usullardan masalani echishda foydalanadi. 
Ijodiy tafakkur - yangilikni ochib bilan bog`liqdir. 
Tafakkur turlari ta’lim xarakteriga bog`liqdir. Ta’lim turi 
Ta’lim oluvchi nima qiladi Qanday tafakkur tu
ri 
shakllanadi Algoritmik ta’lim Darslik yoki o`qituvchidan 
nusxa olinadi Standart reproduktiv tafakkur 
Tushuntiruvchiifodalovchi, yo`naltiruvchi Yarim mustaqil 
fikrlash, ya’ni o`quv materiallarini o`zlashtirish 
Reproduktiv, yarim mustaqil tafakkur Reproduktiv, yarim 
mustaqil tafakkur Muammoli izlanish Mustaqil ravishda 
yangi tushunchalarni sintez qilish Produktiv tafakkur 
Hozirgi buyuk islohatlar amalga oshirilayotgan 
O`zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning 
bo`lishi davr taqqozasi bo`lib, shaxsiy dunyoqarashga 
ega bo`lgan insonlargina, jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlovchi ko`plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir 
bo`ladilar. Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan 
biri ham teran fikrlovchi, o`z mustaqil dunyoqarashiga 
ega bo`lgan iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va 
tarbiyalashdir. Mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning 
individual xususiyati bo`lsada, bu xususiyat xamiyatda, 
insonlar o`rtasidagi munosabatlar muhiti yaxshi 
bo`lganda rivojlanadi. Fikrlashni bilish bu insonning 
aqlidir. Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin: 1. 
Mazmundorlik 2. 3. Fikrlash kengligi, fikrlashning 
kengligi va chuqurligi nazariya va amaliyotning 
uzviyligiga bog`liqdir. 4. 5. Fikrlashning mustaqilligi 6. 7. 
Aqliy tashabbuskorligi 8. 9. Aqlning tanqidiyligi, o`z 


ishini aniq baholay olish. 10. 11.Fikrning ketma-ketligi 
12. 13.Tafakkurning tezligi Ijodiy ishda fikrlashning 
mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo`lib, u aqliy 
faoliyatning produktivligini ta’minlaydi. 5. Kismlardan 
rasm hosil qilish metodikasi A.N.Bernshteyn (1911) 
tomonidan taklif etilgan bo`lib, tafakkur xususiyatlarini, 
rasmning yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari 
ketma-ketligini o`rnata olish qobiliyatini o`rganishga 
mo`ljallangan. Guruhlar bo`yicha klassifikatsiya qilish 
metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan 
taklif etilgan bo`lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va 
B.G.Zeygornik (1958) tomonidan o`zgartirilgan. 
Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish 
jarayonlari darajasini o`rganish uchun qo`llaniladi. 
Ortiqchasini o`chirish metodikasi umumlashtirish va 
chalg`ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur 
jarayonlari darajasini o`rgatish uchun qo`llaniladi. 
Muhim belgini ajratish metodikasi tafakkur 
xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish 
qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi. Bolalarda 
tushunchali tafakkur xususiyatlarini o`rganish uchun 
L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov (1930) metodikasining 
o`zgartirilgan usulini (A.V.Govorkova) qo`llash mumkin. 
Bu metodika yordamida bolaning maqsadga 
yo`naltirilgan va ketma-ket xarakterlarni bajara olish 
qobiliyati, bir necha yo`nalishda tahlil qila olish qobiliyati 
aniqlanadi. Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan 
metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr 
D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar 


intellektini o`lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 
yilda so`nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan 
bolalarni tekshirish uchun o`zgartirishlar kiritildi. Maktab 
aqliy taraqqiyoti testi metodikasi M.K.Akimova, 
E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginovalar tomonidan 
ishlab chiqilgan bo`lib, o`smirlarning intellektual 
taraqqiyoti darajasini aniqlashga mo`ljallangan. 
Hikoyada tushurib qoldirilgan so`zlarni to`ldirish 
metodikasi H.Ebinjhaus (1891) tomonidan taklif etilgan 
bo`lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta 
bolalarda assotsiativ jarayonlarni o`rganishda 
qo`llaniladi. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. A.V.Petrovskiy. 
“Umumiy psixologiya”, 1992 yil. 2. P.V.Ivanov .“Umumiy 
psixologiya”, 1972 yil. 3. A.N.Leont’ev. “Problem’ 
razvitiya psixika” 4. 
www.ziyonet.uz
 


Mavzu: Falsafiy antropologiya, inson muammosi Reja 1. 
Tarixning mohiyati, mazmuni va ma’nosi. 2. 
Antropologiya - 
inson to’g’risidagi fan. 3. Falsafa tarixida 
insonning kelib chiqishi haqida ta’limotlar. 4. Sharq va 
G’arb falsafasida inson muammosi. Darsning maqsadi 
inson, shaxs, individ tushunchalari, antropologiya, 
falsafiy muammolar, inson tabiati, mohiyati, erkinlik, 
inson huquqlari, mustaqillik, inson qadr-qimmati, 
maqsadi, inson muammosini o’rganishning tarbiyaviy 
zarurati, ahamiyati orqali ularning bilim va malakalarini 
oshirish. Inson 

falsafaning bosh mavzusi deganda Siz 
nimani tushunasiz? Insonning yaralishi, mohiyati va 
jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida 
muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta`limotlarda bu 
masalalar turlicha talqin etib kelingan. 
Shunday bo’lishi 
tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy 
va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy 
sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy 
mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi. Suqrotning 
«O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy 
davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun 
olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. 
Ulug` mutasavvuf Abdulholiq g`ijduvoniy insonni «kichik 
olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan 
barcha masalalar inson muammosiga bevosita 
dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, 
unga foyda keltirmasa, jamiyatning og`irini engil 
qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma`noda, 
inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va 


bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, 
sivilizasiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va 
insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllaridir. 
Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan 
bog’liqdir. Falsafa insonni olamning tarkib
iy qismi 
sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p 
qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik 
sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari 
orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va 
ma`nodosh bo’lsa ham, bir
-biridan farqlanadi. Inson 

o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni 
mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik 
hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot 
qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos. Inson 
boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, 
ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste`mol 
qilish, boshqarish, o’z
-
o’zini idora etish, badiiy ijod, 
ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va 
ta`qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psihik 
hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, 
g’amtashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, 
kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu hususiyatlari orqali 
yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot sifatida 
o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini 
ta`minlaydi. Insonga hos bo’lgan biologik hususiyatlarni 
ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki psihologik 
hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin 
etishga, bir yoqlamalikka olib keladi. Falsafa tarixida 


inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, 
psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm 
insonning tabiiybiologik hususiyatlariga, sosiologizm 
insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, 
ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama 
yondashishga asoslangan edi. Inson mohiyatini falsafiy 
jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, 
individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni 
bir 

biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial 
sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar 
shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs 
bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos 
ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-
avlodga irsiy yo’l 
bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jami
yat, 
siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, 
ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy 
tuzilmalar mavjud bo’ladi. Inson ta`lim
-tarbiya, mehnat, 
muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli 
munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’o
ya, milliy 
mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni 
o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni 
shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha 
fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot 
sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. O’z
-
o’zini nazorat 
qilish, o’z
-
o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his 
etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega 
bo’lish, o’z fikrmulohazalarini erkin bayon etish va 
ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning 
maqsad, G
’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va 


mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy 
G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida 
hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh 
maqsadiga aylanadi. Shaxs mustahkam iymon-e`tiqod, 
G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lg
an, Vatan, millat 
tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini 
ifoda etadigan insondir. Jamiyat o’z taraqqiyoti 
davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun 
shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har 
bir o’zgargan tarixiy sharoi
tda shahs mohiyatini va 
mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. 
Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, 
tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shahslar timsoli aks 
ettirilmoqda. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish 
sharoitida fozil va barkamol inson shahsini shakllantirish 
dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda 
ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar 
o’z oldiga ana shunday shahsni shakllantirishni maqsad 
qilib qo’ydi. Inson tarihning yaratuvchisi
sifatida tabiat 
taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta`minlaydi. U o’z bilimi, 
tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib 
qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va 
takomillashtiradi. Inson o’z aqli tufayli butun koinot, 
tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida 
namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni avaylab
-
asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning 
takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol 
topishi uchun manba bo’lib hizmat qiladi. Tabiat va 
jamiyatdagi o’rni va
ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, 


oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini 
ta`minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi 
va targ`ib etishi kabi hususiyati va qobiliyati tufayli 
inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. 
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon 
bo’lishi 
va rivojlanishini ruh bilan bog`laydi. Ayrim tadqiqotchilar 
insonga hos bo’lgan biror
-bir hususiyatga alohida urg`u 
bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga 
harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi ahloqiy 
jihatlarga ko’proq e`tibo
r bergan va uni ezgulikni 
yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta`riflagan. 
Vladimir Solov’ev insonning boshqa mavjudotlardan 
farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi 
hususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining 
tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. 
Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish 
va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina hos. 
Inson tabiati 

G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va 
ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u 

hayvon ham, 
farishta ham emas. Insoniy ruh va ma`naviyat uni 
boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi. 
Insonni o’rganadigan fan —
antropologiya deb yuritiladi. 
Antropologiya nima bilan shug’ullanadi? Antropologiya 
inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi 
o’rnini, 
o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. 
Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun 
«men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. 
«Men» 

insonning o’zligini tashqi olamdan, real 
borliqdan farqlashidir. «Men» 
ong tufayligina o’zini 


boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga 
begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning 
mustaqilligini ifoda etadi. Inson o’z hayoti davomida 
tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana 
ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti 
hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy 
ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, 
lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson 
ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda 
ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, 
diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi 
ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat 
insonni ruhan poklaydi, iymone`tiqodini 
mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy jihatdan kamol 
toptirishga qaratilgandir. Insonning ma`naviy 
ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, 
unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham 
biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar 
mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit be
rishi mumkin. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy 
mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, 
undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni 
taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy 

badavlat, mulkdor, ba
rcha qulayliklarga ega bo’lishini 
inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va 
mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak 
ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, 
ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga 


undaydi. Antropologiya insonning ma`naviy olamiga 
chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish 
mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov 
ta`rifiga ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan 
poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, 
ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak 
ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. 
Insonning olijanob fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z 
aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha hususiyatlar 
shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida,
uning 
o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, 
muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi. 
Shahsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-
sharoit, ayniqsa, G’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. 
Bozor munosabatlariga o’tish davr
ida vujudga kelgan 
muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga 
etkazishni taqozo etdi. Unga hos fazilat va sifatlar 
Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. 
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, 
uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: - 
mehnatni tashkil etish usul va shakllarining 
o’zgarganligi; 
- mehnatga yangicha munosabatni 
rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar; - 
o’z 
qobiliyati, qiziqishl
ariga mos bo’lgan faoliyat turlarini 
tanlash imkoniyatining yaratilganligi; - shahs 
tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab
-quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; - shahs erki 
va huquqlarining kengayganligi; - davlat va jamoat 


ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; - 
demokratik qadriyatlar rivoji; - ma`naviy meros va 
madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining 
yaratilganligi kabilardir. Ular shahsning moddiy va 
ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson 
sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha 
islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari 
ro’yobga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar 
kasb etishiga qaratilgandir. Shahs islohot natijalaridan 
bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni 
sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham 
yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr
-qimmat 
topadi va e`zozlanadi. Insonning jamiyatidagi o’rni, 
qadr-qimmati borasida 
milliy istiqlol o’z oldiga 
quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi: 
- insonning 
qadr-
qimmatini joyiga qo’yish; 
- inson uchun bahtli 
hayot sharoitlarini yaratish; - 
insonning o’zligini anglashi, 
ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodla

uzluksizligini ta`minlashi, kelgusi avlodlarga yahshi 
hotiralar qoldirishi va iymon-
e`tiqodi butun bo’lishi 
uchun qulay sharoitlar yaratish. Bunday imkoniyatlarni 
amalga oshirishga halaqit beradigan nuqsonlar ham 
inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga q
adar inson 
tug’risidagi falsafiy ta`limot va qarashlarda, asosan, 
uning ijobiy hususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq 
e`tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig`ining 
salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. Mustaqillik 
yillarida inson 
tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi 


salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan 
falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni 
ta`kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, halq 
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-
qoida va me`yorlarni poymol etib, ko’proq g`arazl

maqsadlarini amalga oshirishga va turli ihtiloflarni 
keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar 
yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat 
taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat 
dasturlarini amalga oshirishga to’sqin
lik qiladilar. 
Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka 
rahna soladi, ma`naviy-ahloqiy muhitni buzadi, 
kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini 
susaytiradi, barkamol insonni voyaga etkazishga 
qarshilik ko’rsatadi. Ular turli zid
diyatlarni keltirib 
chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi 
ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, 
giyohvand, poraho’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi 
jamiyat uchun nohush odamlardir. Insonni falsafiy bilish 
va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini 
e`tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson 
huquqlarini ta`minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar 
ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy 
foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy 
manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida 
e`tibor beradi. Shahs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri 
bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. Mamlakatimizning 
taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan qiyinchilik va 
muammolar mohiyatini anglash shahsni o
’z bilimi va 


mahoratini oshirishga, yuksak G’oyalarga sodiq bo’lib 
yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi. 
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson 
qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy 
tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq 
guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning eng muhim hususiyati 

aholining 
muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali 
oilalar, nafaqaho’rlar, talabalar va nogironlarning davlat 
tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror 
topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning 
boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod 
bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga 
moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari 
uchun 
g`amho’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik 
yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy 
islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida 
aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. 
Karimov tomonidan ishlab c
hiqilgan o’zbek modelining 
muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish 
ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi 
har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning 
jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq 
anglashga yordam beradi. Insonga hos hususiyat va 
fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni 
shakllantirishga intiladi. Bunday fazilatlar falsafa va 
boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, ta`lim
-
tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va 


yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda 
ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg`unligini 
ta`minlashga erishish butun ta`lim-tarbiya ishimizning 
bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. 
Jamiyat nima? Insoniyat azalazaldan jam
oa bo’lib 
yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy 
Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada 
yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat 
tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat 
odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma 
davri, joy va 
hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni 
ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi 
odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi 
turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. 
Har qanday holda ham, u umumi
y tushuncha bo’lib, 
ayrim odam va alohida shahs jamiyat a`zosi deb ataladi. 
Tayanch tushunchalar Jamiyat, ijtimoiy munosabat, 
ijtimoiy uyushma, davlat, civilizaciya, taraqqiyot, milliy 
davlatchilik, taraqqiyotning o’zbek modeli, jamiyat 
tarkibi, fuqarolik jamiyati, oila. Inson, shahs, individ, 
antropologiya, inson 

biologik mavjudot, inson 

ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, shahs 
erkinligi, burch, inson ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadi, 
ideallari, inson huquqi, barkamol inson. ADABIYOTLAR: 
1. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat 

yengilmas kuch. 
T., «Ma`naviyat», 2008 yil. 2. Karimov I.A. O’zbekiston 

mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2011. 3. Karimov


Mavzu: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi. 
Jamiyatning madaniy va manavuy qadriyatlari 1.Milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi 2.Jamiyat 3.Ma’naviy 
qadriyatlar Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-
oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovch
i, asrlardan-
asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga 
aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra 
namunalaridir. Zero, qadriyat bu - 
millatning o‘tmishi, 
buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. 
Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar 
silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. 
Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati 
va ma’naviyatida, ongi
-
shuurida, o‘zaro muloqotida aks 
etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning 
qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy 
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat 
qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat 
va jamiyat ne’matlari xodisalaridir. Qadriyatlarni 
jamiyat, 
millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab 
quyidagi: Milliy; Diniy; Mintaqaviy; Umuminsoniy 
turlarga bo‘linadi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, 
insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish 
asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti 
shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, 
tarixi, urf-
odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va 
ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy
-siyosiy hayotning 
barcha tomonlarini qamrab oladi. Bulardan tashqari, 
milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan 


cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni 
chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar 
qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. 
Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri 
sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining a
hamiyatini 
saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi 
mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona 
zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida 
shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning 
naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun 
dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, 
millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar 
tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash 
o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Un

avaylabasrash, rivojlantirish, boyitish har bir 
yurtdoshimizning muqaddas burchidir. Barchamizga 
ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki 
kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida 
“qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy 
tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, 
“milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo 
bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod 
vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni 
birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab 
kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni 
anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng 
oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, 
uning qadrqimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib 
kelinadi. Shu boisdan i
nson sha’ni va qadr
-qimmatini 


e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy
-
ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, 
hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda 
etib, uning manfaatlariga 
xizmat qilishi” bosh 
qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi 
yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul 
qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati 
ham aynan shundadir. Milliy qadriyatlarimiz 
umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas 
bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni 
jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha 
millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida 
mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy 
qadriyatlar bilan qanchalik 
ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, 
ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat 
yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat 
tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va 
umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. 
Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, 
barcha millat va elatlar tinch 
–totuvlik asosida o‘zaro 
hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni 
asrab-avaylash, ilm-
fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni 
saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini 
t
o‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida 
namoyon etadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, 
Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai 
zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning 
manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat 


tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni 
asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda 
tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir. 
Jamiyat (lotincha: socium 

„umumiy“) —
kishilarning 
tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui 
hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va 
maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan 
shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan 
faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va 
ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar 
Jamiyatning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, 
siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va 
ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy 
ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq
-
ovqat, kiyim-kechak, uy-
joy va boshqaga boʻlgan 
ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan 
oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy 
ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq 
boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga 
kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy 
jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy 
tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va 
guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. 
Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat 
taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga 
boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan 
moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular 
Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga 
qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining 


negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy-
maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha 
moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda 
mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etila
di, uning turli 
tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy 
hamkorlik amalga oshiriladi Bu jamiyat taraqqiyoti uchun 
eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha jamiyat dagi ijtimoiy 
guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, 
ularning ijtimo
iy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi 
(qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy 
toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va 
harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini 
amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati 
Jamiyatdagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz 
siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi 
(qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada 
kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va 
Jamiyatning turli qatlamla
ri tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu 
soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir 
qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor 
va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy 
mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi Ma’naviy 
qadriyatlar 

ins
on ma’naviyati va axloqiy qiyofasiga 
daxldor bo‘lib, jamiyat a’zolarini tarbiyalashga, ularning 
ma’naviy barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladigan 
qadriyatlar tizimini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy 
qadriyatlar deganda, inson tarbiyasi va kamolotida 
mu
him ahamiyatga ega, jamiyat va shaxs ma’naviyatini 


yuksaltiruvchi, tafakkur rivojida beqiyos ahamiyat kasb 
etadigan qadriyat shakllari tushuniladi. (Masalan, urf-
odatlar, an’analar, Vatanni sevish, o‘z xalqi va millatini 
hurmat qilish, ota-
onasini e’zozlash, tinchlik va totuvlikni 
saqlash va hokazo). Ma’na
viy qadriyatlar muayyan 
sharoitlarda shakllanadi va shu ma’noda milliy muhit 
ularni yaratish hamda saralashning asosiy manbaidir. 
Ma’naviy qadriyatlarni anglash kishining o‘z millati, yurti, 
eliga tegishli qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat 
qiladi, o‘zi
ga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, 
Vatan istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. 
Muayyan millat ma’naviy qadriyatlarni qanchalik asrab
-
avaylasa, uning taraqqiyotida ma’naviy va moddiy 
omillar uyg‘unligi shunchalik mustahkam va barqaror 
bo‘ladi. Fanda ma’naviy qadriyatlarning qator 
funksiyalari o‘rganiladi. Ular avvalo, jamiyat a’zolarini 
o‘zini o‘zi tarbiyalashga, ajdodlardan meros qolgan 
qadriyatlar va ideallarga munosib bo‘lishga undaydi. Bu 
jarayonda ikki xil holat kuzatiladi. Birinchisida ma’
naviy 
qadriyatlar jamiyat a’zolari tomonidan ongli tarzda 
yaratiladi, ya’ni odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 
ma’naviy me’yorlar va mezonlar haqidagi tushunchalar 
asosida ularga mos keladigan qadriyat va ideallarni 
yaratadi. Bunday sa’y
-harakatlar jamiyat a
’zolarining 
ma’naviy faolligini oshiradi, izlash, izlanish va 
yaratuvchanlikka chorlaydi. Ikkinchi holatda esa, jamiyat 
a’zolari tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, turli urf
-odatlar 
yoki boshqa madaniy-
ma’rifiy tadbirlar jarayonida olgan 
taassurotlari ham ma
’naviy qadriyatlarning 


takomillashuviga xizmat qiladi. Ma’naviy qadriyatlarning 
shakllanishida har ikki holatning ham ta’siri kuzatiladi. 
Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy ong shakllariga mos 
keladigan madaniy, ma’rifiy, axloqiy, diniy, huquqiy, 
ilmiy va hokazo turlarga bo‘linadi. U
lar insonning aqli, 
kamoloti, dunyoni bilish maqsadi, bilimlarining haqiqatga 
mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal 
tarzida ham namoyon bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlarning 
inson tarbiyasi va jamiyatdagi o‘rniga doir asosiy 
funksiyasi ham ana 
shular bilan bog‘liq. Ma’naviy 
qadriyatlarning yana bir muhim jihati shuki, ularning 
ba’zilari insoniyat tarixi davomida asta
-sekin shakllanadi 
va takomillashib boradi. Ularning miqdori va sifatining 
ortishi jamiyat a’zolarining tafakkur darajasining 
yuksalishi hamda insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilab 
ketganining ko‘rsatkichi hamdir. Deylik uzoq o‘tmishda 
ba’zi qadriyatlar, gazeta, radio, TV to‘g‘risida umuman 
tasavvur bo‘lgan emas. Bunday yangi ma’naviy 
qadriyatlarlar asrlar davomida shakllanib, takomillashib, 
boyib borgan. Ma’naviy qadriyatlar va qadriyat mezonlari 
millat ma’naviyati va unga mansub kishilarning xulq
-
atvorini tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirish funksiyasini 
ham bajaradi. Bunday o‘ziga xos ma’naviy 
boshqarishning samaradorligiga erishish nihoyatda 
muhim. Zero, ma’naviy qadriyatlari bo‘lmagan millat 
yo‘q, millat ma’naviy qadriyatlarning sohibi, yaratuvchisi 
va asrab-avaylab saqlab turuvchidir. Agar har bir millat 
o‘z ma’naviy qadriyatlarini asramasa, bu qadriyatlarning 
saqlanib qol
ishi qiyin. Millatning tanazzuli ma’naviy 


qadriyatlarning tanazzulidir. Ma’naviy qadriyatlar 
millatning tarixi, yashash tarzi, buguni, kelajagi, urf-odat 
va an’analari, uni tashkil etgan avlodlar tafakkuri, 
ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til hamda milliy madaniyat 
bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Keyingi 
yillarda ma’naviy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Zero, 
Ma’naviy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligi, 
xalqimizning irodasini mustahkam qiladigan, unga kuch 
bag‘ishlaydigan asosiy omillardan biridir. Xalqimizning 
asrlardan-asrlarga mero
s qolib kelayotgan ma’naviy 
qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllanib, rivojlanib 
kelgan. Ularni uch ming yildan ortiq davrni 
mujassamlashtirgan xalqimiz sivilizatsiyasi yaratgan. 
Bizning ma’naviy qadriyatlarimiz ana shu sivilizasiyaga 
uzviy bog‘liq bo‘lib, ular millatimiz shakllangan makon va 
ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, 
kattalarga hurmat, muomalada mulozamat, hayo, 
andisha kabi ko‘plab tushunchalarda ifodalanadi. 
Ma’naviy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga 
o‘xshamaydiga
n urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar 
va an’analar ko‘plab uchraydi. Sobiq tizim sharoitida 
ma’naviy qadriyatlar masalasi ko‘p hollarda e’tibordan 
chetda qolib ketgan edi. Mustaqillik tufayli haqiqiy 
ma’naviy qadriyatlarimizni, ularning jamiyat ijtimoiy

ma’naviy
-
ma’rifiy hayotidagi o‘rni va ahmiyatini anglash, 
ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy, ilmiy merosini 
o‘zlashtirish, farzandlarimizni va’naviy qadriyatlar 
asosida tarbiyalab voyaga yetkazish, ana shu bebaho 
boylikni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi 


avlodlarga bekamu ko‘st uzatish imkoniyati yaratildi. Bu 
esa ma’naviy qadriyatlar boqiyligi va bardavomligini 
ta’minlashga xizmat qiladi.

Yüklə 383,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə