Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Reja


Muloqotning kommunikativ tomoni



Yüklə 103,83 Kb.
səhifə9/15
tarix18.04.2022
ölçüsü103,83 Kb.
#85632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
mavzu faoliyat va mativatsiya va muloqot-1
Asqargo, aromatik aldegid va ketonlar
Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).

  • Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirshishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayonlari).

  • Muloqotning pertseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushinishlari bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixologik jarayon).

    Bu strukturaning har bir tomonini batavsil krib chiqamiz.

    Kpgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga txtalib tar ekanlar, uning qator vazifalari, funktsiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funktsiyalariga quyidagilarni kiritdi: a) ma’lumotlar almashinuvi funktsiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funktsiyalar aslida G.M. Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin.

    Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o’rnatishi, o’zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti - kommunikatsiya sifatida namoyon bo’ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o’zi yasagan predmetda o’zini “translyatsiya” qiladi, ya’ni o’zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o’tqazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o’zini ko’rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.

    Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o’rtasidagi kommunikatsiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. Axborot almashishda bola onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o’z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so’z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo’ladi, o’quvchi olam haqida barcha bilimlarni o’qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya’ni til yordamida o’zlashtiradi. Bu yerda til o’zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi ijtimoiy - tarixiy tajribani berish va o’zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo’ladi.

    Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko’pincha ijtimoiy qiymatga ega bo’lmagan o’zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo’l olaman. Yo’lda o’rtog’im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo’nayman. Bu yerda til o’zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki odamning hatti - harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo’ladi. Har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta’sir qilishdan iboratdir.

    Uchinchidan, har bir alohida odamning ish - harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning “shaxsiytajribasi, o’z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o’ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o’laroq, o’z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira tafakkur, hayol) quroli sifatidagi vazifasiga to’qnash keldik. So’z belgilar tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.

    O’rtog’ining boshiga tushgan kulfatdan habar topib, unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g’amgin tutadi, past ohangda, qo’llarini yuziga yo peshonasiga qo’ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va h.k.

    Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og’zaki va ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.

    Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo’lib kelgan. Bu hol sub’ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq - ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan “o-pa”, “bu-vi” kabi ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamoahanglikni konkret shaxslarga – ona – ota – buviga bog’laydilar va bolaga ana shu ohangdosh so’zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog’lanishi qaror topishiga (“bu sening buving”) yordamlashadilar. Bola so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga - e’tibor qilishiga, erkalatilishiga, o’yinchoq kabilarga erishishiga intiladi. So’z aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llaniladigan so’zlar soni borgan sari to’xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so’z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarini to’g’ri ishlatishi ham mumkin bo’lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida boyib boradi.

    Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o’quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o’rinda ham o’qituvchining erkin hamda aniq -ravshan nutqi o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati - o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos shakllanib, takomillashib boradi.

    Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.

    Muloqot ishtiroqchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. SHaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o’qib”, ya’ni “mag’zini chaqib” chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o’qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi.

    Muloqotning pertseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.

    Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, hatti – harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mehanizmlar g’oyat muhimdir:

    a) identifikatsiya;

    b) refleksiya;

    v) kauzal atributsiya;

    g) stereotipizatsiya

    Identifikatsiya so’zining ma’nosi lotinchadan olingan bo’lib, “tenglashtirish”, “aynan o’xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini sub’ektning o’z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o’xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o’zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o’zining o’rniga qo’yib ko’rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o’y-fikrlari, mayllari va his-tuyg’ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abiturientlarni uchratib qolgan talaba o’zining abiturientlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi.

    Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o’z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o’zini ham aks ettiradi, agar kishi o’zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to’liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo’lsa, ular bilan behato aniqlikda o’zaro ta’sir o’rnatishi mumkin. Biroq sub’ekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. SHuning uchun u boshqalar hatti-harakatining sabablarini o’ylab chiqishga majbur bo’ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg’ular, intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. O’qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.

    Kauzal atributsiya- boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg’ularni, niyatlarni, o’y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to’nkash yo’li bilan tushuntirish bo’lib, lotincha saisa-sabab va atributto – in’om etaman degan ma’noni bildiradi. Kauzal atributsiya ko’pincha anglanilmagan holda – yo boshqa kishiga o’xshatish negizida, ya’ni shaxsning o’zi xuddi shunday vaziyatda u payqashi mumkin deb hisoblaydigan motivlar yoki his-tuyg’ularning boshqa birovga xosligi ta’kidlangan paytda, yo muloqotga kirishgan sherikni o’zlariga nisbatan ba’zi bir qolipdagi tasavvurlar hosil bo’ladigan shaxslarning muayyan toifasiga kiritish yo’li bilan yuz beradi. Kauzal atributsiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o’rganilgan turli xildagi shart - haroitlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, notanish kishini idrok etish chog’ida idrok sub’ekti ega bo’lgan axborot katta rol o’ynaydi. A.A.Bodalev o’tkazgan tajribalarida ikki guruhdagi talabalarga bitta odamning fotoso’rati ko’rsatilgan. Birinchi guruhga bu odam jinoyatchi sifatida ta’riflangan. Uni tashqi qiyofasiga qarab tavsifnoma berish so’ralgan, ikkinchi guruhga bu odam taniqli olim deb aytilgan. Jinoyatchi deb aytilgan kishiga talabalar qo’rs, badjahl, berahm, makqor kishining portreti turibdi deb, olim deb aytilgan guruh talabalari esa portretdagi ko’zning o’zi mehribon va dono, jonni fido qilib ishlaydigan kishi deb ta’riflandi. CHiroyli kishilar rasmlari berilganda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan, ya’ni chiroyli kishilar yaxshi, muloyim, aqlli deb baholangan. Xunuk rasmli kishilar esa qo’rs, badjahl, xudbin deb baholangan. Demak, pedagogning idrok etish ob’ekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti yanglish fikr va sub’ektivizmning tarkib topishi uchun jiddiy asos hisoblanadi. Oreol effektining mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot sub’ektning idrok etish chog’ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo’ladi.

    Stereotipizatsiya — grekcha o’zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi. Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo’lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo’li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o’tkazilgan suhbatga ko’ra, kishining tashqi qiyofasi va uning harakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So’ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko’rinishga ega bo’lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo’ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o’zini sevuvchi kishilar bo’ladi deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o’rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot bunga misol bo’la oladi. 400 o’qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 salbiy xunuk, yokimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki harakterini ta’riflash so’ralgan edi. Afsuski baholarning sub’ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.

    Muloqotning hayotimizdagi shakl va krinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, sha vaziyatlardan kelib chiqadigan krinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bladi. agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning z ql ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot-bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni sha suxbatdoshlarning fikr-ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, dstlar suhbati, po’zzdda uzoq safarga chiqqan ylovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida kproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq kngilligi, suxbatlashish yllarini bilish, til topishish qobiliyati, zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kratadi. SHuning uchun hamma odam ham rahbar blolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham ql uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.




    Yüklə 103,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə