Mavzu: finlandiya ta’lim tizimi va hamkorlik yo’nalishlari



Yüklə 5,05 Mb.
səhifə1/5
tarix21.05.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#111757
  1   2   3   4   5
MAXMADAMINOVA MADINA


MAVZU: FINLANDIYA TA’LIM TIZIMI VA HAMKORLIK YO’NALISHLARI

Uzoq vaqt Shvetsiya mustamlakasi boʻlgan, keyin Rossiya imperiyasi tarkibidagi avtonomiyaga aylangan va 1917 yilga kelibgina mustaqillikka erishgan Finlandiya keyinchalik ushbu mustaqillikni saqlab qolish uchun SSSR bilan urushlarda hududining 10 foizini va 100 mingga yaqin askarni qurbon bergan, shuningdek tashqi siyosatini SSSR ruxsati bilan olib borgan.


Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda ichki mustaqilligini saqlab qolish evaziga hozirga kelib dunyoning eng ilgʻori mamlakatlaridan biriga aylangan. Mamlakat uzoq vaqt mustamlaka boʻlgani suratdan bilinib turadi: Xelsinkini bir qarashda Sankt-Peterburg yoki Polsha shaharlaridan ajratish qiyin. Siyrat esa boshqacha.
Qanday bunday boʻldi deysizmi? Yaqinda dunyo jamoatchiligini hayratga solib bosh vazirga aylangan Sanna Marin buni Finlandiyaning hammaga teng imkoniyatlar taqdim etuvchi taʼlim tizimida deb izohlagan. Oʻsha mashhur suratdagi Finlandiya hukumati tepasidagi besh yosh ayol koalitsiyasi vakillaridan biri - taʼlim vaziri Li Andersson ham oʻzaro suhbatda fin taʼlim tizimisiz bunday boʻlishi imkonsiz ekanini, zero uning oʻzi ham etnik kamchilik, sobiq mustamlakachi shvedlar vakili hamda oʻrtahol oiladan ekanligini aytgandi.

Uning aytishicha, aslida Finlandiya taʼlim tizimi ham boshqa davlatlarnikidan farq qilmasdi, taʼlim yodlab oʻrganishga asoslangan va qattiq standartlashtirilgan edi. Aynan 1960 yillar oxiriga kelib taʼlim sohasida boshlangan tizimli islohotlar 2000 yillardan boshlab Finlandiya taʼlim koʻrsatkichlari dunyoda eng yuqorilardan biriga aylanishiga olib keldi.


Finlar birinchi navbatda maktablarni kichik jamiyatlarga aylantirishga harakat qildi va buni taʼmilash uchun uning quruvchilari - oʻqituvchilarni tayyorlashga katta eʼtibor qaratdi. Oʻqituvchilarni tayyorlash uchun uch yillik bakalavr va ikki yillik magistratura darajasidan iborat jami 5 yillik dastur joriy qilindi, oʻqituvchi boʻlish uchun magistratura darajasiga ega boʻlish majburiy qilib qoʻyildi. 

Pedagogika yoʻnalishiga eng qiyin qabul joriy qilingan boʻlib, hujjat topshirganlarning 10 foizigina sinovdan oʻta oladi. Yaʼni bu qayerga topshirishni bilmaganidan topshirib kirib ketadigan yoʻnalish emas, balki yuridik yoki iqtisodiy soha kabi eng nufuzli yoʻnalishlardan biri. 30-40 yil davomida uzluksiz oʻta yuqori darajali oʻqituvchilar tayyorlanishi natijasida mamlakatning barcha maktablari elita darajasidagi oʻqituvchilar bilan toʻldi.

Har tomonlama yuksak malakali oʻqituvchilar borligi maktablarga avtonomiya berish imkoniyatini hosil qildi. Endi taʼlim vazirligi qatʼiy standartlar berib, ularga amal qilishni soʻramaydi, oʻqituvchilar berilgan tavsiyalar boʻyicha harakat qilib, oʻz oʻquvchilarining xususiyatlaridan kelib chiqib dars jarayonini tashkillashtirishga oʻtdi. 

Minglab varaqlik oʻquv dasturlari oʻrnini ham 10 varaq atrofidagi umumiy tavsiyalar egalladi. Oʻqituvchilar endi berilgan standartlarni qatʼiy joriy qiladigan texnik xodimlar emas, balki vaziyatni tahlil qilib harakatlanadigan qaror chiqaruvchilarga aylandi. Oʻqituvchilarning malakasiga ishonch shunchalik kattaki, darsliklar uchun ham umummilliy standartlar bekor qilingan - oʻqituvchilar oʻzlarining va oʻquvchidarining ehtiyojlaridan kelib chiqib darslik tanlaydi.

Finlandiyaga oʻquvchilar maktabdagi butun davri davomida faqatgina bitta majburiy imtihon topshiradi - oʻrta maktab oxirida. Boshqa barcha imtihonlar oʻqituvchilarning ixtiyoriga havola. Oʻquvchilar oʻrtasida ham, maktablar oʻrtasida ham reytinglar umuman yoʻq.
Oʻzlashtirishi sekin yoki imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga individuallashtirilgan dastur taqdim etiladi va ularning boshqalarga yetib olishi taʼminlanadi.

Finlandiya ta’lim tizimi o‘qitish va o‘rganish jarayonini doimiy tahlil qilish va uning natijalarini amalda joriy qilishga asoslanadi. Har bir maktabda o‘qituvchilar haftada kamida yarim kunni ta’lim jarayonini o‘zaro muhokama qilishga va o‘quv dasturini uning natijalarini moslashtirishga sarflaydi. Bir hududdagi maktablar ham o‘zaro maslahatlashib turishadi, eng muvaffaqiyatli tajribalar mamlakat bo‘ylab tarqaladi.

Ya’ni, Finlandiya boshqa mamlakatlar singari turli innovasiyalarni birdaniga mamlakat miqyosida joriy qilishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa bir necha yildan keyin buni takrorlash yo‘lidan ketmagan. U yerda bu doimiy tirik jarayon - nima yaxshi ekanligini maktablarning o‘zlari hal qiladi. 

Bu tizim ishlashiga maktablarning o‘zaro tengligi katta hissa qo‘shadi - mamlakatda katta maktablar mavjud emas: barcha maktablarda o‘quvchilar soni o‘rtacha 300 nafar atrofida bo‘lishga harakat qilinadi. Bu hamma maktablarga bir xil munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Bir sinfdagi o‘quvchilar soni ham 20 nafardan oshmaydi.

Finlandiyadagi maktablarda o‘qituvchi doska oldida turib 45 daqiqa mavzuni tushuntirishiga deyarli guvoh bo‘lmaysiz. O‘quvchilar o‘zaro kelishilgan reja bo‘yicha mavzuni o‘zlari mustaqil o‘rganadi, dars paytida esa kimdir o‘qib o‘tirganini, kimlardir guruhga bo‘linib muhokama qilayotganini, boshqalar o‘qituvchiga savollar berayotganini ko‘rish mumkin.



Rivojlanayotgan davlatlar Finlandiya tajribasiga qaraganda bir jihatga katta e’tibor qaratishlari lozim - ya’ni nimadir o‘rganmoqchi bo‘linsa, Finlandiya ta’lim tizimining hozirgi holatdan emas, 50-60 yil oldingi holatiga va o‘sha davrlardagi muammolarni yechish uchun qaysi bosqichlarni bosib o‘tganiga qarashi lozim. Zero biz hozir xozir aynan o‘sha holatdamiz.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə