Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish



Yüklə 292 Kb.
səhifə1/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish



Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish.
Reja:
KIRISH
I Asosiy qism:
1.1 Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari.
1.2 Pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi,rivojlanishi va uning ta’riflari.
1.3 Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar. O‘qitishning faol pedagogik texnologiyalari.
1.4 Oliy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati.

    1. Informatsion texnologiyalarni o'qitish jarayonida qo'llash.

II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
IV. Internet saytlari.


KIRISH
O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to'g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar kengaytirildi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi.
Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq o‘zgarishlardir.
O'quv faoliyati bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo’lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyati-bu insonda muvafifaqiyatli mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o‘qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o‘zgartirish hamda uni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq va uning hamma fazalarda bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega.
Demak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o‘zi murakkab va ziddiyatli o‘zgarishlarga uchrab turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Masalan, O’zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi. ya’ni o‘qitish jarayoni takomillashish yo‘liga o‘tdi. Shuni ta'kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga,uning ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. O‘quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko'p qirralidir. Uning asosini shaxsan o‘qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuosiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi.
O‘quv faoliyatining aynan bu tomonini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O‘quv jarayoni deganda-o‘quv faoliyati, tor ma'noda, bir maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim berish sifatida tushuniladi.
Bu o'quv faoliyatini asosiy tomoni hisoblanadi. Lekin u o'quv faoliyatining mazmunini to'laligicha yoritmaydi. O'quv faoliyati tarkibiga keng ma’noda, ta’lim berishdan tashqari, yana bir eng muhim va ma’suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining ajralmas qismi bo'la turib, o'quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy sifatlami shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyatining ikkita vazifasi-ta’lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq maqsad va vazifalariga ega bo'lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy maslak-jamiyat a’zolarining komilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xullas, pedagogik texnologiya - o‘qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O‘quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchi yoki talabalarning kuchiga, o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o'zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o‘z navbatida, ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtiradigan o‘quv jarayonidir.

Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə