Mavzu: Gimnastika mashqlarini o‘rgatish maqsadi vazifalari va boshqichlari reja



Yüklə 22,3 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü22,3 Kb.
#143791
  1   2
Gimnastika mashqlarini o‘rgatish maqsadi vazifalari va boshqichlari


Mavzu: Gimnastika mashqlarini o‘rgatish maqsadi vazifalari va boshqichlari
REJA:
Kirish

  1. Gimnastika mashqlarini o‘rgatish maqsadi

  2. O‘rgatishning tamoyillari

  3. O‘rgatish metodlari

Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati

1.Gimnastika mashqlarini o‘rgatish maqsadi

Birinchi shart. Gimnastika mashqlari o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti — o‘quvchining tayyorlik darajasini aniq baholashdir.


Bunda o‘quvchining potentsial imkoniyatlari quyidagi ko‘rsatkichlarga binoan baholanadi:

  • harakat tayyorgarligi (o‘zlashtirgan harakatlarining hajmi va xarakteri, harakatlarni o‘rganishdagi tipik qiyinchiliklar, o‘quvchida yangi harakatlardagiga o‘xshash harakat tajribasining mavjudligi;

-jismoniy tayyorgarligi (yangi harakatni o‘rganib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlarning kamolot darajasi);

  • psixik xislatlarining (o‘quvchilarning dadilligi, qat’iyligi, uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo‘r berishlarga reaktsiyasi va boshqa shaxsiy xislatlarining) qay daraja rivoj topgani.

O‘quvchining qobiliyatini baholash xarakteri ayni choqda qanday mashq o‘rganayotganligiga bog‘liq. Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shuning uchun yangi harakat o‘rganilayotgandagi har bir konkret holda o‘quvchinnng imkoniyatlarini aniqlash o‘zgarib turishi mumkin.
Ikkinchi shart—o‘rgatish dastursini harakat tuzilishini taxlil qilish va o‘quvchining individual xususiyatlarini bilish asosida tuzish. O‘qitish dastursi algoritmik topshiriq, chiziqli yoki tarmoqli dastur tarzida yoziladi. Gimnastika mashqlarining texnikasi murakkablasha borgan sari o‘rgatish dasturlarining samaradorligi ham orta boradi.
Uchinchi shart — mashqni o‘zlashtirish jarayonini mohirlik bilan boshqarish. Buni o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish hamda aniqlik kiritadigan komandalar va nazorattopshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi.
To‘rtinchi shart — tegishli sharoit va o‘quv vositalarinpng mavjud bo‘lishi. Bunga quyidagi: mashg‘ulot joyi (sinf xonasi, zal, maydoncha), asosiy va yordamchi snaryadlar, metodik o‘quv vositalari (jadvallar, rasmlar, kinogrammalar, odam gavdasining modellari, ta’lim texnikasini va metodikasi yuzasidan tuzilgan metodik rejalar va hokazo), texnikaviy ta’minlash vositalari kino va fotoapparatlar, o‘lchov qurilmalari va goniometr, dinamometr va hokazo tipidagi asboblar, magnitofonlar, videomagnitofonlar, diktofonlar va hokazolar kiradi.
2.O‘rgatishning tamoyillari
Gimnastikada o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘rgatishning didaktik tamoyillari asosiy faoliyat qo‘llanmasi hisoblanadi.
Onglilik va aktivlik tamoyili. Gimnastika mashqlarn sportchilarning jismoniy, harakat va irodaviy xislatlariga katta talablar qo‘yadi. Yangi mashqlarni o‘zlashtirish jarayonidagi onglilik va aktivlik tamoyili o‘quvchilardan eng avvalo harakatni tushunib o‘rganishni, qo‘yilgan vazifani hal etishga qiziqib va ijodiy munosabatda 'bo‘lishni tarbiyalashni talab etadi.
O‘qish jarayonida harakat ko‘nikmalarini ongli o‘rganib olishlari uchun shugullanuvchilarga quyidagilarni o‘rgatish darkor.
O‘z faoliyatining natijalarini baholash; turli (og‘zaki, grafik, yozma, xayolda takrorlash) usullardan foydalanib harakat texnikasini tasvirlash; yangi harakatni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan turli qiyinchiliklarni sngish; kundalik daftar tutish va mashqlarni o‘zlashtirish planlarini tuzish; o‘qituvchiga mashg‘ulotni tashkil etishda va o‘rtoqlariga harakatni o‘rganishda yordam berish.
Ko‘rgazmalilik tamoyili. O‘rgatish ko‘rgazmali bo‘lishiga erishish uchun o‘qituvchi quyidagi bir qancha vosita va usullardan foydalanadi: harakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kinomateriallar va fotomateriallarni, rasmlar, jadvallar va «etalon» modellarni ko‘rsatish;
ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini og‘zaki tasvirlab berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash; qo‘shimcha signallar ishlatish (fazadagi orientirlar, harakatlarga ovoz bilan jo‘r bo‘lib turish ohista ko‘tarib yuborish va ko‘l tekizib qo‘yish); trenajyor qurilmalarda, odam gavdasi modellarida va hokazolarda o‘rganilayotgan mashq yoki uning elsmentlari texnikasini ko‘rsatib berish; alohida holatlarni maxsus to‘xtatib ko‘rsatish, taqlid qilish, yordamlashib bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida harakatni alohida e’tibor bilan his etishni hosil qilish.
Osonlik tamoyili shug‘ullanuvchilarga ular kuchiga mos ksladigan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda o‘quvchilar mashg‘ulotlarga qiziqmay qo‘yadilar. Birok, osonlik tamoyili sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish zaruratini mutlaqo iikor etmaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning nimaga qodirligini, ularning konkret mashqlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o‘rganib borishi kerak. U, masalan, turnikda katta aylanishni bajarish uchun o‘quvchida bir qancha boshqa mashqlarni bajara olish, ko‘lida yetarlicha kuch bo‘lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko‘p xislatlar hosil qilingan bo‘lishi zarurligini bilishi kerak. SHunday xislatlarning mavjudligi ana shu mashq o‘quvchi uchun osonligini ko‘rsatadigan o‘lchov bo‘ladi.
Osonlik tamoyili didaktikaning ma’lumdan noma’lumga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga, degan qoidalari bilan chambarchas bog‘liq.
Tizimlilik tamoyili quyidagilarni: harakat faoliyatini o‘rganishda muayyan izchillik bo‘lishini;
turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat texnikasini muntazam takomillashtirib borish va yangi mashqlar o‘rganishni; o‘quvchilarning ishga ishtiyoqi va aktivligini so‘ndirmaslik maqsadida o‘rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi.



Yüklə 22,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə