Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Reja



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə7/7
tarix08.05.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#108944
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Reja

O‘ZBEKISTON ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. So‘nggi yillarda, bu illatga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli strategiya belgilandi. Jumladan, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini belgilab berdi. Mazkur qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, inson huquqlarini buzish, tama’girlik qilish kabi holatlarda, bunday qabihliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrarligi aniq ravshan belgilandi.
Qabul qilingan qonun hujjatlari o‘zining samarasini bera boshladi. Xususan, mamlakatda byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O‘zbekiston turli xalqaro reytinglarida (“Xalqaro baxt indeksi”da 47-o‘rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko‘ra 2-o‘rin va h.k.) ko‘tarilib borayotganligi ahamiyatli. 
Shu o‘rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. 
Bular:
- OAVning shu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirib borish mexanizmini joriy etish, Oliy Majlis palatalarida Qo‘mitalar, Fraksiyalar yig‘ilishlari, Yalpi Majlislari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning barcha darajadagi tuzilmalarida bo‘layotgan yig‘ilishlarida OAVlarining cheklovlarsiz ishtirok etishini kafolatlash; 
- aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lashni eng dolzarb masalasi hisoblangan “Iste’mol savatchasi”ni joriy etishni tezlashtirish;
- diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida targ‘ibotlar olib borish;
- “Korrupsiyadan xoli hudud” nominatsiyasi bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o‘tkazish;
- olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash;
- aholi tomonidan eng ko‘p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya alomatlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni joriy etish. Masalan, navbatlarning elektron shaklini yaratish va muntazamligini ta’minlash.

1 Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят резолюцией Генеральной Ассамблеи от 17 декабря 1979 г.).

2 Конвенция Организации Объединенных Наций против коррупции (Принята резолюцией Генеральной Ассамблеи от 31 октября 2003 г.).

3 Зуфаров Р.А. Порахўрлик учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2004. – Б. 203.; Ахроров Б.Ж. Мансабдорлик жиноятлари учун жавобгарлик. – Т.: ТДЮИ, 2007. – Б. 268.

4 Абдурасулова Қ., Қурбонов О. Коррупция: Асосий тушунча ва шакллари (рисола). – Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 2009. – Б. 60.

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə