Mavzu: Harakat harakatlarni o’rgatishda fan regulyatoridan foydalanish Reja: Kirish


Harakatlarni o’rgatish regulyatori



Yüklə 251,1 Kb.
səhifə2/9
tarix27.05.2023
ölçüsü251,1 Kb.
#113612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Harakat harakatlarni o’rgatishda fan regulyatoridan foydalanish

1.Harakatlarni o’rgatish regulyatori.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida jismoniy madaniyat va sport harakati hamda jismoniy tarbiya vositalarini maxsus tizimlar turkumi deb ishlatiladi.


Jismoniy tarbiya tizimining muhim bosqichlaridan biri jismoniy vositalardir. Ularning tarkibiy qismi esa gimnastika, sport turlari, harakatli o`yinlar va tabiatning sog‘lomlashtiruvchi (quyosh, havo, suv, gigienik omillar) ta’sir kuchlaridan iborat.
Ko`rinib turibdiki, harakatli o`yinlar jismoniy tarbiya tizimining muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Harakatli o`yinlar mazmun va shakl jihatdan quyidagi turlarga bo`linadi:
  1. Jamoali (komanda) o`yinlar.


  2. Ommaviy (ko`pchilik birgalikda o`ynaydigan) o`yinlar.


  3. Yakka yoki juft tartibdagi o`yinlar.


  4. Estafetali o`yinlar.


Jamoali (komanda) o`yinlari ikki yoki undan ortiq jamoalar (guruhlar) ishtirok etadi. M: “Oq terakmi, ko`k terak”; “Kartoshka ekish”.


Ommaviy harakatli o`yinlarda barcha qatnashchilar baravariga o`yinda ishtirok etadi. M: “Yomg‘ir”, “Kalhat keldi qoch bolam”, va hokozo.
Yakka yoki juft bo`lib o`ynaydigan harakatli o`yinlarda bir yoki ikkita qanashchi ishtirok etadi: M: “Mushuk va sichqon” , “Xo`rozlar jangi”, “Elka urishtirish va hokozo”
Estafetali harakatli o`yinlar ham jamoali, umumiy va yakka (juft) tartibda bo`lishi mumkin. M: jismoniy tarbiya tizimida mashqlar va harakatli o`yinlarni yoshlarga o`rgatadigan umumiy va maxsus tamoyillar (prinsiplar) va usullar mavjud, ya`ni shug‘ullanuvchilarning yoshi jismoniy tayyorgarligi va jinsiga qarab o`yinlar turkumi belgilanadi. Umumta’lim maktablarning jismoniy tarbiya dasturida milliy harakatli o`yinlar sinflarga (1-4,5-7,8-9,10-11) qarab aniqlangan. Chunki, ta’kidlanganidek o`yinlar bolalarning yoshiga qarab o`rgatiladi. Boshlang‘ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan harakatli o`yinlar yuqori sinf o`quvchilari uchun o`ta oson va uncha qiziqarli bo`lmaydi. Yuqori sinflar uchun belgilangan o`yinlar esa quyi sinf o`quvchilari uchun qiyin bo`ladi.
Bunday holatlar akademik litseylar, o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlarida qo`llanilmasada, lekin o`yinlar ularning bo`lajak kasb-hunarlariga moslashtirilishi lozim. M: Qishloq va suv xo`jaligi tizimidagi bo`lajak mutaxassislarga (chorva soxasi) ham, “piyoda ko`pkari”, “eshak mindi”, “cho`pon”, “poda to`p”, kurash, piyoda poyga, to`pli estafetalar va Shunga o`xshash o`yinlar qo`llanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari, (trenirovka), turli xil sport musobaqalari jarayonlaridagi harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishga maxsus tayyorgarliklar talab etiladi. (Bu to`g‘risida ikkinchi bo`limlarda ma’lumot berilgan). Ayniqsa o`qituvchi (tashkilotchi), turli xil sport musobaqalari o`yinlarini mukammal bilishi, uning turli variantlarini qo`llashi lozim. Harakatli o`yinlar uchun eng avvalo sharoitlarni (vaqt, joy, qiziqishini,) hisobga olishi zarurdir. Keng va toza joylar maydonlardagi harakatli o`yinlarni uyushtirish ancha qulayliklar yaratadi. Ayniqsa shug‘ullanuvchilarning erkin yugurishi, sakrashi va turli harakatlarni mustaqil ravishda bajarishlari, quvnab, xursand bo`lib o`ynashlari uchun imkoniyatlar bo`ladi.
Darsdan tashqari (katta tanaffus, uy shariti, ko`cha, maydont a h.k,) vaqtlarda tashkil etiladigan harakatli o`yinlarni bajarishda ham yuqorida ta’kidlangan,talabalar amalga oshiriladi. Aks xolda kichik va katta yoshdagi bolalarning aralashib o`ynashlari janjal, yig‘i, jaraohatlarni keltirib chiqarishi yoki yuqumli kasalliklarga duchor bo`lish hollari yuzaga kelishi mumkin.
Jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimining tarmoqlari juda ko`p. Aholi istiqomat joylari, dam olish va ko`ngil ochish istirohat bog‘lari, yozgi dam olish-sog‘lomlashtirish oromgohlari, talabalarning yozgi sport maskanlari, shifoxonalar va sanatoriyalardagi jismoniy tarbiya ishlari shular jumlasidan hisoblanadi.
E’tirof etish mumkinki, mazkur maskanlarda ommaviy tashkil etiladigan ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat va sport tadbirlari mazmunida milliy harakatli o`yinlar salmoqli o`rin tutadi.Milliy harakatli o`yinlarsiz bironta ham sport mashg‘ulotlari (trenirovka) o`tkazilmaydi, deyish mumkin. Hatto oliy ligadagi futbolchilar, volleybolchilar va boshqa sport turlarida shug‘ullanuvchi mohir sportchilar ham mashg‘ulotlarda va yakka tartibda o`zlariga xos bo`lgan harakatli o`yinlarni bajarishadi. Buning boisi shundaki, harakatli o`yinlar gavda (mushak) chigallarini yozish (razminki), ko`ngil ochish (kulish, xursand bo`lish va h.k) va jismoniy sifatlarni tayyorlashda maxsus yoki umumiy mashq-o`yin sifatida xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimida oila va bog‘chalarda harakatli o`yinlarni tashkil qilishga alohida e’tibor berildi.
Oilada bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni sog‘lom o’sishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Ovozli (shiqillovchi) o`yinchoqlar va hayvonlar shaklidagi o`yinchoqlar (mushuk, qo`y, kuchuk, ayiq turli parrandalar, mashinalar, to`plar va h.k) bolalarning harakat qilishi, emaklashi va asta-sekin turib yurishlariga sabab bo`ladi. Yura boshlagan bolalarni to`p bilan o`ynatish ulardagi barcha tabiiy maxsus harakatlarni ixcham, tez bajarishga etaklaydi. Asta-sekin yosh bolalar (3-5) o`zlari o`rgangan va ko`cha maydonlarida o`ynagan bolalarning harakatlari qiyin va qiziqarli o`yinlarini mustaqil ravishda bajarib olishadi. Umuman olganda oila sharoitida o`rgangan harakatli o`yinlar bolalar hayoti va xotirasida uzoq vaqtlar davom etadi, ularni takomillashtiradi. Jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim tizimida maktab yoshigacha bolalar muassasalari (bog‘chalar) mashqlar, harakatli o`yinlar eng zarur va qiziqarli jarayondir.
Bog‘chalarda jismoniy tarbiya ishlari bo`yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilib, bolalarning yoshiga (1-3,4-6) qarab turli mashqlarni o`yin sifatida o`tkaziladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun asosan sayr, o`yinchoqlar bilan mashg‘ulot o`tkazilsa, katta yoshdagi bog‘cha bolalari bilan esa, to`p o`yinlari, estafeta, osilib chiqish, oshib tushish kabi o`yinlar ko`p qo`llaniladi.
Harakatli o`yinlarning eng muhim xususiyatlari shundaki, eng kichik yoshdagi bolalar gapirishi, yangi so`zlarni o`rganishi hamda boshlang‘ich sinf o`quvchilarining nutqini o`stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o`yinlar mazmunida axloqiy tarbiya, musiqani sevish ruhiy xolatlarni yaxsxilash, muvozanatlarni saqlash kabi juda kabi fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan bo`ladi.
Qaysi yoshdagi bolalar bo`lmasin va qanday o`yinlar qo`llanilmasin ularni mazmun va maqsadlari gavdani to`g‘ri o`stirish, harakatchanlik tezlikni tarbiyalash, sog‘ o`sish va chiniqishga qaratiladi. Bunday o`yinlar hayotiy ehtiyoj mashqlari (Yurish, yugurish sakrash, uloqtirish,osilish, suzish va h.k) hisoblanib, ularning ko`pchiligi ijodiy fikrlash va amalda qo`llashni talab etadi.
Jismoniy tarbiya tizimida amaliy-kasbiy jismoniy tarbiya muhim o`rin egallaydi. O`t o`chiruvchilar (yong‘inga qarshi) harbiy xizmatchilar (ularning tarkibi va tarmog‘i keng), tez yordam ko`rsatuvchilar hayotida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik muhim omillardan hisoblanadi. Ularning kasbiy jismoniy mehnatlari va ish faoliyatlarida harakatli o`yinlar (musobaqa shaklida) asosiy o`rinda turadi. Masalan, suv sepish, o`t o`chirish asboblari , narvon va boshqa zaruriy texnik vositalarni manzilga etkazish, ko`p qavatli uylarga chiqish kabi maxsus harakatlarni o`rgatishda eng avvalo o`yin-musobaqa (estafeta) shaklida o`tkaziladi. Chegaralarda otda yurish, tog‘-toshlardan o`tish, daryolarda suzish samolyotdan sakrash mashqlarini o`rgatishda ham maxsus tayyorgarliklar o`yin musobaqa shaklida amalga oshiriladi. Umuman olganda, jismoniy tarbiya va uning asosiy vositalari, shuningdek, harakatli o`yinlar qo`llanilmaydigan biron soha yo`q deyish mumkin.O`zbekiston mustaqilligi yillari davrida jismoniy madaniyat va sportning tarmoqlari ancha kuchaymoqda.Buni nogironlar sporti, davolash muassasalari hamda sog‘lomlashtirish markazlaridagi jismoniy tarbiya (trenajyorlar) misolida ko`rish mumkin. Ularning mazmunida maxsus sport turlari, xilma-xil mashqlar, uqalash (massaj) va boshqa amallar qatorida haraatli o`yinlar ham o`rin olib, ulardan maqsadli foydalanilmoqda. Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagоgikasiga bоrib taqaladi.
O’yinlarning kelib chiqishi va tarixi haqidagi ma`lumоtlar bizgacha XI asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnоgrafi Maxmud Qоshg’ariyning «Devоnu lug’оtit turk» kitоbi оrqali yetib kelgandir. Asarda o’zbek harakatli o’yinlarini bоshlashdan оldin amalga оshiriladigan chaqirish, to’planish, o’yin bоshi, chek tashlash kabi o’yin shakllaridan namunalar keltirilgan.
Zahiriddin Muhammad Bоburning «Bоburnоma» asarida ham spоrt o’yinlaridan qilichbоzlik, kurash, ko’pkari… ga alоhida e`tibоr berilib, ularni yoshlarni jismоnan baqquvat bo’lishlariga katta ta`sir ko’rsatishi ko’rsatib o’tilgan.
Ilk yoshli bоlalar оilalarda bоlaning dastlabki harakati bilan bоg’liq оvunmachоqlar, ermak o’yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattarоq yoshdagi bоlalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo’lgan (o’z ichiga bоlalarni rоm qiluvchi o’yin bоshlanmalari, xirgоyilari, sanashmachоqlarni оluvchi) xalq o’yinlari katta o’rin оlgan.
Maktabgacha ta’lim yoshidan bоshlab, bоlalarda o’z xalqining urf-оdatlari, an`analari, tarixini bilishga bo’lgan qiziqishni tarbiyalash maqsadida «Uchinchi mingyillikni bоlasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun o’rgatiladigan milliy va harakatli o’yinlar belgilab ko’rsatib berilgan.
Atоqli rus pedagоgi P.F.Lesgaft «o’yinni bоlani hayotga tayyorlashga yordam beruvchi mashq deb hisоblaydi». Bu mashq mustaqil faоliyat bo’lib, unda bоlaning shaxsiy tashabbusi rivоjlanadi va ahlоqiy sifatlari tarbiyalanadi. U har bir o’yin maqsadga ega bo’lishi kerak deydi.
Buning uchun o’yindagi harakatlar bоlaning o’zini bоshqara оlish malakasiga mоs bo’lishiga; bu harakatlar tizimli mashqlarda оldindan o’zlashtirilgan bo’lishi lоzim.
Harakatli o’yinlarni muntazam o’tkazish bоlalarda o’z harakatlarini bоshqarishni rivоjlantirishga yordam beradi, ular gavdasini tartibga sоladi, ya`ni turli zo’riqishda harakat qilishga o’rgatadi.
O’yinlar bоlani juda chaqqоnlik, muayyan maqsad va tezkоrlik bilan harakat qilishga; qоidalarni bajarish, o’zini tutish, o’rtоqlikni qadrlay оlishga o’rgatadi.
P.F. Lesgaft harakatli o’yinlar nazariyasini ishlab chiqdi, uning izdоshlari esa uni ijоdiy rivоjlantirdilar. (E.A.Arkin, N.N.Kel kо, T.I.Оsоkina)
O’zbekistоnda harakatli o’yinlar nazariyasini rivоjlanishiga Ta`lat Usmоnxўjaev, Faxriddin Xўjaevlar, Abduraxmоnоv I.R, Galiev Sh va bоshqalar o’zlarining katta hissalarini qo’shganlar.
T.Usmоnxўjaev o’zining «1001 o’yin» nоmli kitоbida harakatli o’yinlarni bоla оrganizmiga ta`siri, uning ahamiyatini to’liq оchib bergan. Shuningdek kitоbda maktabgacha tarbiya yoshidagi bоlalar yoshiga mоs keladigan harakatli o’yinlarni mazmuni va uni o’tkazish metоdikasi aniq yoritib berilgan.
Harakatli o`yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o`tkazilishi kerak. O`rta va katta guruhlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.



Yüklə 251,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə