Mavzu: Hozirgi o`zbek adabiy tilining umumiy xususiyatlari



Yüklə 52,93 Kb.
tarix09.02.2023
ölçüsü52,93 Kb.
#100540
kurs ishi

Mavzu: Hozirgi o`zbek adabiy tilining umumiy xususiyatlari


Tayyorlagan: Murtazayeva Z
2-mutaxassislik sirtqi ta'lim yo'nalishi, O'zbek filologiyasi fakulteti
Ilmiy rahbar: Madaminov A

Reja

  • 1.Hozirgi o`zbek tilining xususiyatlari
  • 2.Hozirgi o`zbek tilining dialektal asoslari
  • 3.Hozirgi o`zbek tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi
  • 4.O`zbek tili va uning boshqa tillar bilan aloqasi
  • 5.Adabiy til .O`zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari

Tarixiy ma`lumotlar

  • O`zbek tili XI-XII asrlarda yozma shaklga ega bo`lgan xalq tili sifatida shakllangan.
  • XIII-XIV asrlar o`zbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib, o`zbek yozma adabiyoti o`z o`rnini barqaror egallagan.
  • XX asrning yarmi o`zbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari bo`ldi.

Hududiy jihatdan o`zbek dialektlari uch guruhga ajratiladi.

  • 1.Markaziy dialekt
  • 2. Xorazm dialekti
  • 3. Janubiy o`zbek shevalari yoki qishloq shevalari

Markaziy dialekt

O`zbekiston Respublikasining

markaziy shaharlarida yashovchi xalqi shevalari kiradi.

Xorazm dialekti

Xorazm viloyati janubida va

Janubiy Qozo`g`iston viloyatining Iqon, Qornoq, Qorabuloq, Mankent

qishloqlarida yashovchi o`zbeklar shevasi kiradi.

Janubiy o`zbek shevalari yoki qishloq shevalari

  • Toshkentning sharqiy tomonida, Ohangaron vodiysi va Chirchiq daryosi bo`ylarida, Farg`ona vodiysidagi qishloqlarda, Jizzax va Samarqand shaharlari atrofida, Xorazmning shimoliy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, Janubiy Qozog`iston viloyatining shimoliy qismida yashaydigan aholi shevalari kiradi

O`zbek dialektlari

  • Etnik xususiyatiga ko`ra
  • Chig`atoy, qipchoq, o`g`uz dialektlari

  • singarmonizmli va
  • singarmonizmsiz, eronlashgan va eronlashmagan o`zbek shevalariga ham

    bo`linadi

Og`zaki adabiy til

  • Qo`shiq va laparlari,
  • ashula va maqollari, ertak va hikoyalari, tarixiy bahodirlik eposlari,

    topishmoq va tez aytishlari, askiya va hikmatli so`zlari

Yozma adabiy tili

XIII asrlardayoq shakllana boshlagan bo`lib, eski o`zbek adabiy tili sifatida XIV-XV asrlarda takomiliga yetkazildi.

O`rta Osiyo va Qozog`iston turkiy xalqlari, jumladan,

o`zbek xalqi O`rxun­Enasoy, uyg`ur, arab, lotin va rus grafikasi asosidagi

yozuvlardan foydalanib kelgan

O`zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot yo`li

1. Qadimgi turkiy adabiy til;

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar tarixi V asrlaridan boshlab XIV asrgacha bo`lgan davrni oz ichiga oladi.

2. Eski o`zbek adabiy tili;

  • XII-XIII asrlarga kelib eski o`zbek adabiy tili shakllana boshladi
  • XV asrda eski o`zbek adabiy tilini yuqori taraqqiyot cho`qqisiga ko`tardi.
  • Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Durbekning

    “Yusuf va Zulayho” asarlari ,Lutfiyning o`tkir she`rlari, Navoiy va uning zamondoshlari Sakkokiy va Atoiy g`azallari

3. Hozirgi o`zbek tili.

  • 1) uning yagona umummillat va mahalliy dialektlarga munosabati;
  • 2) tayanch va yetakchi o`zbek shevalarining fonetik tizimi;
  • 3) umumxalq tili lug`at tarkibining son va sifati, qo`llanish doirasi va mazmuni;
  • 4) grammatik qoidalarning hajmi va mohiyati;
  • 5) uslubiy bo`linishga ko`ra belgilanadi.

Adabiyotlar:

  • Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Darslik. –Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
  • Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o„zbek adabiy tili. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
  • Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili.
  • Toshkent: 2005

Yüklə 52,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə