Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Osiyodagi hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning topilgan

manzilgohlari.
Osiyoning janubiy, sharqiy, janubi- sharqiy va O’rta Osiyo qismi ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay imkoniyatlarga ega bo’lgan, hudud bo’lganligi bilan ahamiyatlidir.
1890-1891-yillarda golland shifokori E. Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Trinil degan joy yaqinidan pitekantrop(yunoncha “ pitekos”- maymun, “antropos”- odam) suyak qoldiqlari (bosh, bolder suyaklari va ikkkita jag’ tishi) topilgan. Bu qazilma odamga Pitekantrop deb nom berganlar.
Olimlarning fikriga ko’ra Dyubua pitekantropi 800-ming yil ilgari yashagan bo’lsa, Indoneziyaning Yava orolidagi Mojekertodan topilgan pitekantrop bola suyagining qoldiqlari bundan 1 mln. 500-1mln. 200 ming yil ilgari yashagan bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi.
Pitekantroplarning makonlari va qurollari ilk bor Yava orolidan topilgan.
Bular fanda arxantroplar deb ataladi5.
Arxantroplarga mansub qazilma odamlarinig makonlari va mehnat qurollari Xitoyning CHjaukautyan degan g’oridan kanadalik D.Blek va xitoylik (Pen-Ven) Chjun kabi olimlar tomonidan topilgan.
1963-1964- yillarda esa xitoylik arxeologlar Pekin shahridan 900 km janubi- g’arbda Xuanxe (Sariq daryo) soxilda joylashgan Lantyan degan mavzedan sinantropga mansub makondan suyak va tosh qurollarning qoldiqlarini topganlar. Sinantrop odamiga mansub makonlar Xitoy janubi va Vyetnamdan ham topilgan.
Xitoydan topilgan Sinantropning yoshi 500-600 ming yilga teng bo’lib olimlarning fikricha xuddi shu paytda odamlar tabiatda mavjud olovdan foydalanishni o’zlashtirganlar 6.
5Bobobekov A. “ Ibtidoiy jamiyat tarixi.” (ma’ruzalar matni)
6 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. T: 2005. b: 43-44.
O’zbekiston hududida ham arxeologik hamda paleontrologik tadqiqot ishlari o’tkazilgan. Bu tadqiqotlar hozirgi zamon tipidagi odamning tadrijiy rivojlanishi va shakllanish jarayonlarida O’rta Osiyo mintaqasi, xususan O’zbekistonning roliga yangicha qarash imkonini berdi.
Bundan 75-yil muqaddam 1938- yilda Boysun tog’laridagi Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bola suyaklari muste davrining xrstomatik yodgorligi hisoblanadi7.
2003-yil yozda Toshkent yaqinidagi Obiramat paleolit davri manzilgohida qazish ishlari olib borilayotganda fan uchun ajoyib bir hodisa ro’y berdi. Kamida 50ming yil muqaddam yashagan qadimgi odamning suyaklari topildi. Bundan tashqari bu yerdan ohak toshli va chaqmoqtoshlardan yasalgan nukleuslar, parrakchalar, o’tkir ichli sixchalar, qirg’ichlar, kurakchalar, uchirindilardan tayyor pichoqlar kovlab olingan bo’lib, ularning umumiy soni 30 mingdan ortadi.
Obirahmatdan topilgan kalla suyagi qoldiqlari hamda tishlarni o’rganish o’ta hayratbahsh natijalar berdi. Obirahmat odami neandertal bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuhta qiyofasini namoyon etadi, shu tufayli uning ko’pgina morfologik o’xshashi yo’q.

7 Internet ma’lumotlari: www. Google.uz.


    1. Yüklə 0,6 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə