Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

II-bob: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelish Omillari.

    1. Hozirgi qiyofadagi odamlarning vujudga kelishida tabiiy omillar ta’siri.

Kaynazoy davri 60-70 million yil davom etgan . Uchlamchi davr oxirga kelib, hozirgi o’simlik va xayvonot dunyosi shakllana boshlaydi. Uchlamchi davr oxirida paydo bo’lgan mamont , darlanda tishli yo’lbarslar, katta tishli bug’ular va boshqa hayvonlar to’rtlamchi davr mobaynida qirilib ketadi va bu davrda Yevro Osiyo va shimoliy Amerikani kattagina hududlarini to’rt marta muzlik qoplagan.
Natijada shu hududlarda yashaydigan hayvon va o’simliklar sovuq natijasida qirilib ketadi , lekin shu bilan bir qatorda muz oldi hududlarida o’simliklarning va hayvonlarning ba’zi bir turlari yashab qolishadi .
Muzlik davri tufayli jahon okeanlarining sathi 60-90 metrgacha pasaygani natijasida Yevropa bilan Angliya Osiyo bilan Shimoliy Amerika o’rtasida quruqlik hosil bo’ladi. Bu quruqlik orqali o’zaro aloqalar vujudga kelgan. Masalan, hayvonot va o’simlik dunyosining migratsiyasi uchun yahshi imkoniyat tug’ilgan.
Kaynazoy davrining to’rtlamchi bosqichiga kelib yer yuzida insonning ilk ajdodlari vujudga kela boshlaydi. Shuning uchun ham to’rtlamchi davrning antropogen davri deb ham atashadi.
To’rtlamchi davr o’z navbatida eoplastatsion va plestatsion , golotsen bosqichlariga bo’linadi. To’rtlamchi davrda yerda dunay gyuns, mendel va vyurn kabi muzliklar davri bo’lib o’tadi. Bular o’z navbatida gyuns-mindel , mindel-ress va ress- vyurn kabi muzliklar aro davrlarga bo’linadi.
To’rtlamchi davr 3-2 million yillik davrni qamrab oladi11. Roginskiying ma’lumotlariga qaraganda bu davrda iqlim sharoiti va ochlik avjga chiqqan deb taxmin qilinadi . Fransuz antropologi A.Vallua tekshirishlari qadimgi odamlar orasida o’lish hollari juda ko’p bo’lganligini ko’rsatadi .
Insoniyat hayvonot olamidan ajralib chiqib , antropogenez jarayonini bosib o’tadi bu shubhasiz juda katta davrni o’z ichiga oladi. O’z-o’zidan savol
tug’iladi: mazkur davrda odamlar kollektivi qanday bo’lgan ? – Ma’lumki eng qadimgi odamlarning ajdodlari qazilma maymunlar, avstrolopiteklar poda yoki gala bo’lib yashaganlar 12


    1. Yüklə 0,6 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə