Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Sinantroplar – yoki boshqacha aytganda “ qadimgi xitoy odami “ ham Yava pitikantropi kabi hammaga ma’lumdir. Sinantrop qoldiqlari Xitoyning shimolida Chjoukoutyan qishlog’i yaqinida Pekindan taxminan 50 kilometr janubi g’arbda topilgan. Bu yerdan 1927-37 yillarda Pey Benchjun boshchiligidagi Xitoy tekshiruvchilari 40 dan ortiq Sinantropga tegishli suyak qoldiqlarini topganlar.
Sinantrop o’zining jismoniy taraqqiyoti jixatidan Pitikantropga ancha yaqin turgan, ammo Pitikantropga nisbatan ancha rivojlangan19.
Sinantroplarning bo’yi 144-156 sm bo’lib, peshonasi past qiya bo’lgan. Ularning miya qutisining hajmi 1050-1200 sm3 ga teng edi. Demak , sinantrop miya qutisining hajmi pitekantropnikidan katta, lekin hozirgi zamon odami miyya qutisinikidan kichikroqdir. Shunday qilib, sinantroplar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o’tgan bo’lib, Mindel muzligi davrining ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi va u eng qadimgi qazilma odam vakili hisoblanadi. 1963-1964 yillarda Xitoy arxeologlari pekindan 900 kilometr janubi- g’arbdagi Lantyan degan joydan Lantyan sinantropi deb atalgan qadimgi qazilma odam qoldig’ini topganlar20 .
19 Борисковский П.И “Кишиликнинг енг кадимги хаёти” . Тош. 1959. B-29-37.
20 Kabirov A.” Ibtidoiy jamiyat tarixi.”. Tosh: 2005. B-42-43.

Lantyan sinantropi ko’p jixatdan chjoukoutyandan topilgan sinantroplarga yaqin bo’lib, Xitoy odamlarining faraziga ko’ra ular bundan 500-600 ming yil ilgari yashagan ekanlar. Xitoyning janubiy markaziy Vyetnamning shimoliy qismida sinantrop singari ibtidoiy odamning suyaklari topilgan. Shunday qlib Xitoy Osiyodagi eng qadimgi odamlar paydo bo’lgan mamlakatlardan biri ekan.
Hozirga qadar topilgan homo erektus – tik yuruvchi odam skeletining eng yaxliti “Turkanalik bola” hisoblanadi. Bu topilma Afrika qit’asi Keniya respublikasi Turkana ko’li yaqinidan topilgan. Ushbu turdagi odam Yevropa va Osiyodan ham topilgan va keng tarqalgan deb e’tirof etiladi. Homo erektuslar bundan 1,5 million yil avval yashagan. Homo erektuslarning miya qutisi hajmi esa taxminan 1100 kub santimetrni tashkil qiladi.
Homo sapiens neanderthalensis- bundan 230-240 ming yil avval Yevropa va g’arbiy Osiyoda Isroildan to O’zbekistongacha bo’lgan hududlarda, ehtimol, Shimoliy Afrikada yashagan odamlar turi. Neandertallarning skeletlari ilk bor 1856-yilda Germaniyaning Dyuseldorf shahri yaqinidagi Neandertal darasidan topilgan.
Neandertallarning bo’yi o’rtacha 165 sm bo’lgan. So’nggi neandertallar bundan qariyb 24 ming yil muqaddam sovuqda qirilib ketgan. Neandertal nomi nemis teologi va kompozitori Ioxam Neandr sharafiga qo’yilgan. Buni 1858-yilda Shaafgauzen neandertal atamasini fanga olib kirdi.
Janubiy Yevropa, Yaqin Sharq va O’zbekistongacha bo’lgan hududda neandertallar tarqalgan. Neandertallar Yevropada Germaniyadan, Fransiyadagi La-Shapel- O-Sen g’ori Qirimdagi Kiik - Koba g’ori, Gretsiyadagi pelepones Kavkazdagi Mezmay g’oridan, Isroildagi Karmel, Iroq Kurdistonidagi Shanidar g’oridan ham topilgan. Neandertallarning bo’yi 140 sm bo’lgan miya qutisining sig’imi 900-1800 sm3 gacha bo’lib, o’rtachasi 1380-1400 sm3 ga teng ekanligini hisobga olsak , ularning kallasi katta ekanligiga qanoat qilamiz. Neandertal odamlari kalla qutisining shakli birmuncha cho’zinchoq bo’lib, peshonasi qiya, boshining tepa qismi yassi, past bo’lishi ular uchun harakterlidir. Shu bilan birga ularda qosh ustidagi qabartma ancha oldinga turtib chiqqan. Neandertal odamlarining burun va yuqori jag’ suyaklari juda kuchli rivojlangan. Ularda pastki jag’ ham yahshi rivojlanmagan bo’lib, u juda baquvvat, lekin engak – dahan u qadar taraqqiy etmagan edi.
Neandertallarning tishlari kuchli, ildizli , katta va qattiq bo’lib oziqni xususan go’shtni chaynash uchun moslashgandir 21.


21 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. Tosh: 2005. B-52-53.

Neandertallarning suyak tuzilishi shuni ko’rsatadiki ularning bolalarning ko’rinishi balog’atga yetganlarnikidan sal kichkina . Ularning umr ko’rishi 29,9 yilni tashkil etgan ular gapira olishgan. Neandertallarning umurtqa pog’onasi zamonaviy odamlarniki singari bo’lmay biroz bukilgan bo’lib, oyog’ining boldir suyaklari son suyaklariga nisbatan kaltadir. Bu hol ularning yurish va yugurishda u qadar epchil , chaqqon bo’lmaganliklarini ko’rsatadi. Xullas neandertal odamlarning tashqi ko’rinishida maymunga hos bo’lgan ba’zi ibtidoiy belgilar mavjud bo’lib, ular hali hozirgi zamon odami darajasiga yetib kelmagan edi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə