Mavzu: Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari Reja: Idrokning ta'rifi,xususiyatlari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#105481
  1   2
1A Artiqbayeva Ulbosin.

Mavzu:Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari

Reja:

1.Idrokning ta'rifi,xususiyatlari.

2.Idrokning fiziologik asoslari.

3.Idrokning turlari.

4.Fazoni,vaqtni va harakatni idrok qilish.

5.Idrokning predmetliligi haqida tushuncha.


Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi,balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda aks ettiradi.Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning obrazlarining shaxs tomonidan bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi.Masalan:uyni idrok qilish,gulni idrok qilish,odamni idrok qilish va boshqalar.
Sezgi va idrok bir biri bilan chambarchas bog'liq.Kishi narsa va hodisalarning ayrim xossalarini sezadi.Uni bir butun holda idrok qiladi.Lekin idrok shunchaki oddiy sezgilarning yig'indisidan iborat emas.Idrok hissiy bo'lishning yangi va yuqori bosqichidir.
Odamning ko'zi o'ta sezuvchan,nozik va murakkab "asbob".Ammo u ham ba'zi ba'zida adashib turishga moyil.Uning adashishi,ayniqsa,ko'rish illyuziyalarida(lotincha "illusio-xato,yanglishish degan so'zlardan olingan)-narsa yoki hodisalarning noto'g'ri,yanglish ko'rinishda idrok etishdan iboratdir.

Demak illyuziyalar


Demak illyuziyalar voqelikni undagi narsa yoki hodisalarni asliga to'g'ri kelmaydigan tarzda idrok etishdir.Illyuziyalarning sabablari xilma xil bo'lishi mumkin:
1.Odam tajribasi
2.Analizatorlarning xususiyatlari
3.Fizikaning muayyan qonunlari
4.Sezgi a'zolaridagi qandaydir nuqson bo'lishi mumkin.
Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi.Bu his-tuyg‘ular idrok qilinayotgan narsa va hodisalar to'g'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin.His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi,uning mazmunini jonli va erkin qiladi.
  • Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi.Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi va notanish bo'lsa darrov fikr yuritish boshlanadi.Shuningdek,har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi.Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi va uni so'z bilan aytiladi va mavjud tushunchalar darajasiga ko'tariladi.
  • Masalan,"bu gul","bu mashina","bu kitob" va boshqa shunga o'xshash tushunchalar shakllanadi.Idrok jarayonida turli sezgilardan tashqari odamning shu vaqtgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi.

Idrok quyidagi turlarga bo'linadi:
  • Fazoni idrok qilish.
  • Vaqtni idrok qilish
  • Harakatni idrok qilish

Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini,hajmini va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir.Demak fazodagi narsalar 3 o'lchovda idrok qilinadi.Narsalarning shakliga ko'ra uchburchak,to'rtburchak va boshqalar.Narsalarning hajmiga ko'ra katta-kichik kabi.Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabatiga ko'ra o'ngda,chapda,yuqorida joylashishiga ko'ra.
  • Fazoni idrok qilish haqida gapirar ekanmiz,biz narsalarning fazodagi formalarini,ularning fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o'zaro munosabatlarni tushunamiz.Fazoni idrok etganimizda biz uni ko'z yumuq holatda ham ko'z ochiq holatda ham sezishimiz mumkin.
  • Vaqtni idrok qilish-bu biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar ma'lum bir vaqt davomida paydo bo'ladi,taraqqiy qiladi va o'zgarib boradi.Vaqtni idrok qilganda hodisalar ketma-ketligi miyada aks etadi.

Biz narsalarning harakatsiz,sokin holatinigina idrok qilib qolmay balki fazoda joy almashtirib turgan holatini,narsalarning harakatini ham idrok qilamiz.Harakatni idrok qilish narsalarning fazodagi holatining o'zgarganligini aks ettirishdan iboratdir.Harakat orqali biz eng kichik holatarni ham tasvirlashimiz mumkin.
Idrokning predmetliligi obyektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma'lumotlarni shu olamning o'ziga qaratishida ifodalanadi.Tashqi olamdan kelayotgan ma'lumot obraz(masalan o'qilayotgan kitobning tasviri)bizning sezgi organimizda emas,balki bizning tanamizdan tashqarida deb idrok qilinadi.Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo'lmaydi.Idrokning predmetliligi tug'ma hisoblanmaydi.Subyektda olamning predmetliligini ochib beruvchi ma'lum harakatlar tizimi mavjuddir.Harakatlar ishtirok etmaganda idroklarimiz predmetlik sifatiga ega bo'lmagan bo'lar edi.
Ta'lim olish jarayonida maktabdagi bola idroki faol ravishda rivojlanadi,bu jarayonlar bir necha bosqichlarda amalga oshadi.Birinchi bosqich jismlardan foydalanish jarayonida obrazning mutanosib holda tarkib topishi bilan bog'liq.Keyingi bosqichda bolalar qo'l va ko'z harakatlari yordamida jismning fazoviy xususiyatlari bilan tanishadilar

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə