Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida Topshiruvchi: Eshimbetova Nilufar Ijtimoiy pedagogikaning



Yüklə 239,37 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü239,37 Kb.
#140929
  1   2   3   4   5
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida
Topshiruvchi: Eshimbetova Nilufar
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir birini to’ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar falsafa, matematika, biologiya kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
● Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va
o’qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
● A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika - “barcha yosh guruhlar va
ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir.
● V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb
hisoblaydi.
● I.Podlaso’yning “Pedagogika darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “
ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”.
● Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning obyekti va predmetini
aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan”
tushunchasining o’zi inson faoliyatining obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va
ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning
ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga
e’tibor qaratishni talab qiladi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida
mujassamlashtirilgan.
● “ Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida
odamlarning o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq
barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan
avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq
xodisalarni alohida ajratadi.
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti - bu bola, biroq
o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani
tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa
bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu
ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning o’ziga xos
vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning spesifik
vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogning
asosiy kasbi hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo’ladi.


Yüklə 239,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə