Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
ilovepdf merged (2)

Kalit soʻzlar
: dars,
 
darsining vazifalari, darsga qoʻyilgan talablar, darsini 
tashkillashtirish va oʻtkazish, darsning mazmuni, darsining tuzilishi.
 
 “Dars” tushunchasiga tavsif. 
Dars 
– jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tizimli shakli boʻlib, bir xil 
yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur 
mavzularini oʻqitish jarayonidir. 
Maktab 
darsi 
jismoniy 
mashqlar 
bilan 
shugʻullanish 
uchun 
mashgʻulotlarning alohida shakli boʻlib, boshqa oʻquv muassasalardagi 
mashgʻulotlardan oʻzining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi. 
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining 
turli tumanligi bilan harakterlanadigan mashgʻulotlar, darslar turkumi orqaligina 
tarbiyaning bu yoʻnalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qoʻyish 
mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin oʻqitilgan 
(oʻrgatilgan)ni va keyin oʻqitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim 
yoki boʻlaklari bilan albatta bogʻlanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda 
belgilangan tizim asosida olib boriladi. 
Jismoniy tarbiya darslarining harakterli tomoni shundaki, u maxsus 
tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va 
tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga 


moʻljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida 
tashkillashtiriladi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy 
tayyorgarligi va sport ixtisosligini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan 
mashgʻulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. 
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarning boshqa tipik 
shakllari oʻzining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi
individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Koʻpincha mashgʻulotlarning 
yuqorida qayd qilingan shakllari darsni toʻldiradi va uni xususiy va umumiy 
vazifalarini toʻldirishda qoʻshimcha rol oʻynaydi. Lekin ular aholini jismoniy 
tarbiya boʻyicha ma’lum darajadagi talablarni toʻla qondirib mustaqil ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə