Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ilovepdf merged (2)

jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va 
egiluvchanlikni
rivojlantirishga imkoniyatlar katta. 
Levi Gorinevskayani tekshirishiga qaraganda, maktabgacha yoshdagi 
bolalarda jismoniy tarbiyaning toʻgʻri yoʻlga qoʻyishda qiyinroq boʻlgan 
umumjismoniy mashqlar, 1-sinf dasturiga yaqin boʻlgan, unga tayyorlaydigan 
mashqlar tanlab olinadi. 
Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalash. 
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, 
tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-
fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olganimizda chaqqonlik va tezlik sifatlarini 
tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan koʻproq boʻladi, 
aksincha kuch va chidamlilik harakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik 
zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman toʻxtatib qoʻyilmaydi, chunki kuch 
va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar 
tarbiyachini xohishsiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida namoyon boʻladi. 
Yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon 
boʻladi. 
Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng 
rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi qoʻzgʻalish va 
tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish qobiliyati bilan bogʻliq. Ayniqsa 
harakatli oʻyinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, oʻyin faoliyati uchun zarur 
boʻlgan favqulotdagi harakatlarni bajarishga toʻgʻri keladi va ular qisqa vaqt ichida 
bir-biriga oʻz oʻrnini tez almashinishi bilan namoyon boʻladi. Bu esa chaqqonlik 
sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi. 
Nerv jarayoni bosqichida katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini 
tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida minimal tezlik bilan yugurish, velosiped va 


boshqa mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil boʻladi. Bu mashqlarda albatta me’yor 
toʻgʻri tanlanishi va ularni oʻzaro oʻrin almashinishi muhim ahamiyatga egadir. 
Bu yoshdagi bolalarda boʻyin, qorin, orqa, bel muskullari kuchsiz boʻlib, 
ularda qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga koʻra shu guruh muskullarini 
rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib toʻgʻrilab bajaradigan) 
mashqlarni tanlab olish, ularni yurish tezlishini orttirish, boshqa harakat sifatlariga 
nisbatan yuqori koʻrsatgichga erishishi mumkinligini ifodalashdan iborat boʻladi. 
Bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy 
mehnatda qiyinchilikka uchragan boʻlar edi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin, ularga oʻsha 
mashqning ahamiyatini, bajarish texnikasini, ozgina boʻlsa ham harakatli oʻyin 
qoidalarini, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim 
elementlarini oʻrgatilib borilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashqni oʻzi 
mustaqil va guruhi bilan bajarishga oʻrgatish koʻnikmalari berib boriladi. Oʻzidan 
kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga oʻrgatish, oʻzini sport razryadini 
oʻsayotganiga va katta sportchilar natijalariga qiziqishga, doʻstlik, oʻzaro yordam, 
oʻyinchoqlarga nisbatan munosabat masalasi, axloq normalarini rivojlanishiga 
eotibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yoʻlga qoʻyish kerakki, oʻsha 
yoshi uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar, aqliy, axloqiy va estetik didni 
tarbiyalash bilan qoʻshib olib borilsin.
Estetikadan tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, harakatlarini mayin 
hamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va boshqalar toʻgʻrisida tushuncha 
berish kerak boʻladi. Jismoniy tarbiya jarayoni davrida maktab yoshigacha boʻlgan 
bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga, diqqat qabul qilish, tushunchaga ega 
boʻlish, fikrlash, koʻz oldiga keltirish, bilimini va boshqa xislatlarni mastahkamlash 
tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə