Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ilovepdf merged (2)

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining 
 asosiy uslublari 
Harakatga oʻrgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa hayot uchun 
kerakli malaka va koʻnikmalarni osondan qiyin didaktik tamoyili asosida, ketma-


ketlikda, asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya haqida eng sodda 
bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga boʻysunishga oʻrgatiladi. 
Maktab yoshigacha boʻlgan bola jismoniy tarbiyasi umumiy oʻqitish uslublari 
asosida olib boriladi va oʻqitishning quyidagi 
– 
onglilik va faollik, koʻrgazmalilik, 
kuchiga yarashalik va individuallashtirish, tizmlilik, talabalarini oshirish 
tamoyillariga tayanadi. 
Bolani harakatga oʻrgatishda: 
a) koʻrgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak boʻlgan harakat, koʻrgazmali 
qurol orqali koʻrsatiladi, taqlid qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish 
uchun moʻljal beriladi.
b) soʻz yordamida koʻrsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berish
soʻrash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi. 
v) mashq qilish uslubiyati 
– 
harakatni bajarish shartini oʻzgartirmasdan va 
oʻzgartirib bajarishdan foydalaniladi. 
d) oʻyin va musobaqa uslubiyati. 
Koʻrgazmalilik uslubi. 
Hamma yoshdagi guruhlarda yoshning katta-
kichikligiga, harakat malakasi zahirasining koʻp yoki ozligiga qarab qoʻllashning 
mezoni belgilanadi. 
Eng kichik malakasi zahirasi kam boʻlib, ularda mashqlar haqida tasavvur 
hosil qilish juda qiyin boʻladi. Mashqga oʻrgatish uchun koʻrgazmalik uslubiyatidan 
koʻproq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni koʻrsatishdan tashqari koʻrgazmali 
qurol, rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashgʻulot paytida 
mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga oʻrgatishda taqlid qil, 
qushlaish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda oʻsha harakatni 
hayvonlar va boshqa jonivorlar harakati misolida oʻqitish bolalarda obraziga kirib 
bajarishga qiziqishni shakllantiradi va ta’lim jarayonini faollashtiradi. 
Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda boʻlsa shunchalik qiziqib bajaradilar. 
Bu yoshdagilarga koʻrish va jismlarga qarab moʻljal olish, qobiliyatini oʻstirishni 
ahamiyati katta. U oʻz navbatida bajarilishi qiyin jismoniy mashqlarni bajarishni 
osonlashtiradi. Masalan: baland osib qoʻyilgan jismdan oshirib uloqtirish, bunda 


tana orqaga bukiladi, tananing ogʻirligi orqada toʻrgan oyoqqa yuklanadi, yoki 
sakrab, osib qoʻyilgan! Buyumga yetish, oʻyinchoqlar, boshqa jismlar ilib qoʻyib 
bajartirishni samarasi yuqori boʻladi. 
Bolalarni mashqlarini qoʻrqmay bajarishga oʻrgatish muhimdir. Harakat 
malakasini shakllantirishda ritm, tempni his qildirish, koʻpik, aytishuv bilan 
oʻynaladigan oʻyinlarga musiqa tavsiya qilinadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə