Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ilovepdf merged (2)

Soʻzdan foydalanish uslubiyati
. Bolada jismoniy mashq haqida toʻgʻri 
tasavvur hosil qilish uni koʻz oldiga keltirib fikrlashiga yordam beradi. 
Koʻrgazmalilik va soʻz yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qoʻshib olib 
borilsa, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitishi bilan yoki 
yozilganlarini koʻrishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish 
malakasiga ega boʻla boshlaydilar.
Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy boʻlsa, ularga jismoniy 
mashq oʻrgatishda soʻz bilan tushuntirish uslubiyatidan foydalanish osonroq boʻladi. 
Soʻzni harakteri oʻrganishni har xil bosqichida turlicha boʻlishi lozim. Oʻrgatishni 
boshlanishida harakat toʻliq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa 
koʻrsatma berishlari bilan almashinadi. Koʻrsatmalar yordamida harakatdagi 
xatolarni toʻgʻirlash va ogoxlantirish va ularni baholash mumkin. Buyruqlar va 
koʻrsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, 
tugallash, uni suroatini aniqlash, ritmini, harakatga yoʻnalish berish uchun 
qoʻllaniladi.
Gimnastikada qabul qilingan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajarila 
boshlansa, asosan katta yoshdagi guruhlarda undan foydalanish mumkin. 
Koʻrsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda koʻproq foydalaniladi. 
Koʻpchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, sherlar mazmuni aytiladigan voqealar va 
harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnni oʻqish bilan qoʻshib 
ijro etiladi. Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga oʻrgatish, 
oʻsha jismoniy mashq haqida toʻliq boʻlimga, harakatni his qilishga imkoniyatni 
koʻpaytiradi. Suhbat ham bajariladigan jismoniy mashq haqida koʻproq ma’lumot 
fikrga ega boʻlish va jismoniy mashqlarni bajarilishi haqida lozim boʻlgan 


malakalarga manbaa boʻladi. Hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar oʻqish, 
rasmlar koʻrish, stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yoʻlga 
qoʻyilishi mumkin. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə