Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
ilovepdf merged (2)

Ertalabki gimnastika
yasli va bogʻchalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, 
bolalar uylarida esa uyqudan turib oʻtkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha boʻlganlarda 
ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga boʻlingan guruhlarda, yoshi 
kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy oʻtkaziladi. Ertalabki 
gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar bajarish hamda sakrash 
bilan tugallanadi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan 
qoʻshiqlar bilan oʻtkaziladi. 
Tizimli oʻtkazilgan jismoniy mashqlar asosan bolalarni kuchini, elastikligini 
musta’kamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, 
organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari ertalabki 
gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har kungi bajarilgan 
jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning 
sogʻliqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarni shakllanishiga olib keladi. 


Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid 
qilish va hayotda uchraydigan syujetlarni oʻz ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 
gacha, yoshi ulgʻaygan sari 8 tagacha bir kompleks bir haftaga moʻljallab tuziladi 
va 3-4 kundan soʻng qiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida oʻtkaziladi. 6-7 
yoshdagilarga esa maktab dasturi materialiga yaqin boʻlgan jismoniy mashqlar 
tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar dozasini uni bajarilish ogʻirligiga qarab 
belgilanadi. Yelka va boʻyin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel 
muskullari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi. 
Chiniqtiruvchi muolajalar
yasli va bogʻchalardagi kundalik va hayotiy 
chinqitirishdan tashqari bolalar bilan maxsus havo va quyosh vannalari, suvda 
choʻmiltirish orqali chiniqtirishlar kiritiladi. Boʻlardan tashqari yana ayrim 
protseduralar borki ular jismoniy mashqlar bilan qoʻshib olib borilgandagina effekt 
beradi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə