Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
ilovepdf merged (2)

Jismoniy tarbiya daqiqalari
rasm mashgʻulotlarida plastilin bilan ishlash 
paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashgʻulotlari davomida oʻtkaziladi. Bu 
mashgʻulot uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular oʻrnidan toʻrgan, oʻtirgan 
holda bajariladi. 
Oʻyinlar 
ertalab soat 10
00
-12
00
larda va tushlikdan soʻng oʻtkaziladi. Uni 
maqsadi bolalarda bizga ma’lum boʻlgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. 
Harakatli oʻyinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi 
sharoitga e’tibor beriladi. Tarbiyachi oʻyinni tanlab olgandan soʻng uni qoʻllash 
usuliyatini puxta oʻylab, soʻngra oʻtkazadi. Bola uchun notanish oʻyinlarni oʻynatish 
ancha qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Katta yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar 
beriladi. Oʻyinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba qaytariladi. 
Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha boʻlganlarda esa, 1-2 marotaba 
uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashgʻulot stsenariysi tuzilib 
sharoitihisobga olinishi va lozim boʻlgan jihozlar tayyorlanadi. Yoshiga qarab 
sayohat muddati 20 daqiqada 1,5 soatgacha davom yetkazish mumkin. 
Jismoniy madaniyat bayramlari
bayram kunlari (yangi yil, Navroʻz, 
Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga bagʻishlab yoki bogʻchadan maktabga 
kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida oʻtkaziladi. Har xil oʻyinlar, raqslar, 


musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi senariysiga kiritilishi 
mumkin. 
Jismoniy mashqlar bilan 
individual shugʻullanish mashgʻulotlari
shifokor 
yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Bu 
mashgʻulotlarda tana tuzilishida nuqsoni borlar yoki surunkali hamda, yurak tomir 
sistemasida kasali borlar shugʻullanishi uchun qulay imkoniyatlar bor. Uni davom 
etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bogʻliq. Mashgʻulotlar 
davomida shifokor maslahati asosiy rolni oʻynaydi. 
Jismoniy mashqlar bilan 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə