Mavzu: ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari



Yüklə 171,5 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü171,5 Kb.
#111317
  1   2   3   4   5
MTT da ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablari asosida maktabga t


MAVZU: MTT da ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablari asosida maktabga tayyorlash (rivojlanish soxalari boyicha)
REJA:
1. Davlat talablarini tasdiqlash haqida
2.Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari
3.Davlat talablari bo’yicha maktabga tayyorlash (rivojlanish soxalari boyicha)

Tayanch so’zlar: refleksiv faoliyat kichik soha rivojlanish soha davlat talablari oquv dastur ilk qadam


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARINI TASDIQLASH HAQIDA


[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3032]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik



  • YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi

  • Janubiy kareaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari

  • Korea , Rossiya, Estoniya,Belarus, buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.

Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat.



  • Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan

  • Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.


Davlat talablari tuzilmasi
Umumiy qoidalar
Maqsad,vazifa va asosiy tamoillar
Asosiy tushunchalar yakuniy qoidalar
Rivojlanish sohalari
Davlat ta’lablarining tarkibi
Kelishilgan tashkilotlar
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari



  • Tug’ilgandan 3 yoshgacha

  • 3 yoshdan 4 yoshgacha

  • 4 yoshdan 5 yoshgacha

  • 5 yoshdan 6 yoshgacha

  • 6 yoshdan 7 yoshgacha

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.

2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari


3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



Yüklə 171,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə