Mavzu: Ilmiy manbalar



Yüklə 43,43 Kb.
səhifə1/4
tarix02.05.2023
ölçüsü43,43 Kb.
#108022
  1   2   3   4
11-Mavzu


Mavzu: Ilmiy manbalar.
Reja:
1. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar.
2. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o’qituvchilar
Maqsad.
Talabalarda ilmiy manbalar bilan ishlash bo’yicha nazariy bilimlarni shakllantirish; o’z ustida ishlash, fan tarixini o’rganish orqali mamlakatimizdagi fan texnika taraqqiyotini tahlil qilish va tadqiqotchilik ko’nikmalarini tarbiyalash; ilmiy dunyoqarashni, ijodiy mustaqil tafakkurni rivojlantirish.
Vazifalar:
1. Rasmiy manbalar hisoblanmish kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlarning ilmiy tadqiqotdagi o’rni haqida tushuncha berish.
2. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o’qituvchilar haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish.
Tayanch tushunchalar:
Rasmiy manba; norasmiy manba; ilmiy manbalar; maqola; kitob; texnik hisobot; to’garak; jurnal.
1.Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar
Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bizga ma`lumki ilmiy manbalar –ma`lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlashda o’z vaqtida manbalarni qo’llashga e`tibor berish lozim. Ilmiy manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
1. Rasmiy manbalarga- psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi.
2. Norasmiy manbalarga – koferensiya tezislari to’plami, to’garaklar, laboratoriya kengashlari, og`zaki maslahatlar, tadqiqotchi guruh kiradi.

ilmiy manbalar turlari





Norasmiy

Rasmiy


To’garaklar

Ilmiy maslahatchilar

Laboratoriya kengashlari

Tezislar to’plami

Kitoblar

Texnik hisobotlar

Elektron nashrlar

Jurnallar

Maqolalar


Tadqiqotchi guruhlar

Har qanday tadqiqotni bajarish uchun qanday ilmiy manbalar mavjud va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida ma`lum bir tushunchaga ega bo’lish kerak. Inson umrini kutubxonada ilmdagi yangiliklarni o’rganish uchun o’tkazishi mumkin, lekin shunda ham u ortda qolaveradi.


Amaliy tajribalar uchun eksperimental farazlar odatda zaruriy ehtiyojlar, yoki hech bo’lmasa nimanidir yaxshilash maqsadida yuzaga keladi. Ular bevosita doimiy hayotdan dunyoga keladilar. To’qimachilik tsexidagi shovqin, fortepyano pessalarini o’rganish usullari, samalyotning kechki payt qo’nishi bilan bog`liq eksperimentlar aynan shunday vujudga kelgan. Xatti- harakatni anglashni yaxshilash kabi ilmiy tadqiqotlar uchun avvalgi tadqiqotlarga asoslanish xosdir. Barcha tadqiqotlarning ilmiy asosi albatta ilmiy manbalardan olinadi. Inson miyasiga juda zo’r g`oyalar kelsa ham o’sha vaqtdayoq tadqiqot sxemasini tuzmaslik lozim, chunki, kimdir aynan shu sohada birinchi bo’lgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy manbalar – ma`lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperiment jarayonida ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
A) Rasmiy manbalar
B) Norasmiy manbalar
Rasmiy manbalarga psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi. Norasmiy manbalarga konferentsiya tezislari to’plami, to’garaklar, labaratoriya kengashlari, og`zaki maslahatlari, tadqiqotchi guruh kiradi.
Kitob
Kitoblarda faqat ancha oldin boshlangan tadqiqotlar haqida yozilganligi uchun, kitoblarni foydalanish mumkin bo’lgan manbalar ichida eng yomoni deb o’ylash mumkin. Lekin aynan shu narsa ularni eng yaxshi manba bo’lishiga sabab bo’ladi. Tadqiqot yakunlangandan to uning manbalarda paydo bo’lguniga qadar davr davomida muxim jarayon: tadqiqot sifati va ilmga keraklilik jihatlari tekshiriladi. Shunga ko’ra, tadqiqot haqidagi ma`lumotlar kitobga kirguncha u boshqa tadqiqotlar qatoriga hamda yagona bilimlar majmuasiga kirib boradi. Kitob muallifi bunda biz qilishimiz kerak bo’lgan ishning ko’p qismini bajarib bo’lgan bo’ladi, faqat ular bir oz eskirib qolganligi uchun bizdan uni yangi ma`lumotlar bilan to’ldirish talab qilinadi xolos.
Adabiyotlarni qidirishning asosiy nuqtasi aynan bizni qiziqtirayotgan ilmiy mavzu bo’yicha yaqinda chop etilgan kitob xisoblanadi. Agar muallif kitobni yaxshi yozgan bo’lsa, hamma ilmiy ishlarning xulosalari yaxshi bo’lish haqida qayg`urmasa ham bo’ladi.
Muammolardan biri muallif kitobga psixologiya paydo bo’lgandan boshlangan hamma tadqiqotlarni ham kirita olmaydi. Hamda qandaydir yo’l bilan tanlashga to’g`ri keladi. Har bir muallif o’zining nazariy va metodologik yo’nalishiga ega, tadqiqotlarni tanlashda ham aynan shunga asoslanadi. Ko’pchilik kitoblar jurnal maqolasi uchun kerakli talablarga mos kelmay, ekspert baholashidan o’ta olmaydi. Ekspert baholash deganda bir necha hurmatga sazovor olimlar maqolani o’qib o’zaro kelishib unga “sifat belgisini” berishadi. Ko’pchilik jurnallar chop etishga tanlangan maqolalar shu bosqichdan o’tishi talab etadi, lekin kitob nashr etuvchilar buni kamdan- kam talab etadilar.
Kutubxonadan kitob qidirish. Ko’pchilik kutubxonalarda mavjud kitoblarning elektron katalogi mavjud. Bunday hollarda ishni kerakli kitob nomi, muallifi yoki mavzu nomini kompYuterga kiritishdan boshlash kerak. Monitor ekranda berilgan talabga javob beruvchi kitoblar haqidagi ma`lumotlar chiqadi. Internetga ulangan kompyuter orqali ham kitob qidirish mumkin ammo uni qo’lga kiritshga bir qadar muammollar bo’lishi mumkin.
Kutubxonaga borishdan avval psixologiya asoslaridan aynan o’sha mavzuga bag`ishlangan turli xil kitoblarni ham ko’rib chiqish mumkin.
Ko’pchilik o’quv qo’llanmalari shu mavzuni boshlanishiga kerakli matnlarni tavsiya etishi mumkin.
Ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar
Ba`zi manbalar psixologiyaning ba`zi sohalarini birlashtirishga xizmat qiladi. Bu manbalar kitoblarga nisbatan hozirgi davr ruhiga yaqinroqdir shu bilan birga tadqiqotlarning istiqbollilik darajasini baxolashga ham ko’p vaqt ajratmaydi.
Byulletendagi maqola boshlang`ich nuqta sifatlarda oldingi jamlovchi maqolani yaralish muddatini olishi mumkin hamda psixologiyaning paydo bo’lish muddatini emas va har doim to’liq yoritavermaydi. Bundan tashqari, jamlovchi maqolalar sizning izlanish mudatingizni iqtisod qilib berishi mumkin Shuningdek jamlovchi maqola kitoblarga nisbatan dolzarbdir.
Agar ish tadqiqot borasida bo’ladigan bo’lsa jamlovchi maqoladagi tadqiqot tafsilotlari siz uchun etarli bo’lmasligi mumkin Bunda dokladni eshitishdan ko’ra o’qib uni anglash osonroq kechishi ham mumkin. Bunda ham muammolar mavjud. Maqolaning sifatiga Kim javob beradi? Jurnallarni chiqaruvchi prfessional assotsiatstsiyalar redaktor tanlashga alohida e`tibor berishadi, redaktor esa ko’rib chiqish uchun berilgan ilmiy maqolalarning qo’lyozmalarini rettsenzentlarga tekshirishga taqdim etishadi. Ba`zan berilgan maqolalar qo’lyozmalarning 10-20% chop etish uchun tanlanadi, ammo ulardan ham muxarrir maqolalarni yaxshilab ko’rib chiqib,xatolarini to’g`irlamaguncha chop etilmaydi. Internetda esa internetga ulangan hoxlovchi shaxs o’z sahifasini yaratib ilmiy dokladlarni unga kiritish mumkin. Yana bir muammo sahifadagi maqolalarni bir necha qoralamalari bo’lishi, bunda qay biri so’nggisiligini topish qiyin.
Jurnallardagi maqolalar
Psixologik maqolalar- bu ilmning tayanch nuqtalaridandir.
Ularni birlamchi manbalari deb atashadi chunki ular eksperimentator interpretatsiyalarining asosiy natijalarini taqdim etadilar to’liq adabiyotlar qidiruvi olib borish uchun jurnal maqolalarini ko’rib chiqish zaruriy shartlardir. Bilamizki u zamon talabiga javob beruvchi ma`lumotlarni etkazadi. Maqola mualliflariularning maqolalari bilimlar tizimida ma`lum bir o’rin egallashga intiladilar, ularning intilishlari ma`lum ma`noda oqlanishi mumkin, chunki shu vaqtning o’zida boshqa tadqiqotlar o’tkazilayotganini bilmaydilar.
Texnik hisobot
Texnik hisobotlar odatda psixologik adabiyotlar qatoriga qo’shilmaydilar, lekin har xil vaziyatlarda ulardan foydalanish mumki bo’ladi. Agar ilmiy ish davlat ayniqsa, mudofaa vazirligi tomonidan qo’llanilayotgan bo’lsa olim texnik hisobot sifatida dokladlar qilishi kerak. Bu hisobotlar jurnallardagi maqolalarga o’xshaydi, ammo unda odatda tavsilotlar ayniqsa, jarayon va tadqiqot uskunalariga taalluqli tavsilotlar ko’p bo’ladi, ba`zida dastlabki ko’rsatkichlar ham keltiriladi. Ushbu proektni qo’llayotgan davlat agentligi avtomatik tarzda texnik hisobotlarni barcha shunga o’xshash tadqiqot o’tkazayotganlarga tarqatadi. Taxminan jurnal muallifining 10 dan biri shunday texnik hisobotlar yozadi va shu hisobotlarni uchdan birigina e`lon qilinadi. Ko’pchilik kutubxonalar texnik hisobotlarga buYurtma bermaydi, chunki bu ish qilingan kutubxona javonlari hisobotlariga to’lib ketib, ularni tizimlashtirish va klassifikatsiya qilish anchayin qiyinlashgan bo’lar edi. Mudofaa vazirligi bilan grand bo’yicha yoki kontrkat asosida ishlaydigan tadqiqotchilar xar oyda texnik hisobotlarni qisqa mazmunini olib turadilar. Bu hisobotlarning ko’pchiligi ilmiy jurnallarda chop etiladi. Afsuski texnik hisobotlarni topish juda qiyin bo’ladi. Ularni topish uchun kerakli joylarga so’rov berish, xujjat tartib raqami va narxini ham bilishingiz lozim bo’ladi.
Ba`zi tadqiqotlar uchun texnik hisobotlardan axborotlar qidirish bekor vaqt o’tkazish bilan teng. Lekin siz davlat tomonidan qo’llab quvvatlanadigan yirik agentliklarda ilmiy yo’nalishda ishlasangiz texnik hisobotlar siz uchun qimmatli ma`lumot bo’lishi mumkin.
Elektron nashrlar.
Elektron ma`lumotlarni ham rasmiy manbalarga kiritish biroz oshirib Yuborish bo’lsada uni ham kiritamiz. Elektron ma`lumotlar o’z xarakteriga ko’ra turli xil bo’lishi mumkin: o’z veb saytida maqolasini qoralama nusxasi kiritilgan shaxsiy ma`lumotlar, ekspert baholashdan o’tgan maqolalarga ega bo’lgan, chop etilgan jurnallardan sifat jihatdan bir xil bo’lgan elektron jurnallar. Shuning uchun ham topilgan material sifatani aniqlashda qiyinchiliklar bo’ladi. Ba`zilarni aytishicha elektron ma`lumotlar ilmiy kommunikatsiyalarning asosiy turiga aylanib oxir oqibat kitoblarni chetga surib qo’yadi deyishadi. Lekin bu xali amalga oshmaydi.
Ammo bu erda internetning ustunlik taraflari ko’rinib turibdi. Vaqt tejaladi. Insonlar Internet orqali maqola topib uni faqat chop etish puliga qo’lga kiritishlari mumkin. Olimlar o’z maqolalarining qoralama versiyasini internetga kiritib, maqola o’quvchilarning talablariga ko’ra uni o’zgartirib, to’g`irlashlari mumkin.


Yüklə 43,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə